Ta’sirotning bo’sag’a Reobaza va xronaksiya. Membrana potensialini kritik darajagacha o’zgartirish qobiliyatiga ega bo’lgan ta’sirot kuchi – bo’sag’a kuchi deyiladi. Bo’sag’a kuchidan kuchsizroq bo’lgan ta’sir – bo’sag’adan past, undan kuchli bo’lgan ta’sir – bo’sag’a usti ta’sirlovchi deb ataladi. Јo’zg’alish vujudga keltiradigan ta’sirot, birinchidan, eng kam (bo’sag’a) kuchga ega bo’lishi keraQ ikkinchidan, u ma’lum qisqa vaqt davom etishi kerak. Elektr tokining qo’zg’alish paydo qiladigan eng kam kuchi reobaza deyiladi. Bir reobazaga deyiladi. Bir reobazaga teng elektr toki bilan ta’sirlab, harakat potensiali olish uchun zarur bo’lgan eng kam vaqt foydali vaqt deb ataladi.
Amalda foydali vaqtni aniqlash qiyin, chunki reobaza miqdori membrananing funksional holatiga bog’liq holda o’z-o’zidan o’zgarib turadi. SHu sababdan boshqa shartli miqdorni – xronaksiyani aniqlash qabul qilingan. Xronaksiya – bu ikki reobazaga teng elektr toki bilan to’qimaga ta’sir etib, uni qo’zg’atish uchun sarflangan eng kam vaqtni bildiradi. (rasmlar orqali tushuntiriladi).
Labillik. Refrakterlik. To’qimalar qo’zg’aluvchanligini baholashda yuqoridagilardan tashqari labillik tushunchasi ishlatiladi. N.E.Vvedenskiy to’qimalarning funksional harakatchanligini labillik deb ataydi. Uning fikriga ko’ra, qo’zg’aluvchanlik to’qimaga tez-tez va ketma-ket beriladigan ta’sirotlar tufayli shu to’qima 1 sekunda qancha ko’p harakat potensialini yuzaga chiqara olsa, o’shancha harakat potensiallarining miqdori labillik o’lchovi hisoblanadi.
Harakatlantiruvchi nerv tolalardan o’tadigan impulьslar soni 1 sek. 50; sezuvchi nerv tolalari o’tkazishi mumkin bo’lgan impulьslar soni 1 sek. 1000 dan ortiq. DemaQ sezuvchi nerv tolalarining labilligi harakatlantiruvchi tolalarning labilligi harakatlantiruvchi tolalardan yuqori.
Harakat potensiali cho’qqiga ko’tarilganda tola qo’zg’aluvchanligi mutloq yo’qoladi. Repolyarizasiya boshlanishi bilan, qo’zg’aluvchanlik asta-sekin tiklanadi. Mutloq refrakterlikda natriy kanallari deyarli to’la inaktivasiyalangani, kaliy uchun membrana o’tkazuvchanligi oshgani sabab bo’ladi.
Repolyarizasiya natriy kanallarining faolligi tiklanishiga va kaliy oqimining sekinlashishiga olib keladi. Natijada qo’zg’aluvchanlik sekin tiklanadi. Bu vaqtni refrakterlikning nisbiy davri deb ataladi.
Nerv tolalarida mutloq refrakterlik davomiyligi 1 ms dan kam, nisbiy refrakterlik esa 5-10 ms davom etishi mumkin. Odam yuragi muskul tolalarining mutloq refrakterligi davri – 270 ms, nisbiy ref. – 30 ms. Nerv tolalarning 1 sek. 1000 harakat potensialiga teng.
Nazorat savollar 1.Adekvat va noadekvat ta’sirlovchilarni qanday tushunasiz?
2.Tirik organizmlarda elektr hodisalari birinchi martak qaysi olim tomondan va qachon kashf qilingan?
3.Metal yordamida va metalsiz (ikkilamchi) qisqarishlarni qanday tushunasiz? Mohiyatini nimada?
4.Tinchlik potensiali nima?
5.Harakat potensiali nima va u qachon hosil bo’ladi?
6.Harakat potensiali yuzaga chiqishining mexanizmi qanaqa? Ion nazariyasini qanday tushunasiz?
7.Natriy va kaliy kanallari va ularning ishlashi qanaqa?
8.Ta’sirot kuchlari nima?
9.Reobaza nima? Xronaksiyani bilasizmi?