Harakat potensial iva uning yuzaga chiqish mexanizmi
Ta’siratning bo’sag’a kuchi. Reobaza va xronaksiya haqida tushuncha.
Labillik va refrakterlik.
Tayanch tushunchalar: ta’sirlovchi, qo’zg’aluvchanlik bo’sag’a kuch, biotok membrana, kanallar, natriy, kaliy, ionlar nasosi. Ta’sirlovchilar va ularning turalari.Barcha tirik hujayralar ta’sirlanuvchanlikka ega, ya’ni tashqi va ichki muhit o’zgarishlariga nisbatan o’z faoliyatini o’zgartirish qobiliyatiga ega. Ta’sirlanuvchanlikning yuzaga chiqishi turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, moddalar almashinuvi tezlashishi mumkin, o’sish tezlashishi, shira ajralishi, harakatlanish, elektr impulьsi ishlab chiqishi va h-za.Tirik mavjudotlar faoliyatini o’zgartiruvchi omillarni ta’sirlovchilar deymiz. Ta’sirlovchilar yuzaga chiqaradigan javob reaksiyalarning ichida qo’zg’aluvchanlik alohida ahamiyat kasb etadi. Hujayra qo’zg’alishi deganda, aksariyat uning ta’sirotga tez va ixtisoslashgan ravishda javob bo’lishi tushuniladi. Bunday ixtisoslashgan javob reaksiyalarni muskul, nerv va bez to’qimalari hosil qila oladi. SHuning uchun ham ularni qo’zg’aluvchan to’qimalar deb ataladi:
Qo’zg’alishni odatda mexaniq ximiyaviy, tovush, yorug’lik va boshqa omillar hosil qilishi mumkin.
Muayyan qo’zg’aluvchan hujayraga nisbatan adekvat va noadekvat ta’sirlovchilar tafovut qilinadi.
Adekvat ta’sirlovchiga qo’zg’aluvchan hujayra maxsus moslashgan bo’ladi va uning juda lz miqdoriga ham qo’zg’alish bilan javob bera oladi. Masalan, yorug’ nur – fotoreseptorlar uchun, tovush – eshituv reseptorlari uchun, hidli moddalar - hid reseptorlari uchun adekvat ta’sirluvchilar hisoblanadi. Boshqa ta’sirlovchilar aytib o’tilgan hujayralar uchun noadekvat (yot) hisoblanadi. Noadekvat ta’sirlovchilar ham ixtisoslashgan hujayralar qo’zg’atishi mumkin, lekin uning kuchi adekvat ta’sirlovchidan bir necha ming, hatto mln barobar yuqori (kuchli) bo’lishi mumkin.
Qo’zg’alishni paydo qiluvchilar uchun zarur bo’lgan ta’sirotning eng kam kuchi bo’sag’a kuch deyiladi. Bo’sag’adan kam kuchga ega bo’lgan ta’sirlar qo’zg’alishni paydo qila olmaydi.
Qo’zg’alish vaqtida hujayralarda bir qator fiziko-ximiyaviy jarayonlar sodir bo’ladi. Bular ichida elektr hodisalar ayniqsa muhim ahamiyatga ega.