4-mavzu. Xalqaro moliya bozori va uning rivojlanish xususiyatlari


Xalqaro moliya bozorining tarkibiy ko’rinishi



Download 269,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana23.06.2022
Hajmi269,13 Kb.
#696412
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5204246472819741975

Xalqaro moliya bozorining tarkibiy ko’rinishi 
Xalqaro kapital harakatida ssuda kapitali ham ikki xil ko’rinishda: o’rta, uzoq 
muddatli hamda qisqa muddatli xalqaro kapital qo’yilmalar shaklida namoyon 
bo’ladi. Xalqaro kapital harakatida ssuda kapitalini qisqa muddatli tashkillashtirish 
afzal hisoblanadi. Ssuda kapitalini shartlari o’zgaruvchanlikka moyilligi kamligi 
uchun, mamlakatda iqtisodiy muhit o’zgara boshlasa, ushbu kapitalning iqtisodiy 
risk darajasining oshishi, uni qisqa muddatda tashkillashtirishni afzal qilib 
ko’rsatadi. 
Oxirgi o’n yillikda xalqaro kapital harakati tarkibida jiddiy o’zgarish yuz 
berdi. To’g’ridan – to’g’ri investitsiyalar miqdori o’sdi, undanda jadalroq sur’atda 
portfel investitsiyalar miqdori o’sdi. Kapitalni ssuda shaklida chiqarish miqdori 
2004 yildan boshlab portfel investitsiyalar hajmidan ortib ketdi. 2008 yilda sodir 
bo’lgan inqirozning salbiy ta’siridan ko’proq xalqaro ssuda kapitallar bozori (boshqa 
investitsiyalar) aziyat chekdi. Jahonda to’g’ridan-to’g’ri va portfel investitsiyalardan 
ko’ra, ssuda kapitali miqdorining ko’payishiga asosiy sabab xalqaro moliya bozorda 
arzon kreditlarga asoslanuvchi transmilliy jarayonlarning bo’lishidir. 
Mamlakatdan chetga chiqarilgan kapitallar xalqaro moliya bozori orqali 
dunyoning qolgan mamlakatlariga qayta taqsimlalandi. Xalqaro moliya bozori 
xalqaro kapitallarga bo’lgan talab va taklif shakllanadigan, baho beriladigan, jahon 
iqtisodiyotning moliya sektorida xalqaro moliyaviy aktivlar oldi-sotdi qilinadigan 
sohadir.
Xalqaro moliya bozori xalqaro valyuta, kredit (depozit), investitsiya, qimmatli 
qog’ozlar, sug’urta, oltin va hosila moliyaviy vositalar kabi segmentlaridan tashkil 
topadi (11.2-rasmga qarang).
Hosila moliyaviy 
vositalar bozori 
Xalqaro moliya bozori 
Valyuta bozori 
Oltin bozori 
Sug’urta bozori 
Investitsiya bozori 
Kredit (depozit) bozori 
Qimmatli qog’ozlar 
bozori 


Xalqaro moliya bozori orqali mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish 
bilvosita 
(kredit 
(depozit) 
bozori) 
va 
bevosita 
(qimmatli 
qog’ozlar) 
moliyalashtirilishi mumkin.
Xalqaro moliyaviy aktivlar o’zida quyidagi xususiyatlarni jamlaydi: 
1.
Mehnat natijalarini o’zida mujassamlashtirgan holda 
mustahkamlik, ishonchlilik xususiyati. Moliyaviy aktivlarning ishonchli 
bo’lishiga tovarlar iste’moli, ayirboshlash va ishlab chiqarishning barcha 
jarayonlari hamda vaqt omili sabab bo’lgan. 
2.
Likvidlilik. Moliyaviy aktivlarning bu xususiyati ularni 
istalgan vaqtda, tezda boshqa tovarlarga ayirboshlash xususiyatini 
ko’rsatadi.
3.
Harakatchanlik. 
Zamonaviy 
iqtisodiyotda 
aynan 
moliyaviy aktivlar jahonning qaysi bir joyida samarali foydalanish 
imkoniyati paydo bo’lsa, shu erga tezda etib borish xususiyatiga ega.
4.
Universallik. 
Hozirgi 
davrda 
barcha 
iqtisodiy 
munosabatlar moliyaviy munosabatlar bilan birga bo’lmoqda.
5.
Real aktivlar taqsimlanmagan holda moliyaviy aktivlarni 
bo’linish xususiyati. Ularning bunday xususiyati investitsiyalarni tashkil 
etishda nafaqat yirik investorlarni, balki kichik investorlar mablag’larini 
ham jalb etish imkonini yaratadi, vaqt omilini tejaydi, investitsiyalar 
aylanish tezligini oshiradi, kapitalning daromadligini ko’paytiradi. 
Kichik investorlar uchun investitsion portfellarini diversifikatsiyalash va 
o’z daromadlarini ko’paytirish imkonini beradi.
6.
Qimmatli qog’ozlarning tovarga o’xshash xususiyati. 
Qimmatli qog’ozlarni oldi – sotdisidan keyin u iste’mol qilinmaydi
qimmatli qog’ozlar so’ndirilmaguncha muomaladan chiqmaydi. 
Qimmatli qog’oz egasi ixtiyoriy vaqtda ularni bozorga olib kelib sotishi 
mumkin.
Bir mamlakat moliya bozoridagi salbiy va ijobiy o’zgarishlarni boshqa bir 
mamlakat moliya bozoriga ta’siri moliya bozorining globallashuv darajasiga bog’liq 
bo’lib, bu jarayon milliy fond bozorini xalqaro fond bozoriga integratsiyasini 
ta’minlovchi vositalar orqali amalga oshiriladi va ularning nechog’lik 
rivojlanganligini o’zida namoyon etadi. Milliy fond bozorini xalqaro fond bozoriga 
integratsiyasini ta’minlovchi vositalar bu xalqaro qimmatli qog’ozlar hisoblanadi.
Xalqaro qimmatli qog’ozlar erkin konvertatsiya qilinadigan valyutalarda 
nominal narxi o’rnatiladigan, xalqaro fond bozori qoidalari asosida xalqaro 
anderrayterlar orqali ushbu bozorga joylashtiriladigan qimmatli qog’ozlar 
hisoblanadi. Xalqaro qimmatli qog’ozlarning quyidagi asosiy shakllari mavjud. 
Agar xalqaro qimmatli qog’ozlar bir mamlakat ichidagi ikkilamchi qimmatli 
qog’ozlar bozorida turli investorlar orasida muomalada bo’lsa, bir vaqtning o’zida 
ular mamlakat ichidagi kapitalni qayta taqsimlash vositasiga aylanishi mumkin, 
shuningdek, xalqaro qimmatli qog’ozlarni birlamchi joylashtirish mamlakatlar 
o’rtasidagi kapitalni qayta taqsimlash xususiyatiga ham ega bo’ladi.



Download 269,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish