7.
Moliya bozori ishtirokchilarining ixtiyoriy qo’shilishi yoki
yirik ishtirokchilar tomonidan o’z tarkibiga olinishi jarayonlari
kuchaymoqda, bu esa, o’z navbatida,
moliya bozorining barcha
sektorlarida operatsiyalarni amalga oshirish imkoniga ega bo’lgan
universal moliyaviy xoldinglarning yuza kelishiga sabab bo’lmoqda;
8.
Moliya bozoridagi operatsiyalar riskini kuchayishiga
sabab bo’luvchi derivativlar bilan bitimlar hajmi o’sish tendentsiyasiga
ega;
9.
AQSh dollari mavqeining tushishi va qadrsizlanishi, bu,
o’z navbatida, xalqaro moliya bozoridagi muvozanatning buzilishiga,
zamonaviy moliya bozorining inqirozdan keyingi rivojlanishiga shart-
sharoitlar yaratishga xizmat qilishi mumkin.
Xalqaro kapital harakatining zamonaviy holati bilan bog’liq quyidagi
tendentsiyalar jahon iqtisodiyoti amaliyotda kuzatilmoqda:
1.
Jahondagi kapitalni eksporti va importida rivojlangan
mamlakatlar etakchilik qilmoqda.
2.
Xalqaro tadbirkorlik kapitali harakati tarkibida portfel
investitsiyalar tomonga siljish tendentsiyasi mavjud.
Xalqaro portfel
investitsiyalar hajmining oshib borishi bugungi kun jahon moliyaviy iqtisodiy
inqirozining kelib chiqishiga asosiy sabablardan bo’lmish “moliyaviy
ko’pik”larning paydo bo’lishiga zamin yaratgan.
3.
Xalqaro kreditlar va depozitlarning jahon investitsiyalari
tarkibidagi ulushi jahon moliyaviy inqirozidan keyingi davrda kamayib
bormoqda.
4.
Jahon
kapital
eksportidagi
Xitoyning
ulushi
o’sish
tendentsiyasiga ega bo’lgan bir sharoitda, kapital importida AQShning ulushi
kamayish tendentsiyasiga ega bo’lmoqda. Shunga qaramay jahon kapital
importida AQShning ulushi hali-hamon saqlanib qolmoqda.
5.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda chet el investitsiyalarini
joylashtirishning asosiy sohasi bank – moliya sektori,
xizmatlar sohasi
(buning ichida axborot telekommunikatsiya sohasi eng etakchidir),
farmatsevtika, biotexnologiya, elektron sanoat, ilmiy va texnologik
mashinalar ishlab chiqarish bo’lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda
avvalgidek to’g’ridan – to’g’ri chet el investitsiyalar neft – gaz qazib
chiqarishga, mashinasozlikning alohida sektorlariga, agrosanoat kompleksiga
jalb etilmoqda;
6.
Tadbirkorlik kapitali migratsiyasida
sanoati rivojlangan
mamlakatlar orasida ayniqsa “Uchlik” (AQSh, G’arbiy Evropa, Yaponiya)
mamlakatlari asosiy salmoqqa ega;
7.
Jahon chet el investitsiyalari bozorida asosiy sub’ekt sifatida
TMKlarning roli oshmoqda;
Xalqaro fond bozori rivojlanishining asosiy tendentsiyalari quyidagilarda o’z
aksini topmoqda:
1.
fond bozorining tobora kengayib va chuqurlashib borishi;
2.
xalqaro fond aktivlari bilan hosila moliyaviy vositalar savdosining
o’sishi;
3.
jahonning
etakchi
moliyaviy
markazlarida
bozorning
kontsentratsiyasi;
4.
bozorning yangi vositalarni yaratishi;
5.
bozorning kompyuterlashuvi;
6.
xalqaro fond bozorida rivojlanayotgan mamlakatlar qimmatli
qog’ozlarining ahamiyatini ortishi.
Bundan tashqari, global moliyaviy inqiroz sharoitida fond bozorlarida
quyidagi tendentsiyalar yuzaga keldi:
-
xalqaro fond bozorida
kapitalni jalb etishning va
operatsiyalarning asosini tashkil etgan holda, xalqaro qarz qimmatli
qog’ozlari va xalqaro aktsiyalar bozorining oxirgi o’n yillikdagi
hajmi olti barobardan ko’proqqa oshgan, 2008 yil inqiroz davrida
ularning o’sishi sekinlashgan, xalqaro aktsiyalar bozorining hajmi
asosan rivojlanayotgan mamlakatlar hisobiga qisqargan bo’lsada,
hozirda ularning hajmi yana o’sish tendentsiyasiga ega bo’lmoqda.
etakchilik qilmoqda;
-
xalqaro qarz qimmatli qog’ozlar va aktsiyalar bozorida
rivojlangan mamlakatlar, xalqaro qarz qimmatli qog’ozlar bozorida
moliyaviy institutlarning etakchiligi saqlanib qolmoqda.
-
rivojlanayotgan mamlakatlar fond bozorining iqtisodiyot
tarmoqlari bo’yicha diversifikatsiyalashuv darajasini kichikligi
inqiroz davrida uning barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatgan;
-
moliyaviy inqiroz sharoitida jahonning rivojlangan
mamlakatlari fond birjalarida aktsiyalar
bozori kapitallashuvining
YaIMga nisbatan salmog’i keskin pasaygan. Jahon mamlakatlari
YaIMga nisbatan aktsiyalar bozori kapitallashuvi inqiroz davrida
55%ni, oxirgi besh yillikda rivojlangan mamlakatlarda qarz
munosabatini ifodalovchi qimmatli qog’ozlar YaIMga nisbatan
kamida 100%ni tashkil etishi kuzatilgan;
-
rivojlanayotgan mamlakatlar fond birjalarida jahon
moliyaviy – iqtisodiy inqirozi sharoitida aktsiyalar va obligatsiyalar
bo’yicha savdolar hajmi kamaygan.
Do'stlaringiz bilan baham: