13-mavzu. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati va tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish reja



Download 56,24 Kb.
bet1/4
Sana30.12.2021
Hajmi56,24 Kb.
#93013
  1   2   3   4
Bog'liq
13-мавзу маъруза матн


13-MAVZU. DAVLATNING TASHQI IQTISODIY

SIYOSATI VA TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI

TARTIBGA SOLISH

Reja

13.1. Daviat tashqi iqtisodiy siyosatining mohiyati va zaruriyati

13.2. Davlat tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy yo'nalishlari va tarkibiy qismlari

13.3. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning bilvosita va bevosita usullari
Tayanch so’z va iboralar: tashqi iqtisodiy aloqalar, tashqi iqtisodiy siyosat, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, tashqi savdo siyosati, kapital migratsiyasi siyosati, ishchi kuchi migratsiyasi siyosati, valuta siyosati, eksport, import, tartibga solishning ma'muriy va iqtisodiy usullari, bojxona tariflari, eksport va import kvotasi, litsenziyalash va standartlashtirish.
13.1. Daviat tashqi iqtisodiy siyosatining mohiyati va

zaruriyati

Dunyo mamlakatlarining jadallik bilan rivojlanib borayot-ganligi, ular o'rtasida ishlab chiqarish aloqalarining baynal-minallashuvi va globallashuvi hamda iqtisodiy aloqalarning kuchayishi, har bir davlatdan tashqi omillardan oqilona va samarali foydalanish, milliy iqtisodiyotni tashqi ta'sirlardan himoyalashga qaratilgan tashqi iqtisodiy siyosat yuritishni talab etadi. Shu bilan birga, mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtiso-diyoti bilan ichki bozorning tashqi bozorlar bilan o'zaro ham-korligi uchun sifat jihatidan yangi negizlarini shakllantiradigan tub bozor o'zgarishlarini amalga oshirish obyektiv ravishda tashqi iqtisodiy omillarni kuchaytirishni taqozo etadi.

Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati — xalqaro munosabat-larda milliy manfaatlarni ta'minlash borasidagi daviat faoliya-tining yo'nalishi va sohasi, shuningdek, tegishli maqsad va vazifalarni amalga oshirishdagi aniq chora-tadbirlar yig'in-disidir. Tashqi iqtisodiy siyosatning mohiyati uning daviat va xalqning suverenitetini ta'minlashdan iborat bo'lgan, milliy manfaatlarni himoya qilish bo'yicha mexanizmining butun sa'y-harakati ijtimoiy-iqtisodiy integratsion jarayonlarda mil­liy, mintaqaviy va global xavfsizlikni ta'minlashda o'z ifodasini topadi.

Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati negizida tashqi iqti­sodiy aloqalarni tartibga solish va ishlab chiqarish omillarining xalqaro taqsimianishida mamlakat ishtirokini maqbullashtirish tartibini belgilashga doir bir maqsadga yo'naltirilgan faoliyatlar yotadi.

Tashqi iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismlari bo lib tashqi savdo siyosati, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va xorijdagi milliy kapital qo'yilmalarni tartibga solish borasidagi siyosat, valuta siyosatilari hisoblanadi Bundan tashqari mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash bilan bog'liq bo'lgan alohida davlatlar va mintaqalar bilan tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirish ko'rinishlari ham mavjud.

Tashqi iqtisodiy siyosat tashqi iqtisodiy faoliyatni ham tar­tibga soladi. Ko'plab davlatlarda mavjud bo'lgan tashqi iqtiso­diy siyosat vositalarining keng doirasi ularga o'z tashqi iqtiso­diy aloqalari tarkibini va ularni rivojlantirish yo'nalishlarini shakllantirishga ham, boshqa mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari va tashqi iqtisodiy siyosatiga ham faol ta'sir etish imkonini beradi. Tashqi iqtisodiy siyosat vositalarini savdo-siyosiy mexanizm sifatida ta'riflash mumkin.

Tashqi iqtisodiy siyosatni shakllantirish uchun uning asosiy tamoyillarini aniq va ravshan belgilash lozim. Unda tashqi iq­tisodiy faoliyat qatnashchilarining xatti-harakatlarini iqtisodiy-huquqiy tartibga solishga asosiy o'rin ajratilgan bo'lib, umummilliy manfaatlarga mos kelishi lozim.

Davlatlarning tashqi iqtisodiy siyosatni normativ tartibga solish negizida milliy hamda xalqaro huquq me'yorlari yotadi.

Biroq, davlatning tashqi iqtisodiy siyosat sohasidagi muno-sabatlarini tartibga solishda milliy xuquqiy mexanizmlarning ham ahamiyati katta. Bunday mexanizmlar hozirgi kunda davlatning xalqaro maydondagi strategik faoliyatini belgilashda muhim rol o'ynab kelmoqda.

O'zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlari va uni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar sifatida mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida uning o'z oldiga qo'ygan vazifalari mavjud bo'lib, davlatning iqtisodiy siyosati bu vazifalarni bajarilisbiga qaratilmog'i kerak.

Mamlakat iqtisodiy rivojlanishining har bir bosqichida davlat tashqi iqtisodiy siyosatining maqsadlari shu davrning o'ziga xos xususiyatlariga mos kelishi kerak. Ular orasida eng muhimlari quyidagilar:

- eksportni rivojlantirish va uning tarkibiy tuzilishini yaxshilash;

- importning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, ya'ni uni milliy ishlab chiqarishni zamonayiylashtirish va kengaytirishga qaratish;

-ishlab chiqaruvchi kuchlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish uchun chet el investitsiyalarini jalb etish;

- mamlkatning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash, ya'ni ma'lum darajada tashqi iqtisodiy faoliyatda eksport-import operatsiyalari, valutani olib chiqish, boshqa xalqaro bitimlar ustidan davlat nazoratini o'rnatish.

Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati aniq belgilangan maq-sadlar va ularni amalga oshirishga qaratilgan asosiy tadbirlarni o'z ichiga oladi.

Birinchidan, respublika milliy iqtisodiyotining kuchli eks-port bo'g'inini tashkil etuvchi va uni jahon bozorida munosib o'ringa ega bo'lishini ta'minlovchi sohalarini aniqlash.

Ikkinchidan, iqtisodiyotning eksport bo'g'inida davlat tomonidan qo'llab-quwatlash usullaridan keng foydalanish. Bu usullar quyidagilardan iborat:

- eksportga yo'naltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli foizlar bo'yicha uzoq muddatli kreditlar ajratish;

- milliy investitsiyalarni sug'urtalash;

- eksport qiluvchilarga milliy ishlab chiqarish va uning xorijiy raqobatchilari ishlab chiqarishi xarajatlari o'rtasidagi farqni qoplash;

- „ davlat tomonidan respublikaga ilg'or texnologiyalar, tajribalar, bilimlarni kirib kelishiga subsidiyalar ajratish;

- eksport va imported litsenziyalash yoki chetga mol chiqarishga va chetdan uni olib kelishga ruxsatnomalar berish;

-ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi, xorijdan keltiriladigan xomashyo va materiallar, asbob-uskunalar va jihozlar ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish va boshqalar.

Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy siyosat milliy valutani mustahkamlash va uni boshqa valutalarga erkin almashuvini ta'minlashni, ichki narxlarni jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish maqsadida baholar islohotini tugallashni, tashqi iqtisodiy faoliyatning me'yoriy va huquqiy asoslarini xalqaro talablar darajasiga yetkazishni nazarda tutadi.


Download 56,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish