Eshitishning kamayishini aniqlash usullari asosan odam eshitish a’zosining meyordan chetga chikqanini aniqlab, uni ma’lum mutaxassislikka yaroqliligini va shovqin ta’siri natijalarini aniqlash mumkin. Eshitish qobiliyati audiometr yordamida aniqlanadi. Tekshirilayotgan odam tinch xonada naushniklar orqali berilayotgan toza tondagi ovozning turli tovushlarni eshitadi. Xuddi shu vaqtda priborlar yordamida odam eshitayotgan ovozning minimal tig‘izligi belgilanadi. Bu о‘lchovlar natijalari grafik bilan ifodalanadi va uni audiogramma deb ataladi. Bu audiogramma orqali tekshirilayotgan odamning eshitish qobiliyati normal eshitish qobiliyatiga ega bо‘lgan egri chiziq bilan takqoslanadi.
Shovqin meyorlari belgilaganda ikki usuldan foydalaniladi:
a) shovqinni chegara spektri asosida meyorlash;
b) shovqindan dB tovush darajasi orqali meyorlash.
Doimiy shovqinlar uchun birinchi usul asosiy meyorlash usuli hisoblanadi. Bunda shovqin bosimi darajalari 8 oktava oraliqlarda о‘rta geometrik chastotalari 63, 125, 250, 500, 1000, 2000, 4000, 8000 Gs larda meyorlanadi. Shunday qilib, ish joylaridagi shovqin GOST 12.1.003-76 da berilgan yо‘l qо‘yilish mumkin bо‘lgan darajadan oshib ketmasligi kerak
Shovqinga qarshi muhofaza chora-tadbirlari
Inson organizmiga salbiy ta’sir qiluvchi shovqinlar asosan shahar sharoitida kо‘p uchraydi. Ularning manbasi quyidagilardan iborat:
- shaharda faoliyat kо‘rsatayotgan ishlab chiqarish korxonalarining uskuna va asboblari;
- turli xildagi shahar transport vositalari, temir yо‘l, suv yо‘li transporti va havo yо‘li transport vositalari;
Shahar aholisini shovqindan muhofaza qilish uchun quyidagi chora -tadbirlarni amalga oshirish lozim bо‘ladi.
1. Aholi turar joy maskanlari hududlarini sanoat va omborxonalar mintaqalaridan yashil himoya maydonlari bilan ajratish. Unda umumshahar miqiyosiga ega bо‘lgan istiroxat bog‘lari va xiyobonlarni barpo etish.
2. Shahar hududidan tranzit yо‘llarining о‘tishini ta’qiqlash.
3. Umumiy shahar miqyosidagi kо‘chalar bilan turar joy binolari orasida yashil maydonlarni tashkil etish.
4. Shovqin tarqatuvchi shahar kо‘chalarini chuqurlikdan yoki balandlikdan о‘tkazish hamda kо‘chalar yonidan shovqinni tо‘suvchi turli xildagi tirgak devorlar va landshaft me’morchiligi asosida turli xil kichik me’moriy shakllarni о‘rnatish.
5. Shaharning asosiy kо‘chalari bо‘ylab о‘rnatilgan binolarning kо‘cha tomonidan savdo va maishiy xizmat kо‘rsatish obyektlarini barpo qilish.
6. Shovqin ta’sirini inobatga oluvchi maxsus turar joy binolaridan foydalanish. Chunki bunday binolarning rejaviy yechimida shovqin kelayotgan tomonida san-uzel, ovqatlanish va narsalar qо‘yish xonalari bilan birgaliqda zina poyalar joylashgan bо‘ladi. Shovqinga teskari tomonda esa, umumiy xona va yotoqxonalar joylashtirilgan bо‘ladi.
7. Shahar kо‘chasidan shovqin ta’sirini kamaytirish maqsadida tunnellar, yо‘l о‘tkazgichlar, esdalikalar va metropolitenlar bunyod etiladi.
8. Shaharga keluvchi transport vositalari shovqinidan saqlanish maqsadida shahar atrofida transport vositalarini saqlab turuvchi mashinalar saqlash joylari hamda shahar atrofidan aylanib о‘tuvchi tranzit yо‘llarini tashkil etish.
Texnologik jarayonlarda shovqinni keltirib chiqaruvchi manbalar quyidagilardir, ya’ni mixlarni qalpoqlash yо‘li bilan biriktirish sexlarida, metall qirqish sexlarida, shuningdek ichdan yonar dvigatellarini sinovdan о‘tkazishda. Shovqinni yо‘qotish, shuning bilan birga ishchilarning shovqin kasalliklariga tushmasliklarini ta’minlash birmuncha qiyinchiliklar to’g’diradi. Bunday hollarda ishchilar uchun shaxsiy muhofaza vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Korxonalarda shovqinga qarshi shaxsiy muhofaza aslahalari sifatida vkladish, naushniklar va shlemlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |