6-Ma’ruza Mavzu: Uzunlikni o’lchash


 Masofani o‘lchash usullari



Download 36,02 Kb.
bet2/14
Sana09.03.2022
Hajmi36,02 Kb.
#486747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
6-Ma\'ruza

5.2. Masofani o‘lchash usullari
Joyda masofani uch usulda: bevosita, bilvosita va dalnomer 
yordamida o‘lchash mumkin.
Bevosita o ‘lchash usulida masofa o‘lchov asbobi bilan 
to‘g‘ridan - to‘g‘ri o‘lchanib, uzunligi aniqlanadi. Masofani bu 
usulda o‘lchash uchun po‘lat lenta, ruletka va invar simdan 
foydalaniladi. Bu asboblar po‘lat yoki invar (64% temir va 34% 
nikel qorishmasi) dan yasaladi. Po‘latdan yasalgan o‘lchov 
asboblari yordamida masofani 
1:1000-1:25000 
aniqlikda, 
invardan yasalgan asboblar yordamida 1:25000-1:1000000 
aniqlikda o'lchash mumkin.
Masofani o‘lchash asbobi yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
o‘lchamasdan uning uzunligini biror boshqa o ‘lchash natijalaridan 
foydalanib matematik formulalar asosida hisoblab topishga 
bilvosita (vositali) o ‘lchash deyiladi. Uchburchakning uchta 
burchagi va bitta tomonini o‘lchash natijalaridan foydalanib, 
qolgan ikki tomonini sinuslar teoremasi asosida aniqlashni bunga 
misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bilvosita o‘lchash usulida masofa 
uzunlngini 1:1000 - 1:250000 aniqlikda hisoblab chiqarish 
mumkin.
Joyda masofani bevosita va bilvosita o‘lchash ancha 
murakkab ish hisoblanadi va bunga ko‘p vaqt ketadi. Shuning 
uchun masofani o‘lchashning osonroq yo‘lini topish zarur bo‘lib 
qoldi. Dalnomer deb ataluvchi asbob ixtiro qilingandan keyin bu 
ish birmuncha osonlashdi, turli dalnomerlar, chunonchi optik 
dalnomer, svetodalnomer, radiodalnomerlar ixtiro qilindi va 
o‘zlashtirildi. Masofani o‘lchashda dalnomerlaming bundan 
boshqa turlari ham ishlatiladi. Keyingi yillarda masofani bilvosita 
o ‘lchashda lazerdan ham foydalanilmoqda. Masofa optik 
dalnomerlar bilan 1:200 - 1:5000 aniqlikda, svetodalnomer va 
radiodalnomerlar bilan 1:10000 - 1:400000 aniqlikda o‘lchanadi.
/

5.3. Masofani bevosita o‘lchash asboblari
Ma’lumki, masofani bevosita o‘lchash asboblariga po‘lat 
lenta, ruletka, invar simlar va boshqalar kiradi. Topogeodezik 
ishlarda masofani bevosita o‘lchashda ko‘proq po‘lat lenta va 
ruletkalardan foydalaniladi.
Po‘lat lenta uzunligi 20, 24 yoki 54 m, qalinligi 0,3-0,5 mm va 
eni 15-20 mm bo'lgan po‘lat tasmadan iborat. Po‘lat lentalar 
shtrixli (5.1-rasm, a) yoki shkalali (5.1-rasm, b) bo‘ladi.
Shtrixli lentaning boshlang‘ich (0) shtrixiga ilgak shaklida 
kesik qilingan, masofa o‘lchanayotganda shpilka (temir qoziqcha) 
shu kesikka kiritiladi. Har bir po‘lat lentaning 6 yoki 11 ta 
shpilkasi bo‘ladi (5.1-rasm, v). Lentaning har bir metri 
tunukachalar bilan, yarim metrli bo‘laklari chegalar bilan, 
desimetrlari esa teshikchalar bilan belgilangan. Lentaning ikki 
uchida dastasi bor. Lentannng ikkala tomoni chiziqchalar bilan 20 
teng qismga bo‘linib, 0 dan 20 gacha raqamlar bilan ko‘rsatilgan. 
Uning bir tomonidagi raqamlar to‘g‘ri io‘nalishda, ikkinchi 
tomonidagi raqamlar esa unga qarama-qarshi yo‘nalishda 
yozilgan. Shkalali lentaning ikkala uchida mdllimetrlarga 
bo‘lingan shkalasi bor. Shkalali lenta masofani aniqroq 
o‘lchashda ishlatiladi.
Po‘lat lentani olib yurish oson bo‘lishi uchun u temir xalqa 
ustiga o‘ralib, qisqichlar bilan qisib mahkamlanadi (5.1- rasm, g).
1951-yilda Д, A. Lukerin xloreip izolyatsiyalangan, yetti 
qavatli telefon simidan tayyorlangan masofa o‘lchash asbobini 
taklif etdi. Uning uzunligi 24, 50 va 100 m. Bu asbobdan po‘lat 
lenta o‘mida foydalaniladi.
Ruletka uzunligi 5, 10, 20, 50 va 100 m keladigan tasma yoki 
po‘lat lentadan iborat bo‘lib, dasta yordamida dumaloq shakldagi 
quti ichiga o‘raladi. Ruletkaning lentasi chiziqlar bilan metr, 
santimetr va millimetrlarga bo‘lingan. Tasmali ruletka har gal 
ishlatilganidan so‘ng quritilishi kerak, aks holda oMchashi 
o‘zgarishi va tezda yirtilishi mumkin. Po‘lat lentali ruletka esa 
ishlatilgandan keyin zanglamasligi uchun artib, moylab qo‘yiladi.


Download 36,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish