5.3. Korxona kadrlarining potensiali va uni bozor munosabatlari sharoitidagi roli
Kadrlarning kasbiy malakasi qanchalik yuqori bо‘lsa, korxonalarning iqtisodiy va ishlab chiqarish kо‘rsatkichlari shunchalik yaxshi bо‘ladi.
Korxona kadrlari deganda korxonada mehnat bilan band bо‘lgan hamda korxona shaxsiy tarkibiga kiruvchi turli kasbiymalakaviy guruhlardagi xodimlar majmuasi tushuniladi.
Korxonaning «Mehnat resurslari», «kadrlar», «personal» tushunchalari, kadrlar salohiyatini shakllantirish va ulardan foydalanishda bir xilda qо‘llanilsada, bir-biridan farqlash lozim.
Mehnat resurslari mamlakat aholisining ma’lum qismi bо‘lib, о‘zining asab-fizioligik va intellektual sifatlari bilan moddiy boyliklar ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish qobilyatiga ega bо‘lgan, 16-55 yoshdagi ayollar, 16-59 yoshgacha bо‘lgan erkAqlar hisoblanadi.
Korxonalarda mehnat resurslarini xarakterlovchi tushuncha sifatida «kadrlar», «personal» tushunchasidan foydalaniladi.
Korxona kadrlari yoki personali deganda ishlovchilar majmui tushunilib, ular tarkibiga yollanma ishchilar va shaxsiy tarkibdagi ishchilar kiradi.
Korxona personali sifat va miqdor jihatidan quyidagi belgilari bо‘yicha tasniflanadi: ishlab chiqarish jarayoni xarakteriga qarab; mehnat vazifalari xarakteriga qarab; mehnatni taqsimlashga asosan turli ish turlariga qarab; malaka darajasiga qarab; kadrlar shaxsiy xarakteristikasiga qarab
Ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishiga qarab korxona personalini 2 kategoriyaga bо‘linadi: sanoat ishlab chiqarish va noishlab chiqarish personali.
Sanoat korxonalarining asosiy faoliyati bilan bog‘liq bо‘lmagan, uy-joy, kommunal va yordamchi xо‘jaliklarda, sog‘liqni saqlash, profilaktika tizimida faoliyat yurituvchi xodimlar noishlab chiqarish personali tarkibiga kiradi.
Sanoat korxonalari sanoat-ishlab chiqarish personali tarkibiga quyidagi xodimlar kiradilar:
- mahsulot ishlab chiqarishni tayyorlash, xizmat kо‘rsatish, sotish bilan shug‘ullanuvchi;
- asosiy va yordamchi sexlar, zavod boshqaruvi, laboratoriya, ilmiy-tadqiqot va tajriba-loyihalashtirish bо‘limlari, hisoblash markazi xodimlari.
Sanoat-ishlab chiqash personali mehnat vazifalari xususiyatiga kо‘ra quyidagi kategoriyalarga bо‘linadi:
Ishchilar - moddiy ne’matlar yaratish va ishlab chiqarishga xizmat kо‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi ishlovchilar. Ishchilar asosiy va yordamchi ishchilarga bо‘linadi.
Sanoat korxonalarida asosiy ishchilar texnologik jarayonlarda detallar, buyumlar ishlab chiqishda ishtirok etadilar. Yordamchi ishchilar tayyor mahsulotni va mehnat buyumlarini transport qilish, mashina va uskunalarni ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanadilar.
Mutaxassislar - injener-texnik, iqtisodiy, huquqiy vazifalar bilan shug‘ullanuvchi xodimlar. Masalan, injener- texnologlar, buxgalterlar, iqtisodchilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |