yarimcho'qqayish, do'ngsimon cho'qqayish, do'ngsimon yarim-
cho'qqayish, ortga engashib yarimcho'qqayish, engashib yarimcho'qqayish
va boshqalar, bu ≪suzuvchi starti≫ deb ham yuritiladi.
Hamla: tayanch oyoqni biron tomonga tashlab bukish harakati
yoki shundan keyingi holat, engashib hamla, o'ngga tashlanib
engashish, qattiq hamla, oyoq yo'nalishiga qarab qilsa, shunga teskari
hamla (masalan, chap ovoqdan o'ngga hamla).
Tayanishlar: yelkalar tayanch nuqtasidan yuqori bo'lgan
holatlar. Tayanishning quyidagi turlari bor: cho'qqayib rayanish,
o'ng tizzaga tayanish, o'ng tizza bilan chap qo'lga tayanish va chap
tizza bilan o'ng qo'lga tayanish, tik bukilib tayanish, bilaklarga
tayanib yotish, orqadan tayanib yotish va boshqalar.
Qo‘I va oyoq harakatlari: harakatlar, baravar navbatma-navbat,
ketma-ket, shuningdek. o'ng qo'lni o'ng tomonga, chap qo'lni
chap tomonga yo'naltirish, uning teskarisi, parallel, simmetrik va
nosimmetrik bo'lishi mumkin. Ular asosiy va oraliq tekislikdagi
qo'llarni bukmay va bukib bajariladi, qo'llar bukilganda atamaga
≪bukish≫ so'zi qo'shiladi. Masalan, qo'llarni bukib orqaga uzatish
va shu kabilar. Oyoqlarni bukishda ham shu atama ishlatiladi.
Masalan, o'ng oyoqni bukish, o'ng oyoqni bukib oldinga uzatish,
o'ng oyoqni bukib orqaga uzatish, o'ng oyoqni yon tomonga bukish,
o'ng oyoqni bukib tizzani bir tomonga uzatish.
Qo'Harning dastlabki holati: qo'llar belda, velkalarda, bosh
ortida, ko'krak oldida, chalishtirilgan holda orqada va boshqalar.
Doira: qo'l, oyoq, boshni aylana bo'ylab harakatlantirish,
shuningdek, oyoqlarni gimnastik vositalar tepasidan aylantirish.
Engashish: gavdanl bukishni anglatadigan atama. Engashishning
quyidagi turlari bor: to'la engashish, kerishib engashish, yarimengashish,
pastlatib oldinga engashish, orqaga engashib yerga yetish,
oyoqlarni keng ochib engashish, quchoqlab engashish.
Muvozanat — shug'ullanuvchining bir oyoqda turgan, shuningdek,
osilib yoki tayanib turgandagi yotiq holati. Muvozanatning
quyidagi turlari farqlanadi: o'ng oyoqda, engashib muvozanat
saqlash, yonlama, ortki, orqaga engashib, frontai, oyoqni ushlab,
oyoqlarni yonga yozgan holda muvozanat saqlash.
Gimnastika vositalari bilan bajariladigan rnashqlarga nom
berishda vositaning holati, o'tiladigan yo'l asosiy bclgi bo'lib
hisoblanadi.
Qo'llarni prujinusimon harakatlantirish — barcha bo'g'inlarni
baravariga bukib, prujinasimon vaxlit harakat qilish turli yo'nalishlarda
bajariladi.
Tolqinsimon — do'ngsimon yarimcho'qqayishdan boshlanadigan,
bo‘g‘inlarning ketma-ket biri yoziladigan, ikkinchisi bukilishidan
iborat murakkab yaxlit harakat.To'lqinsimon harakatning
quyidagi turlari bor: oldinga qarab to'lqinsimon, o ‘ng va chap
tomonga to'lqinsimon harakatlar.
Mashqlarni yozish qoidalari va shakllari
Gimnast ika mashqlarining qisqa va aniq yozilishi ularni
tushunishda katta ahamiyatga ega. Belgilangan maqsadga qarab, u
yoki bu yozish shakllari qo'llanila di, umumlashtir iladi, aniq
(atamalogik), qisqartirish yoki chizma shakllari yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |