-
tarmoqlararo va davlatlararo kapital harakatini (pul oqimini)
ta’minlash (valyuta kurslari va to’lov balansini tartibga solish);
-
moliya bozori barcha sektorlarida moliyaviy xavfsizlik tizimini
shakllantirish.
Xalqaro moliya bozorini tartibga solishning bozor mexanizmi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya bozorini rivojlanishiga qarab, uning
ishtirokchilari faoliyatini ikki xil tartibga solish amaliyoti taraqqiy topgan, ya’ni ular
davlat
va bozor munosabatlariga mos, yoki bozor orqali tartibga solish shakllari
hisoblanadi. Moliya bozorini bozor orqali tartibga solish iqtisodiyotning qiymat va
talab-taklif qonuniga asoslanadi. Moliya bozorida ushbu qonunlarning amal qilishi
raqobat muhitida jahon iqtisodiyoti ehtiyojlariga mos ravishda xalqaro moliyaviy
oqimlarni ta’minlab beradi. Iqtisodiy agentlar alohida moliyaviy vositalar narxining
(kursi yoki foiz stavkasi) o’zgarishi, shakllanishi orqali ularni sotib oluvchilarning
talablarini va ularga bo’lgan taklifni aniqlaydilar. Bunda, xalqaro moliya bozori
o’zini-o’zi tartibga soluvchi tizim sifatida namoyon bo’ladi (4-rasmga qarang).
Iqtisodiyot sektorlaridagi turli bozorlarga o’xshab, moliya bozori ham o’z-
o’zini tartibga solish imkoniyatiga qaramasdan mutlaq barqaror tizim sifatida
namoyon bo’lmaydi, turli sharoitlarda tizimning turli kamchiliklari oshkor bo’ladi.
Moliya bozori ko’plab sub’ektiv omillar, ya’ni siyosiy,
ijtimoiy, informatsion,
madaniy va boshqa omillar ta’sirida har doim ham o’z-o’zini tartibga solish
Kurslar va
baho
R A Q O B A T
Xalqaro moliya bozorining vositalari
Valyutalar va
oltin
Kreditlar va
depozitlar
Qimmatli
qog’ozlar
Sug’urta
xizmatlari
Moliya bozorida taklif
Moliya bozori vositalarining sifati
Moliya bozori vositalarining narxi
Ssuda foizi va
foyda
Dividendlar va
foizlar
Mukofot va
qoplama
Moliya bozorida talab
Moliya vositalarini iste’molchilarining
imkoniyatlari
Xalqaro moliya vositalarini iste’molchilarining orzu-istak, xohish, maqsadlari va ehtiyojlari
Moliya bozori vositalarining narxi
Hosila moliyaviy
vositalar
qobiliyatiga ega emas. Bunday holatda davlat aralashuvi talab etiladi. Jahon tajribasi
ko’rsatishicha, xalqaro moliya bozori rivojlanishining zamonaviy bosqichida ham
monetarizm va keynschilik tamoyillaridan birgalikda foydalanib, jarayonlarni
tartibga solish maqsadga muvofiqdir.
Moliya bozorini davlat va bozor mexanizmi orqali tartibga solish usullarini
quyidagi mantiqiy juftliklarga birlashtirish mumkin:
- iqtisodiy tizim xususiyatiga ko’ra: bevosita (mazkur
bozorning barcha
segmentlariga bir xilda ta’sir etuvchi huqumat, halqaro tashkilotlar tomonidan qabul
qilingan farmon, farmoyish va qatorlar, qonuniy-huquqiy, me’yoriy hujjatlar
qo’rinishida) va bilvosita (xalqaro moliya bozorida iqtisodiy shart-sharoitlar
qanchalik erkin bo’lsa, shunchalik ushbu bozorga bilvosita ta’sir
etish darajasi
kengayib boraveradi, ya’ni iqtisodiy agentlar manfaatiga qaratilgan tartibga solish
usullari bozor qonuniyatlari orqali amalga oshiriladi. Masalan, Markaziy
banklarning ochiq bozor, xorijiy valyutalar bilan bog’liq interventsiya, svop
operatsiyalari, hisob (qayta moliyalash) stavkasini o’zgartirish, majburiy zaxira
me’yorlarini o’zgartirish, REPO va h.k. kabi) usullar;
- bozor turi, ko’lami va uning segmentlariga ko’ra: umumiy (bozorning barcha
segmentlariga birdek ta’sir etuvchi) va maxsus (bozorning alohida bir segmentiga
ta’sir etish uchun qo’llaniladigan) usullar;
- amal qilish muddatiga ko’ra: tarkibiy (o’rta
va uzoq muddatli, strategik
maqsadlarni amalga oshirishga mo’ljallangan) va joriy (bozorga operativ (tezkor)
ta’sir etishga mo’ljallangan, taktik) usullar.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, yuqoridagi barcha usullar moliya bozorida
sinxron tarzda, ya’ni bir-biriga mos holda, o’zaro bir-birini to’ldirib ishlaydi.
Xalqaro moliya bozoridagi investitsiyalar oqimini tartibga solishda xalqaro
moliya tashkilotlari, davlatlararo tashkilotlar hamda
nodavlat institutlari muhim
o’rinni egallashadi. Bunday tashkilotlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
-
BMTning maxsus tashkilotlari (XVF, jahon banki guruhi,
YuNKTAD – BMTning savdo va taraqqiyot bo’yicha konferentsiyasi,
YuNIDO – sanoat rivojlanishi bo’yicha tashkilot, xalqaro savdo palatasi,
xalqaro fond birjalar federatsiyasi);
-
qimmatli qog’ozlar komissiyasi bo’yicha xalqaro tashkilot;
-
moliya bozori ustidan nazorat organlarining xalqaro tashkiloti;
-
kreditorlarning Parij va London klublari;
-
mintaqaviy moliyaviy tashkilotlar.
Xalqaro moliya bozorini tartibga soluvchi usulni joriy davr uchun eng
maqbulini tanlab olish bozor segmenti va iqtisodiy tizim turiga,
iqtisodiyotning
beqarorlik darajasiga bog’liqdir. Bozordagi holatni aniqlash uchun xalqaro
moliyaviy tashkilotlar kundalik moliyaviy monitoring olib borishadi. Hozirda
moliya bozorini tartibga soluvchi u yoki bu usulni qo’llash elektron aloqa vositalari
yordamida o’tkaziladigan monitoring natijalariga bog’liq bo’lmoqda.
Moliyaviy inqiroz davrida moliya bozoriga bo’lgan ishonchni tiklash va
mustahkamligini
oshirish
uchun
uni
tartibga
solish
mexanizmlarining
samaradorligini oshirish zarurati ortib boradi.
Xalqaro moliya bozorini tartibga solish mexanizmlari o’z taraqqiyot yo’lida
uch bosqichni bosib o’tgan:
1) 1867-1944 yillar – xalqaro moliya bozori o’zini-o’zi tartibga solish
rejimida faoliyat yuritgan;
2) 1944-1976 yillar – xalqaro moliya bozori qat’iy
tashqi bevosita tartibga
solish rejimida amal qilgan;
3) 1976 yildan hozirgi vaqtgacha – o’zini-o’zi tartibga solish va tashqi tartibga
solish rejimlari uyg’unligida faoliyat yuritmoqda.