5 Mehnat resurslari tushunchasi va uning tavsifi



Download 72,71 Kb.
bet8/8
Sana01.06.2022
Hajmi72,71 Kb.
#628303
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-mavzu (1)

Attestastiya. Boshqaruv mansabiga tavsiya qilinayotgan kishining ishbilarmonlik va kishilik xususiyatlarini baxolash, avvalambor shartnoma tuzilishi kerak. Bugungi kunda kadrlar faoliyatchanligini baxolashda attestastiya usuli keng tarqalgan. Ushbu attestastiyani о‘tkazish uchun rahbar buyrugi bilan rais, sekretar (kotib) va boshqalardan tarkib topgan attestastiya komissiyasi tuziladi. Ushbu komissiya tarkibini yuqori malakali mutaxassislardan, imtixon bо‘layotganlarning bevosita rahbarlaridan, yuqori malakali ishchilardan va jamoa tashkilotlari vakillari tashkil etadi. Atetstastiya bо‘layotgan xar bir kishiga о‘zining rahbari xarakteristika tuzadi, bu tavsifnomada о‘sha kishinnig ijtimoiy va ish faoliyati о‘z aksini topadi.
Atetstastiya bо‘layotgan ishchi avvaldan, (bir xafta oldindan) tavsifnoma bilan tanishishi shart. Komissiya ushbu materiallarni kо‘rib chikadi, attestastiya bо‘layotgan kishini tinglaydi va qaror beradi:
a) О‘zining mansabi talablariga javob beradi;
b)О‘zining mansabi talablariga javob beradi ish sharoiti yaxshilaganida va komissiyaning tavsiyalarini bajo keltirganida, 1 yildan sung qayta atetstastiya qilinadi;
v) О‘z mansabi talabiga javob bermaydi.
Komissiya ba’zi ishchilarni martabasini yuksaltirishga va ba’zi xizmatlari uchun takdirlashga va boshqa ishga о‘tkazishga tavsiya qilish mumkin.
Menejerlarning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini yana xam ob’ekitiv baxolash uchun attestastiyadan tashkari boshqaruv amaliyotida uch guruhga bо‘linadigan turli xil usullar qо‘llaniladi:
1 guruh. Xodimning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini baxolaydigan, sb’ektiv xarakterga ega bо‘lgan ta’rif beruvchi yoki sifat usullarini uz ichiga oladi. Ularga «kadrlar xisob varagi» va «Avtobiografiyadagi» boshqaruvchi talabiga da’vogarlik qiluvchi kondidatning biografik ma’lumotlarini о‘rganish, rahbarlardan usha odam xaqida ma’lumot yigish kiradi.
2 guruh. Xodimning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini etarli darajadagi ob’ektivlikdan miqdoriy baxosini aniqlash ta’minlaydi. Eng kо‘p tarqalgan usul ball bо‘yicha baxolash usulidir. Bu usul bо‘yicha xodimning xar bir bajargan vazifasi va erishgan yutuqlariga qarab ballar kuyilib boriladi va uning о‘rtacha balli chikarilib aniqlanadi.
3 guruh. Yuqoridagi 2ta guruhni ya’ni ta’rif beruvchi va Miqdoriy usullarni uz ichiga oladi. Ulardan eng kо‘p tarqalgani test usuli bо‘lib, oldindan tayyorlab kuyilgan masalalar natijalariga qarab baxo beriladi. Ishbilarmonlik uyinlari usuli - kuyilgan ishlab chiqarish masalasi yoki nizoli vaziyatga berilgan tо‘g‘ri javobga qarab baxo kuyilad. Rahbarlar va mutaxassislarning ishbilarmonlik va va shaxsiy xususiyatlarini ball bо‘yicha baxolash uchun xodim xususiyatlarini ball bо‘yicha baxolash yoki attestastiya utkazish bilan aniqlash mumkin. Buning uchun xodimning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini baxolash uchun eng kamida 2 ta qо‘l ostidagi ishchisi, 2 ta rahbari va 2 ta xamkasbini baxolashlarini xisobga olishadi. Oxirgi natijaviy baxoni komisiya beradi. Kadrlarni baxolash kriteriyasi bitta bо‘lishi kerak, ya’ni konkret ishlar.
Attestastiya menejerlarning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini baxlash usuli bо‘lishi bilan birga ularni qayta tayyorlash bilan chambarchas bog‘liqdir. Menejerni tayyorlash va qayta tayyorlash - bu ta’limning ilmi asoslangan sistemasi bо‘lbi ma’lum soxada faoliyat kо‘rsatish uchun bilim, tajriba va yо‘l yurik urgatadi.
Menejerlarni qayta tayyorlash va tayyorlashdan asosiy maqsad ularning nazariy bilimlarini oshirish, fan va texnika soxasida erishilgan yutuqlarini tula-tukis qamrab olish, boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil etishdan iborat.
Bozor iqtisodiyoti kadrlar tayyorlash tizimiga yangi talablar qо‘yadi, bu tizimda universitet va institutlar aloxida urin egallashi lozim, oliy va о‘rta maxsus ukuv yurtlarida yangi tipdagi, iqtisodiyotni yaxshi biluvchi, boshqaruvning iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik usullari va texnika vositalarini qо‘llay oluvchi menejerlar tayyorlanishi lozim.
Boshqaruvni isloxat qilish sharoitida о‘quv jarayoni mazmuni va uni tashkil etishga ishlab chiqarish darajasi о‘sishi va xо‘jalik yuritishning bozor utilishini xisobga olgan xolda yangiga yondashuv qо‘llaniladi. «Korxonalar tо‘g‘risida» qonunda ta’kidlab utilganidek: «Korxona kadrlar kasbiy maxorati va madaniy darajasi uzluksiz usib borishi xaqida doimo gamxurlik qiladi, xodimlar malakasi va ishlab chiqarish manfaatlarini xisobga olgan xolda ular lavozimini uzgartirib boradi. Bu maqsadda korxona kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi va bevosita ishlab chiqarishda ukuv yurtlarida xodimlar malakasini oshirishga imkon yaratadi, о‘quv-uslubiy bazani kengaytiradi, biznes maktablari, kurslar, markazlar tashkil etadi. Korxona о‘quv jarayonini ish bilan qо‘shib olib borish uchun zarur sharoit yaratadi va qonunda kо‘zda tutilgan imtiyozlar beradi. Ishchilar о‘z xoxishlariga kо‘ra о‘rta maxsus va oliy о‘quv yurtlariga, shuningdek stipendiya tо‘lash sharti bilan aspiranturaga yuborishlari mumkin. Korxona yoshlarni mehnatga tayyorlash, kasbga qiziqishlarini shakllantirishda о‘quv yurtlariga yordam kо‘rstadi».
Mutaxassis egallagan bilimlar tez eskirgani sababli, uni doimo takomillashtirib berish lozim. Agar rahbar uz bilimini takomillashtirib bormasa, eski bilimlariga tayanib kolishi, ishlab chiqarish bundan zarar kurishi mumkinligini tajribada kurish mumkin. Olingan maxsus bilimga doimo tuldirilib borilishi lozim bо‘lgan asos sifatida qarash kerak. Bozor munosabatlari sharoitida texnik ma’lumotga ega bо‘lgan ishlab chiqarish rahbarlari ayniqsa iqtisodiyot, marketing, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish masalalarini chuqur о‘rganishlari kerak.
О‘z dunyoqarashini kengaytirish bо‘yicha mustaqil ishlash xam katta axamiyatga egadir.

TAYANCH IBORALAR
"Xodim" tushunchasi; turli yondashuvlar; chet el tajribasi; kadrlarni boshqarish; funkstional boshqarish; tashkiliy boshqarish; inson resurslarini boshqarish; tamoyillari; korxona xodimlari; toifalanishi; "korxona xodimi" tushunchasi; xodimni boshqarish ob’ektlari; sub’ektlari; boshqaruv tizimi; xodimni boshqarish tamoyillari; usullari; menejer, personalni boshqarish, liderlik, uslub, menejer etikasi, menejer madaniyati, attestastiya, reyting, menejer psixologiyasi, motivastiya.
Download 72,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish