qadimdayoq sinchiklab o’rganilgan. Uyg’unlik, go’zallik, mutanosiblik tuyg’usi,
aql va tananing barkamolligi qadimgi yunonlar uchun juda muhim bo’lgan.
Ularning tilida shakl tushunchasi tabiatning oddiy materiali go’zal shakl-shamoyil
kasb etishiga imkoniyat yaratadigan g’oya tushunchasining sinonimi sanalgan.
Aristotel g’oya, ya’ni shaklni materiya bilan uzviy bog’liq deb hisoblagan.
ming yillikda bu muammoni turli yo’nalish mutafakkirlari yechishga harakat qildi.
falsafadagi mazmun tushunchalari bir-birini istisno etmaydi, balki bir-birini
Shakl,-deydi Ibn Sino,-jismlarning mavjudligi qanday bo’lsa, shunday saqlanishi
sifatida anorganik jismlarni harakatga keltiradi: o’simlik, hayvon, odam, kosmik
ruhni harakatga keltiradigan tabiiy jismlar shaklidir. Shakl-jismdan konkret narsa
va predmet hosil bo’lishidir. Shakl-jismlarning alohida xususiyati bo’lib, konkret
yashash tarzini belgilaydi. Shakl umumiy nom bo’lib, narsa turini, narsaning
mavjudligini, ikkinchi marta takomillashishini, mavjudligini bildiradi. Shaklni
aniqlashda narsalar mavjudligi muhim o’rin egallaydi. Masalan, olov olov shakli
asosida aktuallashadi va boshqa shaklga o’tadi. Shakl tufayli jism jism bo’la oladi.
Mazmun va shakl tushunchalariga berilgan ta’riflarning o’zidayoq biz ularning
o’xshashligini payqaymiz, chunki struktura, ichki izchillik – mazmunning ham,
shaklning ham zaruriy komponenti. Shu sababli mazmunni shakldan faqat
mavxumlik nuqtai nazardangina ajratish mumkin. Ikki o’xshash mazmunni
taqqoslashgina shakl omillarini farqlash imkonini beradi. Nafaqat mazmun
«shakldor», balki shakl ham mazmunlidir. Shu sababli ayni bir jihat, element bir
zamonning o’zida bir predmetning shakli ham, boshqa predmetning mazmuni ham
bo’lishi mumkin.
Shakl va mazmunning o’zaro aloqasi shunda ifodalanadiki, narsaning bu ikki
qarama-qarshi tomonlari bir-biriga o’zaro ta’sir ko’rsatadi. Qadimda mazmun va
shakl dialektikasida shakl ustun qo’yilgan, uning yordamida narsa o’z g’oyasi
(shakli) yoki vazifasi (maqsadi)ga muvofiq bo’lgan muayyan borliq sifatida
mavjud bo’ladi, deb hisoblangan. Keyinchalik fanning rivojlanishi va uning
falsafaga ta’siri kuchayishi bilan mazmun va shaklning aloqasi haqidagi tasavvurga
ham aniqlik kiritilgan. Oddiy sog’lom fikr bizga shakl nimaningdir, ya’ni muayyan
mazmunning shakli bo’lishi mumkinligini, mazmunsiz shakl hech qanday
ahamiyat kasb etmasligini ko’rsatadi. Shu sababli formalizm tanqidi mutlaqo
o’rinlidir. Masalan, san’atda «sof shakllar» bilan o’yin qilishga urinish shuning
uchun ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydiki, o’zini formalist deb hisoblovchi
iste’dodli san’atkor asarida mazmun baribir mavjud bo’ladi. Davlatni boshqarishda
formalizm turlaridan biri sanalgan byurokratizm bilan ham shunday hol yuz beradi.
O’z faoliyatini sof formal qoidalarga bo’ysundiruvchi, sog’lom fikrga son-sanoqsiz
to’siqlar o’rnatuvchi byurokrat amalda hokimiyat vakolatlari birdan-bir maqsad
sanalgan muayyan davlat tizimining vakili hisoblanadi. Formalizmning yana bir
ko’rinishi huquqning pozitivistik talqini bo’lib, unga binoan huquq iqtisodiy,
siyosiy, axloqiy yoki o’zgacha asoslashga muhtoj bo’lmagan oliy asosdir.
Huquqning mazkur formal-dogmatik talqini qonunchining o’zboshimchaligiga
keng yo’l ochadi. Natijada davlatda nohuquqiy qonunlar ustuvorligi qaror topadi.
Narsa shaklsiz ham mavjud bo’lmaydi. Shuningdek, shakl mazmunga faol
ta’sir ko’rsatadi, narsaga unda mavjud bo’lmagan xossalarni baxsh etadi. Masalan,
ko’mir, grafit va olmosni olaylik. Ularning farqi – faqat molekula strukturasida,
ya’ni shaklda. Ammo hech kim bu moddalarni bir-biriga o’xshatmaydi. Xullas,
shakl mazmunga faol ta’sir ko’rsatib, yo uni takomillashtiradi, yo o’zini to’la
namoyon etishiga monelik qiladi. Shakl mazmundan nisbatan mustaqildir. Bu hol
ayni bir mazmunning ko’plab shakllari mavjudligida, shuningdek shakl
mazmundan o’zishi yoki undan orqada qolishida namoyon bo’ladi. Shu sababli
shakl va mazmunning uzluksizligi ularning birligi to’g’risida so’z yuritish
imkonini beradi. Bunda har bir muayyan holda yo shakl, yo mazmun ustunlik
qilishi mumkin. Shakl va mazmunning nomuvofiqligi yoki qarama-qarshiligi
yuzaga kelishiga sabab bo’ladigan mazkur kategoriyalar dialektikasi borliqning har
qanday hodisasi o’zgarishi va rivojlanishining ichki manbai hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: