5-Maruza. Mavzu: Nerv-mushak apparatining fiziologiyasi reja


Memrananing tinchlik potensiali



Download 19,62 Kb.
bet3/5
Sana20.05.2023
Hajmi19,62 Kb.
#941423
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-MAVZU

Memrananing tinchlik potensiali. Hozirgi paytda qo’zg’aluvchan to’qimalarda sodir bo’ladigan elektr hodisalarini o’rganish uchun mikroelektrodlardan keng foydalaniladi (Mikroelektrod tok o’tkazuvchch eritma bilan to’ldirilgan uchi ingichka 0,5 mkm li shisha pipetka bo’lib, u yakka nerv hujayrasi yoki nerv va muskul tolalari ichiga kiritiladi). Bu biologik lb’ektlarda mavjud bo’lgan yoki ta’sirlanganda yuzaga chiqadigan elektr potensiallarni kuchaytirgichlar yordamida ko’p marta kuchaytirib, ossillograflarda qayd qilinadi.
(Mikroelektrod mabodo hujayra yoki tola membranasining tashqi yuzasida bo’lganita potensiallar farqi qayd qilinmaydi). Hujayra ichiga kiritilganda ossillograf manfiy zaryad borligini ko’rsatadi. DemaQ qo’zg’aluvchan to’qima tinch holatda bo’lganida membrananing ichki yuzasi tashqi yuzasiga nisbatan manfiy potensialga ega. Tinch holatda bo’lgan nerv hujayrasi va tolalarining membrana potensiali taxminan 70 m ga teng. Bu potensiallar farqi membrananing tinchlik potensiali (MTP) deyiladi.
Hujayra membranasining qutublanish sabablari aniqlangan. Buni tushunish uchun membrana tuzilishini, ba’zi bir xossalarini va hujayra ichidagi hamda tashqarisidagi suyuqliklarning ion tartibini ko’rib chiqish kerak.
Hujayra membranasi ancha yuqori elektr qarshilikka va sig’imga ega. Ularning elektr qarshiligi ion kanallarning ochiq yoki yopiqligiga bog’liq.
Yog’da eruvchi moddalar membranalarning lipid asosida erib, undan osonlik bilan o’tadi. Suv va unda eruvchi diametri kichik ionlar membranadagi kanallardan har ikki tomonga o’ta oladi. Suvda eruvchi yirik moddalar, masalan, organik kislotalarning anionlari membranalardan o’ta olmaydi. Ularning hujayradan chiqishi yoki kirishi uchun maxsus mexanizmlar ishga tushishi zarur. Јo’zg’aluvchan to’qimalar faoliyati uchun ularning membranalarida Na+ K+ CI, Sa2+ ionlarini o’tkazuvchi maxsus kanallar bo’lishi katta ahamiyatga ega. Ular tanlab o’tkazuvchi (selektiv), o’ziga xos (spesifik) va o’ziga xos bo’lmagan (nospesifik) kanallarga bo’linadi. Tanlab o’tkazuvchi kanaldan shu ionlardan faqat bittasi o’tishi mumkin, har qaysi ionning o’z kanali bor. Bu kannallar ochilib-yopilib turuvchi darvoza mexanizmiga ega. Tinch holatda membranadagi natriy kanallarning hammasi yopiq kaliy ionallarning aksariyati ochiq bo’ladi.
Hujayra ichidagi va tashqarisidagi suyuqliklarda ionlar miqdoridagi farq membrana tinchlik potensiali hosil bo’lishining asosiy sababi bo’ladi. Bu suyuqliklarda eng ko’p farq bo’lgan kation kaliy kationidir. Hujayra ichidagi 100 000 K+ kationiga to’qima suyuqligida hammasi bo’lib 2000 K+ kationi to’g’ri keladi (50 marta ko’p). Natriy miqdoridagi farq buning aksi: hujayra ichidagi 10 000 Na+ ga tashqaridagi suyuqlikda 108000 Na+ to’g’ri keladi (11 marta ko’p). CI hujayra ichidagi miqdori tashqaridagidan 20-100 marta kam.
Har xil ionlarning hujayra ichi va tashqi suyuqliklarida teng taqsimlanmaganligi MTP mavjudligining va saqlashining asosiy sababidir. Odatda membrana K+ kanallarining ko’pi ochiq turadi. Ular orqali K+ ma’lum miqdorda o’zi ko’p bo’lgan hujayra ichidagi suyuqlikdan diffuziyalanib tashqariga chiqadi. Membrananing tashqi yuzasida musbat zaryadlar miqdori ortadi. Bu zaryadlarni tashqarida ko’p miqdordagi Na+ kationlarining sitoplazmaga o’tishi yoki manfiy zaryadli anionlarning tashqariga chiqishi muvozanatlashtirishi mumkin edi, biroq tinch holatda membrananing natriy va anionlar uchun o’tkazuvchanligi past bo’lganligi bois bunday holat kuzatilmaydi. shuning uchun membraning tashqi yuzasida musbat kaliy kationlarning miqdori ortadi, ichki yuzasida esa manfiy anionlar to’planadi. Natijada membrana tinchlik potensiali vujudga keladi.
DemaQ membrana TP hosil bo’lishi asosan K+ kationiga bog’liq ekan deb aytamiz. Buni kalьmarning gigant aksonida o’tkazgan tajriba isbotlaydi. Bu nerv tolasi juda yo’g’on tuzilgan, tax. 1 mm.

Download 19,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish