Butun va qism.
O’zaro bog’langan soddaroq narsalardan tashkil topadigan har
qanday predmetning murakkab tuzilishini ifodalovchi falsafiy kategoriyalarning
ayrim nisbatan ajralmas majmuasini tashkil etadi.
Predmetni (butunni) tashkil etuvchi narsalar uning qismlari hisoblanadi
.
Butunni tashkil etuvchi qismlarni birlashtiradigan bog’lanish predmetga yaxlitlik
baxsh etadi, ya’ni butunga xos bo’lgan, lekin uni tashkil etuvchi qismlarga ularning
tarqoqlik holatiga xos bo’lmagan integrativ xossalar va qonuniyatlar paydo
bo’lishiga olib keladi.
Butun o’zini tashkil etuvchi qismlarning birligidir
. U o’z qismlarining o’zaro
aloqasi tufayli mavjud bo’lib, bu aloqaning barqarorligi mazkur butunning
tuzilishida o’z ifodasini topadi.
Butun va qism tushunchalari qadimgi yunon falsafasidayoq ma’lum bo’lgan.
Butunni o’rganishga nisbatan yondashuvlarni belgilashda yuzaga kelgan
ziddiyatlarni yechish qiyinchilik tug’dirgan. Ma’lumki, Dekart o’zining metod
haqidagi mulohazalarida har qanday predmetni o’rganishni bilish vazifasini
yechish uchun bu predmetni necha qismga ajratish kerak bo’lsa, shuncha qismga
ajratishdan boshlashni tavsiya etadi. Demak, butun - qismlar yig’indisi deyish ham
mumkin. Ammo bu fikr faqat qisman to’g’ri, chunki butun o’zini tashkil etuvchi
qismlarning oddiy yig’indisi bilan izohlanishi mumkin emas. Masalan, qurilish
materiallari bir uyumga to’kilsa, bino paydo bo’lmaydi. Qarama-qarshi yondashuv
butunning ustunligini tan olishni nazarda tutadi. Bu holda butunni bilish qismlarni
bilishdan oldin keladi. Ammo butunning o’ziga xosligi uni tashkil etuvchi
qismlardan kelib chiqmaganidek, qismning xossalari ham butundan kelib
chiqmaydi. Natijada qoniqarli yechimini topish mushkul bo’lgan yaxlitlik
antinomiyalari yuzaga keldi, chunki qarama-qarshi fikrlarning har birini
amaliyotdan olingan misol bilan isbotlash va xuddi shuningdek, amaliyotdan
olingan misol bilan rad etish mumkin. Masalan, butun qismlarning yig’indisidir,
degan qoidaga butun o’zini tashkil etuvchi qismlar yig’indisidan ko’proqdir, degan
qarshi qoida zid keladi. Qismlar butundan oldin paydo bo’ladi, degan fikrga butun
o’zining qismlaridan oldinroq paydo bo’ladi, chunki ularga yangi xossalar baxsh
etadi, degan fikr zid keladi. Mazkur antinomiyalar bilish metodologiyasida ham
bilishning qarama-qarshi mo’ljallarida o’z ifodasini topadi: butunni bilish uning
qismlarini bilish orqali amalga oshiriladi, bunga qarshi qoida esa shunday
yangraydi: qismlar butunni qismlarga ajratish mahsuli sifatida faqat butun haqidagi
bilimga muvofiq anglanishi mumkin. Bu esa butun va qismning yaxlitlik orqali
ifodasida namoyon bo’ladi. Yaxlitlik jumboqlariga quyidagi hodisa misol bo’ladi:
har bir atom yadrosining og’irligi uning tarkibiy qismlari og’irligining
yig’indisidan kamroqdir. «Massa nuqsoni» deb ataladigan bu hodisa massa va
energiyaning ekvivalentligi bilan izohlanadi. Bu hodisani yaxlitlik jumboqlari
nuqtai nazaridan qanday tushuntirish mumkin? Mazkur ziddiyatlarni yechish butun
va qismning aloqasi haqidagi qarama-qarshi tasavvurlar birligini tan olishni
nazarda tutadi. Darhaqiqat, qism butunga bog’liq bo’ladi, u butundan yangi
xossalar oladi. Butun ham qismlarga, biroq ko’proq darajada – ular o’rtasidagi
aloqaning xususiyatiga bog’liq bo’ladi.
Butunning uch tipi ma’lum:
a
) mexanik butun (qum, tosh uyumi, chunki ularning qismlari butunga kiradi va
undan deyarli o’zgarmasdan chiqadi);
b) uyushgan butun, agar qismlarning ko’rinishi o’zgarsa;
v) organik butun, agar qismlar o’z-o’zidan rivojlansa (tirik organizmlar).
Qismlar o’rtasidagi aloqaning xususiyati butunning sifat jihatidan aniqligini,
uning yaxlitligini belgilaydi.
Yaxlitlik qismlarning shunday bir aloqasiki, unda
butun qismlarining birligi ta’minlanadi, buning natijasida butun tizimlilik,
uyushqoqlik xususiyatini kasb etadi.
Qismlar aloqasining tipi yaxlitlik tipini
belgilaydi. Aloqaning strukturaviy (tuzilishi), funksional (predmetning faoliyat
usulini tavsiflovchi), genetik tiplari yaxlitlikning tegishli tiplarini tashkil etadi.
Yaxlitlikning quyidagi turlari farqlanadi:
Mexanik yaxlitlikda qismning butunga kamroq bog’liqligi va butunning qismga
sezilarli darajada bog’liqligi kuzatiladi
. Masalan, avtomobil g’ildiragi yoki ruli
uning harakatlanishini ta’minlovchi qismlardir, lekin ular o’z sifatida avtomobildan
qat’iy nazar mavjud bo’lishi mumkin.
Noorganik yaxlitlikda
qismlarning butunga bog’liqligi ortadi, butunning
qismga bog’liqligi esa kamayadi.
Qismlarning barqaror aloqasi har bir elementga
o’z xossalarini saqlash va nisbatan o’zgarmas bo’lib qolish imkonini beradi.
Masalan, elektron atom tarkibida ham, undan tashqarida ham (harakatlanayotgan
elektronlarning izchil oqimi sifatida) deyarli o’zgarishsiz qoladi.
Organik yaxlitlikda
organik dunyoda nafaqat qismlarning o’zaro mosligiga,
balki ularning subordinasiyasiga ham duch kelish mumkin
. Organik tizimlarning
qismlari butundan tashqarida mavjud bo’lmaydi. Tanadan uzilgan qo’l faqat
nomigagina qo’l sanalishini Aristotel qadim zamonlardayoq qayd etgan edi.
Yaxlitlik tiplari va turlarining tasnifi butunning tabiatini bilish nafaqat uni
tashkil etuvchi qismlarni, balki qismlar o’rtasidagi aloqalar xususiyatini ham bilish
orqali amalga oshirilishini ko’rsatadi.
Demak
butun – narsa, hodisa va uni tashkil etgan qismlarning muayyan
tartibda joylashuvi va o’zaro bog’langan yagonalikning ifodasi. Qism – butun
tarkibiga kiradigan, uning tarkibidagina o’z vazifasi (funksiyasi)ni bajara
oladigan alohidalik
. Masalan, yaxlit bir butun sifatidagi H
2
O molekulalarining
qismlari – vodorodning ikki atomi va kislorodning bir atomi. Butun o’z
qismlarining oddiy yig’indisidan iborat emas. Ma’lumki, vodorod yonadi, kislorod
yonishni quvvatlaydi, lekin suv, albatta, yonishga to’sqinlik qiladi.
Dialektika butun va qismga ularning dialektik birligi nuqtai nazaridan
yondashadi. Butun hosil bo’lganda qismlar xossalarining yig’indisidan iborat
bo’lmagan yangi sifat vujudga keladi; shunga qaramay u qismlar – ularning
miqdori va o’zaro aloqaning muayyan tipi bilan belgilanadi. Shu sababli dialektika
butunni bilish faqat xossalar, qismlar haqida bilim mavjud bo’lgan taqdirda
samarali bo’lishi mumkin va aksincha, qismlarni o’rganish butunga doir oldingi
bilimga tayanishi lozim, deb hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |