5 Mehnat resurslari tushunchasi va uning tavsifi


Ish vaqtini rejalashtirish va boshqarish



Download 72,71 Kb.
bet5/8
Sana01.06.2022
Hajmi72,71 Kb.
#628303
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-mavzu (1)

5.4. Ish vaqtini rejalashtirish va boshqarish


Menejer mehnatini tashkil etish mexanizmi. Menejer mehnatini tashkil etishda boshqaruv apparatidagi xar bir ijrochining ishi cheklangan va nisbatan bir turda bо‘lishiga erishish talab qilinadi. Bu mehnat unumdorligi ortishi, ish sifati yaxshilanishi va xar bir ijrochi tajribasi ortib borishiga imkon yaratadi. Ixtisoslashuv majburiyatlar doirasini shunday belgilash lozimki, bunda xar bir ishlovchi masalasi imkoni boricha tо‘liq ishga solinsin.
Mehnatni kooperastiya qilish boshqaruv tashkilotlari bilan boshqaruv apparati turli bо‘linmalari xodimlari о‘rtasida aloqa urnatilishini kо‘zda tutadi. Boshqaruv jarayonida, xam shu korxonada, xam undan tashkaridagi aloxida xodimlar, xizmat va bо‘linmalar faoliyati birlashtiriladi.
Menejerlar mehnati taqsimlash va kooperastiya qilish yо‘llari tarkibiy bо‘linmalar xaqida qoidalar va boshqaruv apparati xodimlari lavozim qо‘llanmasi tomonidan belgilangan bо‘ladi. «Korxonalar tо‘g‘risida» qonun asosida korxona va uning bо‘linmalarida xar bir rahbar, mutaxassis va texnikaviy ijrochi uchun lavozim qо‘llanmalari ishlanadi. Lavozim qо‘llanmalari, xuquq va majburiyatlari yakka boshchilik tamoyili asosida mansabdor shaxslarning buysunushi, topshirilgan vazifa uchun javobgarligi beliglanadi.
Lavozim qо‘llanmalari va qoidalar davriy ravishda qayta kо‘rilib, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruv jarayonlari takomillashib borganligini xisobga olgan xolda tuzatilib, tо‘ldirilib berilishi kerak.
Boshqaruv apparati mehnatini maqbullashtirishga yagona yondashuvni ta’minlash maqsadida ta’rif-malaka ma’lumotnomasi xam qо‘llanilib, ularda xodimlar bajarishi lozim bо‘lgan ishlar xajmi murakkabligi, rahbarlik lavozimi turli boshqaruvchilik vazifalarini bajaruvchilar uchun talab etiladigan daraja xamda ish staji kо‘rsatiladi.
Boshqaruv ishi texnologiyasida ish vaqtining katta qismi (70%) xujjatlar bilan ishlashga sarflanadi. Shu sababli xujjatlar almashinuvini doimo takomillashtirib borish lozim.
Menejer mehnatiga, shuningdek, korxona va tashqilotda axborot oqimlari yо‘nalishi va xujjatlar aylanish texnologiyasi maqbulligi xam katta ta’sir kо‘rsatadi. Bu erda xujjatlar о‘tadigan bosqichlar sonini ularni birlashtirish natijasida qisqartirish katta samara berib, natijada asoslanmagan muvofiqlashtiruv bartaraf etiladi. Agar muvofiqlashtirish muxim bо‘lsa, xujjatlar о‘tish bosqichlari о‘rnini almashtirish xam yaxshi natija beradi.
Xujjatlar almashinuviga ketadigan vaqtni qisqartirish maqsadida ular utish texnologiyasi belgilanadi, axborot uzatilishining maqbul yо‘llari belgilanadi. Rahbar faqat boshqalarga topshirish mumkin bо‘lmagan xujjatlarga imzo chekadi. Xatlar tayyorlash bilan bog‘liq ish vaqtini tejashda maxsus namunali matnlar standart blanklardan foydalanish katta axamiyatga ega. Korxona va tashkilotlar о‘rtasida yozishmalarda kelgan xujjatni javobi bilan qaytarish keng qо‘llaniladi.
Xujjatlarni bir xillashtirish va standartlash - menejer mehnatini tashkil etishning muxim yо‘nalishidir. Standart blanklarni qо‘llash xatolar kamayishiga va natijada boshqaruv xarajatlari qisqarishiga olib keladi.
Axborot xajmi muntazam ortib borayotgan sharoitda menejer mehnatini mexanizastiyalash va avtomatlashtirish ayniqsa muximdir. Mutaxassislar fikriga kо‘ra boshqaruv apparatida tashkiliy va xisoblash mashinasi, aloqa vositalari yordamida 7g% ishni mexanizastiyalash mumkin ekan. Menejer mehnatini takomillashtirishning muxim younalishi ish joyini maqbul tashkil etish va eng avvalo, mehnat xususiyatlarini bо‘linmalar о‘zaro aloqasini ishlar muximligini xisobga olgan xolda joylashtirishdir. Ish stollari, uskuna, javon, kartotekalar qо‘lay va qо‘l etadigan qilib joylashtirilishi kerak.
Ish joylari joylashtirilishi va ularni texnika vositalari xamda yordamchi uskunalar bilan jixozlashda uzluksiz ishlashni ta’minlash talablarini xisobga olinishi kerak. Tajribadan ma’lumki, ish joyini texnologiya, ergonomika, psixofiziologiya, estetika talablariga muvofiq joylashtirish mehnat unumdorligini oshirish (50% va undan kо‘pga) imkonini beradi.
Boshqaruv apparati mehnati uchun sanitar-gigiena meyorlari, temperatura, namlik, yoruglik meyorlari, shovkin darajasi, shuningdek mehnat va dam olish tartiblarini xisobga olgan xolda sharoit yaratish muxim axamiyatga ega.
Mehnat unumdorligiga - psixologik omil, xodimlar va rahbar, shuningdek xodimlar о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlar xam katta ta’sir kо‘rsatadi. Ularning kayfiyati, mehnat faolligi, oxir natijada mehnat natijalari bu omilga bog‘liq bо‘ladi.
Boshqaruv samaradorligi asosan rahbar о‘z vazifasini qanchalik muvaffaqiyatli bajarish bilan bog‘liq bо‘ladi. Xozirgi davr menejeri mehnat va boshqaruvni tashkil etishning yangi ilmiy va texnikaviy echimlari, usullarini qо‘llashi, ishlab chiqarish imkoniyatlarini iqtisodiy ravishda kengaytirishi lozim. Menejer xam tashqilotchi, tarbiyachi, xam izlanuvchi, ma’muriyatchi sifatlariga ega bо‘lishi kerak.
Menejerlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlar murakkabligi va javobgarlik ortishi bajariladigan ishlar turli - tumanligi ulardan vaqtni unumli taqsimlanishi talab qiladi. О‘z faoliyatini rejalashtirishni bilmaydigan, faqat joriy masalalar bilan shugullanuvchi menejerlar faqat boshqaruv jarayonida vujudga keluvchi u yoki bu vaziyat natijalarini taxlil qilishgagina ulgurub, kelajakda qilinishi lozim bо‘lgan ishlarni xal etish uchun vaqt topolmay qoladilar.
Menejer faoliyati maqsadini belgilashda avvalo undan yuqorirok boshqaruv tizimi oldida turgan vazifalardan kelib chiqishi lozim, chunki aks xolda butun tizim faoliyatiga tо‘g‘ri kelmaydigan (yoki qarama-qarshi) ish kо‘rishi mumkin.
Rahbar ishi sur’atining tezligi uning mehnat faoliyati tulakonli dam olish bilan, shuningdek ish kuni davomida mehnat turlari almashinishini talab etadi, chunki faqat shunday qilinganda mehnat yuqori samarali bо‘lishi, ish qobiliyati tо‘liq tiklanishi mumkin.
Menejer mehnatida maqbul ish sur’atini о‘rnatish, u amalga oshiruvchi xarakatlarning doimiy tartibini о‘rnatish juda muximdir.
Menejer ish vaqtining katta qismi xujjatlar bilan ishlashga sarflanadi. Olinuvchi axborot (xat, farmoyish, xujjat va x.k.lar) xajmi juda katta. Bunday xolda axborotni «filtrdan» utkazish juda muximdir. Rahbarga faqat u xal qilishi mumkin bо‘lgan axborot berilishi lozim. Bu bosqichda rahbarga axborotni ijrochilar о‘rtasida taksimlovchi kotib yoki yordamchi (referent) katta yordam kо‘rsatadi. U malakali xodim bо‘lishi, boshqaruvning barcha bо‘linmalari va tashkilotlari faoliyati xususiyatini bilishi lozim.
Rahbar va unga bо‘ysnuvchi boshqaruv apparati о‘rtasida majburiyatlarni maqbul taqsimlash rahbar ish avktini samarali sarflashda imkon beradi. Ijrochilarga mavjud qonunchilik doirasida iloji boricha kо‘proq xujjatga imzo chekishi uchun imkon berishi kerak. Bu rahbar vaqtini tejash, ijrochilar tashabbuskorligi va javobgarligini oshirish imkonini beradi.
Menejerlar faoliyatida turli-tuman yigilish va majlislar muxim urin egallab, ularga ish vaqtining 70%i sarf bо‘ladi. Shu sababli, majlislarni tо‘g‘ri tashkil etish uchun quyidagilarga aloxida e’tibor berish lozim.

  1. Majlisda kо‘riladigan masala faqat jamoa tomonidan xal etiladigan muammodan iborat bо‘lishi kerak. Bu muammo bitta majlis davomida xal etilishi lozim.

  2. Majlis qatnashchilari muxokama etilayotgan muammo bо‘yicha etarli tajriba va bilimga ega bо‘lishlari kerak.

  3. Majlisda kо‘riladigan masalalar mavzusi qatnashchilarga ular tayyorgarlik kurish uchun vaqtga ega bо‘lishlari uchun avvaldan e’lon qilinishi lozim.

  4. Yig‘ilish utkaziladigan sana, vaqt va joy avvaldan kо‘rsatilishi lozim, chunki uning qatnashchilari о‘z ish vaqtlarini rejalashtirishlari kerak.

  5. Yig‘ilish rahbari avvaldan yigilish maqsadi va utkazilish shaklini belgilash lozim.

  6. Yig‘ilish о‘tkazilish tartibi, erkin, ishchan muxokama uchun sharoit yaratish xam muximdir.

Rahbarning kо‘plab majburiyatlari ichida tashrif qiluvchilarni qabul qilish va suxbat о‘tkazishni aloxida ajratib kо‘rsatish lozim. Qо‘l ostida ishlovchilar tashabbusi bilan qabul qilish uchun aloxida vaqt ajratish muximdir, chunki «ochiq eshiklar siyosati» tashkaridan demokratik xususiyatga ega bо‘lsada, ish vaqtini notо‘g‘ri sarflashga olib keladi. Suxbat davomida rahbar savollar berish yо‘li bilan xodimlardan ular niyatini aniq bilib olishi, uz iltimos yoki takliflarini asoslab berishiga intilishi kerak. Agar suxbat rahbar tashabbusi bilan amalga oshadigan bо‘lsa, xodim suxbat vaqti va maqsadi xaqida ma’lumotga ega bо‘lishi kerak. Bu x odimga masala mazmuni bо‘yicha tayyorgarlik kurish psixologik tanglikka duch kelmaslik uchun imkon yaratadi. Suxbat davomida о‘zaro ishonch muxitini yaratish u muvaffaqiyatli bо‘lishiga imkoniyat beradi. Bunda rahbar muxbat maqsadi va xodimning о‘ziga xos xususiyatlarini xisobga olishi kerak. Suxbat oxirida rahbar albatta muxokama etilgan masala bо‘yicha erishilgan natija va uni keyincha xal etish yо‘llarini kayd qilib qо‘yishi kerak.
Rahbar mehnati samaradorligining muxim omillaridan biri - qabul qilingan qarorlarni bajarilishini nazorat qilishni tashkil etishdir. Nazorat rahbarning doimiy vazifasi bо‘lib, uning ish rejasida xisobga olinishi lozim, xamda materiallar bilan tanishuv, shaxsan ma’lumot berish uchun qabul qilish, inspekstiya qilish yо‘li bilan amalga oshiriladi. Nazorat qilishning qо‘lay shakli - topshiriqlarni maxsus muddatli kartochkalar va perfokartalar vositasida xisobga olishdir.
Rahbar butun jamoa va boshqaruv apparati osoyishta ishlashi uchun sharoit yaratishi lozim, chunki butun boshqaruv tizimi va natijada butun ishlab chiqarish samaradorligi shu narsaga bog‘liqdir.

Download 72,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish