Agar elektronni to`lqinlar to`plami deb qaraganimizda edi, u holda, masalan,
elektronlar kristall orqali birin-ketin o`tadigan juda kuchsiz dastaning difraksiyasida
har bir difraksion dasta faqat elektron bo`lagini olib yurishi kerak edi, haqiqatda esa
bunday bo`lmaydi.
Agar, qaytish, sinish, difraksiya kabi prosseslarda zarrachalarningbutunligi
saqlansa, u holda ikki muhitning chegara sirtiga tushgan zarracha yoki qaytadi, yoki
ikkinchi muhitga o`tadi. Ammo bunday holda to`lqinlar
va zarrachalar orasidagi
bog`lanish faqat statistik ravishda, ya`ni quyidagicha talqin qilinadi: to`lqin
intensivligining o`lchovi bo`lgan amplituda kvadratining ma`lum joydagi qiymati
zarrachaning qiymati zarrachaning shu joyda topilish ehtimoli o`lchovi bo`ladi.
Bu talqinnintushuntirish uchun quyidagi tipik interferension tajribani qarab
chiqamiz: S
1
va S
2
ikkita teshikli tiniqmas ekranga yassi to`lqin tushadi. (1-rasm).
Bunday holda etarlicha uzoqdagi sezgir ekranda yorug` va qorong`u yo`llar
ketligidan iborat interension manzara vujudga keladi. Bunday manzaraning to`lqin
nuqtai nazaridan tushuntirilishi xammaga ma`lumdir:
chapdan ekran
I
ga yassi
to`lqin tushishini tasavvur qilish kerak; S
1
va S
2
teshiklarbu holda ekrandan o`ng
tomonga tarqaluvchi va o`zaro interferensiyalanuvchi ikkita sferik gyuygens
to`lqinlarning markazlari bo`lib qoladi. Ekran
II
ning bu to`lqinlar yo`l farqi nolga
yoki juft sondagi yarim to`lqin uzunlikka teng bo`lgan joyda to`lqinlar
interferensiyalashganda bir-birini so`ndiradi,
amplituda nolga teng, binobarin,
qorong`u polosa hosil bo`ladi.
Elektronlarni bilinmas zarracha deb qarab, bu polosalarning vujudga kelishini
qanday tushunsa bo`ladi? Tushayotgan elektronlar dastasi juda zaif deb tasavvur
qilaylik. Tajriba interferension manzara xarakterining intensivlikka bog`liq
bo`lmasligini ko`rsatadi. Fotoplastinka ayrim elektronlar tushishini qayd qila oladi
deb faraz qilamiz. Bunday holda elektronlarning zaif dastasi ekran orqali o`tganda
fotoplastinkada dastlab tartibsiz joylashgan ayrim qorong`u nuqtalar –
elektronlarning urilish izlari paydo bo`lar edi. Faqat bu dog`lar sonining, ya`ni
elektronlar urilishi sonining interferension manzara maksimumlari bo`lishi
lozim
joylarda ko`proq bo`lishligini payqash mumkin bolardi xolos. Tajribani etarlicha
uzoq vaqt davom ettirganda bu ayrim izlar interferension polosalar tashkil qilishi
kerak. Shunday qilib, yorug` interferension yo`llar – elektronlar ko`proq tushadigan
joylardir; qorong`i yo`llar elektronlar mutlaqo tushmaydigan joylardir.
Agar bu mulohazalarni endi ko`p sondagi elektronlar to`daiga emas, balki
ayrim
elektronlarga tatbiq qilinsa, u holda elektronning topilish ehtimoli to`lqin
maydon amplitudasi maksimal kattalikka ega bo`lgan joyda maksimal bo`ladi,
amplituda nolga teng bo`lgan joyda – u nolga teng bo`ladi. Ammo amplitudaning
musbat ham, manfiy ham bo`la olishi, ehtimolning esa xamma vaqt musbat son
bo`lishligi sababli ehtimolni amplituda kvadrati orqali ifodalash zarur.
De-Broyl to`lqinlarini ana shunday statistik talqin qilishni shartlashib olib,
to`lqin paketlarini qulay muhokama metodi sifatida saqlashimiz mumkin. Fazoning
elektron biror muayyan paytda turgan joyini egallaydigan to`lqin paket tuzamiz va
uni o`z holiga qo`yamiz. Endi paketning biror keyingi
t
paytdagi shaklini topsak, u
yoki bu joydagi uning amplitudasi kvadrati elektronni shu joyda
t
paytda
topish
ehtimoliga proporsional bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: