Nivelirlashda ishlatiladigan reykaiar:
Nisbiy balandlikni
o‘lchashda ishlatiladigan reykaiar uch turga bo‘linadi; PH-05, PH-
3, PH-10; shifrda P-reyka, H-nivelir, raqam 05, 3, 10 bir kilometr
yo‘lni nivelirlashdagi o‘rtacha kvadratik xatolikni bildiradi, (mm)
da.
6.9-rasm. Nivelirlash reykalari
PH-05 - nivelir reykasining asosi yaxlit taxtadan bo‘lib 3
metrli (maxsus ishlar uchun 1 metrli) uzunlikda bir tomonli qilib
ishlab chiqiladi. Reyka o‘rtasiga 5 mmli bo‘laklarga bo‘lingan
invar tasmasi tortilgan (6.9 a -rasm). Bu reyka yordamida yuqori
aniqlikdagi nivelirlash ishlari bajariladi.
PH-3 - nivelirlash reykasi uzunligi 3-4 metr, kengligi 8-10
sm, qalinligi 2-2.5 sm keladigan taxtachadir. Reyka boshidan
oxirigacha oq rang moyli bo‘yoq bilan bo‘yalgatt, ikki uchiga
tunika qoqilgan. Reyka maxsus mashina yoki shablon yordamida
santimetrlarga bo‘lingan. Santimetrti bo‘laklar 1 santimetr orala-
tib qora yoki qizil rangga bo‘yalgan. Reykadan sanoq olishni
osonlashtirish maqsadida har bir disiemetr 5 sm li bo‘laklarga
ajratilgan, har bir disiemetming birinchi besh boiagi E harfiga
o‘xshaydi. Reykadagi ditsimetrlar teskari yo‘nalishda, ya’ni 0 dan
boshlab reyka uchiga tomon raqamlar bilan belgilangan (01, 02,
03), (6.9 b - rasm). Nivelirlashda ishlatiladigan reykalar yaxlit,
buklama va surilma bo‘ladi (6.9 b - shakl). Reykalar ikki tomonli
bo‘lganda reykaning bir tomonida santimetr bo‘laklari qora rang-
da bo‘ladi va pastidan desiimetr bo‘laklari 0 raqamdan
boshlanadj, ikkinchi tomonidagi santimetr bolaklari qizil rangga
bo‘yaladi va bu tomcmdagi raqamlar 4887-yoki 4787 sonidan
boshlab belgilanadi.
Reykaning pastki qismi reyka tovoni deyiladi. Demak reyka
qora tomonida tovon 0 dan, qizil tomonida tovon 4887-yoki 4787
sonidan boshlab belgilanadi. Shuning uchun reykaning qora va
nivelirlashdagi o‘rtacha kvadratik xatolikni bildiradi,
qizil tomonidan olingan sanoqlar farqi 4887-yoki 4787 ga teng
bo‘ladi. Reykadan sanoq mm da olinadi (6.9 b - rasm).
Raqamli nivelirlardan foydalanib nivelirlanganda shtrix-kodli
reykalar ishlatiladi (6.9 v - rasm). Raqamli nivelirlar reyka
bo‘yicha hisoblash prinsiplari bilan reykalar esa shtrix-kodlari
bilan farqlanadi. Shuning uchun, Leica Geosystem AG
firmasining nivelirlari bilan ishlaganda, shu firmaning nivelirlari
uchun mo‘ljallangan reykalarini qo‘llash lozim, TOPCON fmnasi
nivelirlaridan foydalanilganda TOPCON firmasining reykalaridan
foydalanish lozim va hokozo. 1 km ikkilangan yo‘lni
nivelirlashda nisbiy balandligini aniqlash o‘rta kvadratik
xatoligini o‘lchashda qo‘llaniladigan reykalaming materiallarini
sifatiga bogTiq bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchi firmalar nafaqat yuqori
aniqlikda o‘Ichashg* erishishga intiladilar, bir vaqtda reykalar
yyengil va mustahkam bo‘lishini ta’minlashga harakat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |