4-mavzu. Xalqaro moliya bozori va uning rivojlanish xususiyatlari


Mamlakat moliya bozori kontseptsiyasi va xalqaro kapital harakatining



Download 269,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana23.06.2022
Hajmi269,13 Kb.
#696412
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5204246472819741975

 
Mamlakat moliya bozori kontseptsiyasi va xalqaro kapital harakatining 
asosiy shakllari 
Xususiy kapital - xususiy yuridik shaxslar (firma, korxona, tashkilot, banklar 
va boshqalar)ning mablag’larini ularning boshqaruv organlarining qarorlari asosida 
chet ellarda joylashtirishdir.
Jahon kapital eksportida xususiy kapital etakchi bo’lib, o’z navbatida davlat 
kapitali, xalqaro tashkilotlarning kapitali keyingi o’rinlarda turadi. Odatda davlat va 
Portfel 
investitsiyalar 
Qisqa muddatli
To’g’ridan-to’g’ri 
investitsiyalar 
O’rta va uzoq 
muddatli 
Хususiy kapital 
Rasmiy kapital 
Tadbirkorlik kapitali 
Ssuda kapitali 
Moliya bozorida investitsion strategiyani tanlash 
Moliya bozori kontseptsiyasi 


xalqaro tashkilotlar chetga kapitalni ssuda shaklida, kredit va qarz ko’rinishida 
hamda moddiy yordam ko’rinishida chiqaradi. Rasmiy va xususiy kapital xalqaro 
kapitalning ikki xil: tadbirkorlik va ssuda kapitali shaklida namoyon bo’ladi. 
Xalqaro tadbirkorlik kapitali tadbirkorlik foydasini olish uchun chet elda 
bevosita va bilvosita mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qo’yilgan mablag’lar 
hisoblanadi.
Xalqaro ssuda kapitali esa muddatlilik, qaytarishlilik, to’lovlilik shartlari 
asosida, foiz ko’rinishida daromad olishni ta’minlovchi, bir mamlakatdan ikkinchi 
mamlakatga chiqarilgan kapitalga aytiladi. Xalqaro ssuda kapitali chet el 
valyutasidagi depozitlar yoki chet elga bank depozitlari va boshqa qo’yilmalar, 
shuningdek kredit va qarzlar ko’rinishida bo’lishi mumkin. Statistikada ssuda 
kapitali ko’rinishidagi investitsiyalarni “boshqa investitsiyalar” sifatida aks etadi.
Tashqi kreditlar va depozitlarning hajmi bo’yicha rivojlangan mamlakatlar 
etakchilik qilib kelmoqda. Oxirgi o’n yillikda ularning hajmi uch barobardan 
ko’proqqa oshgan. Bunday kapitalning ¾ qismi banklar orqali xalqaro harakatga 
keladi. Xalqaro ssuda kapital harakatining asosiy elementlaridan yana biri xalqaro 
sindikatlashgan kreditlar
 
hisoblanib, ularng rivojlanishi tendentsiyasi xalqaro kredit 
va depozitlar bilan bir xil bo’lmoqda va jami xalqaro ssuda kapitali harakatidagi 
ulushi atigi 2%ni tashkil etmoqda. 
 
Rasmiy kapitalni xalqaro miqyosda ssuda kapitali tarzida tashkillashtirishning 
mamlakat iqtisodiyoti uchun afzallik taraflari kattadir. Ssuda kapitalining afzalligi 
foyda me’yori va qaytarilishida iqtisodiy risk darajasi kamligidir.
Xalqaro xususiy kapitalning tadbirkorlik kapitali sifatida qo’yishning afzalligi 
uni yuqori darajada foyda olishni ta’minlashida va foyda olish maqsadida 
tadbirkorlik kapitali mablag’lari elastikligi yuqoriligida namoyon bo’ladi. 
Tadbirkorlik kapitali investorga o’z mulkidan to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar va 
portfel investitsiyalar shaklida foyda olishni ta’minlaydi. Tadbirkorlik kapitali o’z 
navbatida to’rt xil: to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar, portfel investitsiyalar, o’rta, 
uzoq muddatli hamda qisqa muddatli xalqaro kapital qo’yilmalar shaklida namoyon 
bo’ladi. 
To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar – mamlakatga uzoq muddatli 
iqtisodiy foydani ko’zlab qo’yilgan kapital bo’lib, u investorga kapital 
joylashtirilgan ob’ekt ustidan nazorat olib borishni ta’minlaydi. Bu odatda 
korxonaning 10 foizdan kam bo’lmagan aktsiyasi yoki ulushiga ega bo’lishni talab 
etadi.
Xalqaro portfel investitsiyalar – chet el qimmatli qog’ozlari (qarz 
majburiyatini va ulush munosabatini ifodalovchi qimmatli qog’ozlar va 
boshqalar)ga qo’yilgan kapital bo’lib, u investorga kapital joylashtirilgan ob’ekt 
ustidan real nazorat olib borish huquqini bermaydi. Odatda amaliyotda bunday 
investitsiyalar aktsiya, obligatsiya, veksel va boshqa qarz majburiyatini ifodalovchi 
qimmatli qog’ozlarning kichik paketi, shuningdek ba’zan portfel investitsiyalardan 
alohida shakl kasb etuvchi qimmatli qog’ozlarning hosilalari ko’rinishida bo’lishi 
mumkin.
O’rta va uzoq muddatli xalqaro kapital qo’yilmalar – 1 yildan ko’p muddatga, 
qisqa muddatlilari esa 1 yilgacha bo’lgan kapital qo’yilmalarga aytiladi.


Xalqaro portfel investitsiyalar qisqa muddatli yuqori foyda olishni maqsad 
qiladi. Bunda investorning qimmatli qog’ozlar portfeli shakllantiriladi va investor 
uni boshqarish ya’ni portfelning foydasini maksimallashtirish hamda ushbu 
portfelning risk darajasini kamaytirish orqali o’ziga maksimal foydani ta’minlaydi.

Download 269,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish