3-mavzu. Jahon xo’jaligida xorijiy investitsiyalarning ahamiyati
Mahsulotning hayotiylik tsikli nazariyasi. Raqobatbardoshlik nazariyasi. Elektrik paradigma. “Uchayotgan g’ozlar” nazariyasi. Investitsion rivojlanish yo’li nazariyasi. Xalqaro birlashish va qo’shib olishlar. Tarkibiy siyosat. Tarkibiy islohotlar. Iqtisodiyotning tarmoq tarkibi. Iqtisodiyotning texnologik tarkibi. Iqtisodiyotning mintaqaviy tarkibi. Iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy tarkibi. Kapitalning kontsentratsiyalashuvi, kooperatsiyalashuvi va markazlashuvini aks ettiruvchi iqtisodiyot tarkibi.
Asosiy tushunchalar: keynschilik, monetarizm, raqobat nazariyasi, klassik va neoklassik nazariyalar.
Kapitalning milliy chegaralararo harakati masalalari iqtisodiyot fanining turli maktab va yo’nalishlari vakillarini doimo qiziqtirib kelgan. Kapitalning xalqaro harakati nazariyasi shakllanishiga neoklassik, neokeyns yo’nalishlarikatta hissa qo’shib, ularning tadqiqotlari xalqaro kapital harakatiga ta’sir etuvchi omillar va vazifalariga alohida e’tibor qaratgan. Keyinchalik xalqaro kapital harakati nazariyasi tahlil etuvchi muammolar doirasi kengayib, uning turli jihatlarini qamrab oldi.
Kapital harakati muammolarini o’rganishga neoklassik nazariya vakillari asos solgan. Jumladan, bu oqim vakili J.S.Mill xalqaro savdoda qiyosiy ustunliklar tamoyiliga asoslangan holda mamlakatlararo kapitallar harakati masalalarini o’rgana boshladi. Uning fikriga ko’ra, kapital mamlakatlararo foyda me’yoridagi farq sababli harakat qiladi, odatda kapitalga boy mamlakatlarda u pasayish tendentsiyasiga ega bo’ladi. Bu farq salmoqli bo’lib, xorijiy mamlakatda mavjud bo’lgan riskni qoplasagina kapital tashqariga chiqariladi.
Marjinalizm asoschilari K.Menger, U.Jevons va Ye.Bem-Baverk ishlab chiqarish omillari xalqaro iqtisodiy munosabatlarda mamlakat ichidagiga nisbatan mobilь emas deb ta’kidlaganlar.
XIX oxiri va XX boshlaridagi ingliz iqtisodchilari J.A.Gobson va J.Keyns, J.-B.Seyning ishlab chiqarish omillari kontseptsiyasini xalqaro iqtisodiy munosabatlarga ko’chirdilar. Jumladan, J.Keyns xalqaro savdo va ishlab chiqarish omillarining harakati o’zaro muqobil ekanligi haqida fikrni, ya’ni ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo’lganda ishlab chiqarish omillari migratsiyasi xalqaro savdoning o’rnini bosishi haqidagi fikrlarni ilgari surgan.
XX kapitallarning xalqaro harakati bo’yicha neoklassik nazariyani E. Xeksher va B. Olin, R. Nurkse va K. Iversen rivojlantirdilar.
B.Olin fikriga ko’ra, kapital foiz stavkasi bilan belgilanuvchi chekli samaradorlik yuqori bo’lgan mamlakat tomon harakat qiladi. Bundan tashqari kapitalning xalqaro harakatiga bojxona to’siqlari (tovar importini cheklash mamlakat iqtisodiyotiga kapital kiritishni qo’llab-quvvatlaydi), firmalarning kapital quyilmalari geografiyasini diversifikatsiyalashga intilishi, mamlakatlar o’rtasida siyosiy kelishmovchiliklar, xorijiy investitsiyalar risklari kabi omillar ta’sir ko’rsatadi.
R. Nurkse tovarlar eksporti hajmi tez o’sayotgan mamlakatlarda kapitalga talab ham tez o’sib boradi va mamlakat uning importini kengaytirishini isbotlab bergan. K. Iversen neoklassik nazariyani bir qancha yangi qoidalar bilan to’ldirdi, jumladan, xalqaro kapitalning real va barqarorlashtiruvchi, ya’ni, to’lov balansini tartibga solish uchun zarur turlarini ajratgan. U, shuningdek, kapitalning turli shakllari turlicha chekli xalqaro mobillikka ega bo’lib, bitta mamlakat ham faol kapital chiqaruvchi, ham kapitalqabul qiluvchi bo’lishi mumkinligini isbotlab berdi.
Yangi keyns yo’nalishi doirasida kapital harakati turli mamlakatning to’lov balansidagi nomuvozanat mavjudligi natijasida yuz berishini ta’kidlab o’tishgan. Ya’ni, mamlakatdan kapital tovarlar va xizmatlar eksporti uning importidan katta bo’lgan holda yuz berishini aytib, bunday holda davlat aralashuvi zarur bo’ladi. Bu fikrni to’ldirgan holda R.F.Xarrord o’zining “iqtisodiy dinamika” modelida kapitalga boy mamlakat iqtisodiy rivojlanish sur’atlari qanchalik past bo’lsa, undan kapital chiqib ketish tendentsiyasi shunchalik kuchli buladi.
XX asrning o’rtalarida keyns nazariyasi ta’siri ostida tizimli transformatsiya nazariyalari shakllandi. Ular kam rivojlangan mamlakatlarda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishni ko’zda tutadi.
Iqtisodiyotning tashqi aloqalarga yo’nalgan holda rivojlanishi modeli alohida ahamiyatga ega. Bunda xorijiy ko’p millatli kompaniyalarning xususiy investitsiyalari rivojlanayotgan mamlakatlar uchun “tashqi turtki” bo’lib, ularning kambag’allikdan qutilishi uchun yagona yo’ldir.
“Tashqi turtki” mexanizmi mazmunini quyidagicha ifodalash mumkin: kam rivojlangan mamlakatlarga ishlab chiqarish omillarining uch turidan kapital yetishmovchiligi xosdir, bu esa kapital va mehnat resurslarining to’liq ishlatilmasligiga sabab bo’ladi. Ishlab chiqarish samaradorligi past bo’lgan holatda aholining asosiy ehtiyojlarini tuyintirishgagina yetadi. Bunday holatda iste’molni miqdor va sifat jihatidan yaxshilash (iste’mol diversifikatsiyasi), shuningdek, investitsiya uchun yo’naltiriluvchi jamg’armalar deyarli nolga teng bo’lib, jamg’armalarning ichki manbalariga asoslanish muvaffaqiyatli bo’lmaydi. SHu sababli rivojlangan mamlakatlar tomonidan tashqi turtki zarur. Rivojlangan mamlakatlargauchinchi dunyodan keluvchi xom ashyo va oziq-ovqat mahsulotlari zarur, shu sababli ular ushbu tovarlar ishlab chiqarishini va, bunga bog’liq holda ushbu tovarlarning eksportini kengaytirishga harakat qiladi. SHunday qilib, tashqi turtki avvalo eksport bilan bog’liq tarmoqlarga beriladi, lekin bundan keyin savdosi zanjirli reaktsiya yuz beradi.
Tashqi turtki eksport tarmoqlarida bandlikni oshiradi, mehnat resurslaridan samaraliroq foydalanish imkoniyatini yaratadi, bu esa o’z navbatida aholi va davlatning daromadlari oshib borishi hamda investitsiyalar uchun qo’shimcha qiymat yaratilishiga olib keladi. Yangi investitsiyalar mehnat unumdorligi ortishi va undan keyingi bosqichda yana daromadlar ortishiga olib keladi. Bunday tashqi turtkining yakuniy natijasi umumiy iqtisodiy yuksalish bo’ladi.
Ko’pchilik iqtisodchilar “uchinchi dunyo” mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishi uchun tashqi turtki yordamida jadal o’sish ta’minlanganidan so’ng ma’lum shart sharoitlarda iqtisodiy o’sish avtomat tarzda yuz beradi, deb hisoblaydilar, bunda iqtisodiy o’sish milliy daromadning 10-12% miqdorida ishlab chiqarishga kiritiluvchi kapital yordamida ta’minlab turiladi.
Kapital transmilliylashuvi nazariyalari. Kapitalning xalqaro harakati doirasidagi tadqiqotlarning yo’nalishlaridan biri bo’lib transmilliy kompaniyalar faoliyatining baynalminallashuvi sabablari va mexanizmlarini o’rganishdan iboratdir. Ushbu tadqiqotlar natijasida xalqaro tovar ishlab chiqarish tsikli paradigmasi, monopolistik raqobat nazariyasi, “uchar g’ozlar” paradigmalari yaratildi.
Xalqaro tovar ishlab chiqarish tsikli, yoki tovarning hayotiyligi tsikli nazariyasi.Mahsulotning hayotiylik tsikli nazariyasi frantsuz olimi R.Vernon tomonidan 1966 yilda ishlab chiqilgan. U kapitalni chetga chiqarishni mahsulotning hayotiylik tsikli qonuniyatlari bilan bog’laydi. Mahsulotning hayotiylik tsikli nazariyasi frantsuz olimi R.Vernon tomonidan 1966 yilda ishlab chiqilgan. U kapitalni chetga chiqarishni mahsulotning hayotiylik tsikli kqonuniyatlari bilan bog’laydi. Mahsulotning bozordagi hayoti bir nechta bosqichlardan o’tadi:
1)mahsulot bozorga olib kiriladi;
2)mahsulotni sotish hajmining ortishi va sifat ko’rsatkichlaring yaxshilanishi;
3) mahsulot ommaviy tarzda ishlab chiqariladi;
4) bozor mahsulotga to’yinadi va sotish hajmi pasayadi. SHunda mahsulot ishlab chiqarish to’xtatiladi.
Mahsulotni eksport qilish va ishlab chiqarishni xorijga ko’chirish ehtiyoji uchinchi va turtinchi bosqichlar oralig’ida vujudga keladi. Agar tovar va kapital muvaffaqiyatli eksport qilinsa, firma mahsulotning hayotiylik tsiklini qulay tarzda uzaytirish imkonini qo’lga kiritadi. Bu davrda yuqori, barqaror mahsuldorlik ta’minlanadi va daromadlilik oshadi. Mahsulotning raqobatbardoshligi hayotiylik tsiklining yetuklik bosqichida ortadi va ushbu bosqichda jahon bozorida mustahkam o’rin egallaydi. SHu bilan bir vaqtda tashqi iktisodiy ekspansiyaga ehtiyoj zaruriyatga aylanadi. Ushbu holat mahsulotning monopolistik raqobat afzalliklarining boshqa mamlakatda «gullab-yashnashi» uchun imkoniyat yaratib beradi.
Raqobatbardoshlik nazariyasi 1990 yilda M.Porter tomonidan ishlab chiqilgan. Jahon tajribasining ko’rsatishicha, taxminan 20 yillar muqaddam mamlakatlar va mintaqalarning raqobatbardoshligi to’g’risidagi masala umuman kun tartibiga qo’yilmas edi, bunga sabab dunyoning yuqori darajada rivojlangan mamlaktlarining rivojlanayotgan mamlakatlardan ustunligi hech bir shubha tug’dirmagan. Xitoy, Braziliya, Meksika va Hindiston kabi yirik mamlakatlarning jahon bozorini faol tarzda egallashi, «yangi industrial mamlakatlar» degan nom ostida butun bir guruhning, shuningdek, bir qator sobiq sotsialistik mamlakatlarning jahon maydoniga kirib kelishi bilan bog’liq ravishda hammasi tubdan o’zgardi.
Yangi raqobat ustunliklariga ega yangi mamlakatlarning jahon xo’jaligiga kirib borishi, G’arb mamlakatlarida ishlab chiqarishning transmilliylashish jarayoni bu mamlakatlarda mutaxassislarni raqobatbardoshlik masalalari bilan shug’ullanishga majbur etdi. Jahon iqtisodiyotidagi kuchli o’zgarishlar G’arbiy Yevropaning kichikroq yuqori rivojlangan va o’rtacha rivojlangan mamlakatlariga, ayniqsa, kuchli ta’sir ko’rsatdi, ular o’zining ochiqlik darajasiga bog’liq holda ilmiy paradigmalarini almashtirish zaruriyatini his etdilar. Garchi bugungi kunda ko’plab raqobatbardoshlik nazariyalari butun dunyoda barcha turdagitipdagi davlatlarga nisbatan qo’llansa-da, o’zining dastlabki ko’rinishida u birinchi navbatda, rivojlangan mamlaktlar uchun mo’ljallangan edi.
Milliy darajadagi raqobatbardoshlik, M.Porterning ta’kidlashicha, bu mehnat unumdorligini muntazam ixtirolar yaratish jarayonlari va innovatsiyalarni joriy etish orqali raqobatchilarga nisbatan doimiy ravishda yuqori saqlab turishdir1.
M.Porter raqobatbardoshlikning to’rtta asosiy bosqichini ajratadi:
1) ishlab chiqarish omillari bosqichi, bunda mamlakat tabiat resurslari yoki arzon inson resurslariga tayanadi (xom ashyo iqtisodiyoti);
2) investitsiyalar bosqichi, bunda asosiy urg’u milliy investorlar tomonidan samarali moliyaviy mablag’larga beriladi (pul siyosati);
3) yangiliklar bosqichi, milliy kompaniyalarning faol novatorlik faoliyati bilan yuz beradi (innovatsiyalar iqtisodiyoti);
4) boyliklar bosqichi - ijtimoiy-iqtisodiy boyliklarni to’plash (innovatsion iqtisodiyotning yangi pog’onasiga o’tish).
Mohiyati bo’yicha, dastlabki uchta bosqichdamamlakatda iqtisodiy o’sish kuzatiladi, oxirgisida esa uning raqobatbardoshligi pasayib ketadi va oqibatda, iqtisodiyotda inqiroz holati vujudga keladi. Biroq bunda bir bosqichdan ikkinchisiga o’tish turli inqirozlar bilan birga kechishini ham ham ta’kidlash kerak.
Rivojlangan mamlakatlarda ilm-fan raqobatining kuchayib ketishi bilan ikki muhim savolga javob topishga harakat qildi: raqobatbardoshlik nimaga bog’liq va raqobatbardoshlik omillariga innovatsion yondashuv nuqtai nazaridan uni yaxshilashgaqay tarzda ta’sir ko’rsatish mumkin? Mamlakatlar va mintaqalar raqobatbardoshligining hozirgi vaqtda jahon fanida eng dolzarb bo’lgan asosiy nazariyalarini uch guruhga: Amerika, Britaniya va Skandinaviya ilmiy maktablari nazariyalariga bo’lish mumkin. Bunday bo’linishning asosiy sababi, muayyan mamlakatning iqtisodiy-geografik muhiti tadqiqotchilarga hal etuvchi ta’sir ko’rsatishidadir, sababi ular dastlab o’z mamlakatlarida empirik tadqiqotlar olib borgan holda, ularning natijalarini umumlashtirganlar, shundan so’ng uni xalqaro darajaga ko’targanlar va bu yerda ulardan yetarli darajada muvaffaqiyat bilan amaliyotda foydalanilgan.
M.Porterning ilmiy ishlari mamlakat yoki mintaqaning boshqa iqtisodiy sub’ektlarga nisbatan qanday qilib raqobat ustunligiga erisha olishi bo’yicha olib borilgan tadqiqotlarga juda katta hissa bo’lib qo’shildi. Uning bu barcha tadqiqotlarning muhim qoidalari ikki fikr asosida yaratilgan: «Milliy ravnaq meros bo’lmaydi - u yaratiladi»2 va «milliy miqyoslardagi raqobatbardoshlikning eng oqilona yagona kontseptsiyasi - bu mehnat unumdorligidir»3.
M.Porterning eng muhim nazariy tadqiqoti - yorqin ifodalangan mintaqaviy jihatlarga ega sanoat klasterlari nazariyasi bo’lib, u raqobat afzalliklari rombidan kelib chiqadigan quyidagi xulosaga asoslanadi: muayyan bir tarmoqda faoliyat yurituvchi firmalarning geografik jihatdan yaqin joylashishi mintaqalarning raqobat ustunligini yaratish uchun qulay sharoit hisoblanadi. Porter bo’yicha klaster - bu «muayyan bir sohada faoliyat ko’rsatuvchi va faoliyatining umumiyligi bilan tavsiflanuvchi hamda bir-birini to’ldiruvchi geografik qo’shni bo’lgan o’zaro hamkor kompaniyalar va ular bilan bog’liq bo’lgan tashkilotlar guruhi»1. Klasterlar ko’lamlari bitta shahardan to bir qator qo’shni davlatlargacha o’zgarib turishi mumkin.
Eklektik paradigma ingliz olimi J.Danningga (1981) tegishli bo’lib, u TMKning jahon kapital bozorlariga kirib borish sabablarini umumlashtiradi. SHuning uchun ushbu nazariya eklektik paradigma nomini olgan. J.Danning iqtisodiy nazariyada to’plangan fikrlarni oddiy mexanik tarzda umumlashtirmasdan, xo’jalik amaliyotida sinovdan muvaffaqiyatli o’tgan omillarni tanlab oldi. Eklektik paradigma nazariyasida quyidagi uchta holatga izoh berilgan:
Qanday hollarda tovardan ko’ra kapitalni chetga chiqarish foydaliroq?
Qachon milliy resurslardan ko’ra boshqa mamlakatlar resurslaridan foydalanish foydaliroq?
Qachon kompaniya xorijda o’z vatanida mumkin bo’lmagan monopolistik foydani qo’lga kiritishi mumkin?
J.Danning so’nggi muammoni hal qilish uchun kompaniyaning jahon kapital bozorida namoyish qilishi mumkin bo’lgan afzalliklarini tasniflab berdi. Ushbu afzalliklar quyidagi uchta yirik guruhga ajratiladi jahon kapital bozorida namoyish qilishi mumkin bo’lgan afzalliklarini tasniflab berdi. Ushbu afzalliklar quyidagi uchta yirik guruhga ajratiladi:
O - investor kompaniyalarning ichki salohiyatiga bog’liq afzalliklar. Ularga kompaniyalar tomonidan foydalaniladigan ishlab chiqarish omillarining afzalliklari, kompaniyaning tashkiliy tuzilish xususiyatlari va qo’llayotgan strategiyasi kabi afzalliklar kiradi;
I - baynalminallashuv jarayonida o’z tovarlari va ishlab chiqarish imkoniyatlarini begona bozorlarga yo’naltirida qo’llaniladigan filiallar tarmog’idan foydalanish afzalliklari;
L - retsipient-mamlakat taqdim etadigan afzalliklar imtiyozli soliqqa tortish tizimi, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda davlatning ishtiroki, infratuzilma xizmatlarining ko’rsatilishi va boshqalar).
Eklektik paradigma nazariyasiga ko’ra, retsipient-mamlalakatlar xorijiy investitsiyalarni jalb etishda faqat resurslarning arzonligiga tayanmasliklari lozim. Eklektik paradigma nazariyasiga ko’ra, retsipient-mamlalakatlar xorijiy investitsiyalarni jalb etishda faqat resurslarning arzonligiga tayanmasliklari lozim. Milliy iqtisodiyot uchun zarur xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ushbu omilning o’zi yetarli emas. SHuning uchun asosiy e’tibor qulay investitsiya muhitini yaratishga qaratilishi kerak.
J.Danning kontseptsiyasi nemis olimi I.SHten (1989) tomonidan to’ldirildi. U J.Danning tomonidan ilgari surilgan nafzalliklar (O, I, L) asosida kompaniya qanday qilib ekspansiyastrategiyasini tanlashini ko’rsatib berishga harakat qildi. Ekspantsiya strategiyasini tanlash bilan bog’liq muqobil variantlar uchta: litsenziyalarni sotish, tovar eksporti va TTXI.I.SHtenning ta’kidlashicha, tashqi iqtisodiy ekspansiya yo’liga o’tgan TMK risk darajasi past bulgan yo’lni izlaydi. Agar retsipient-mamlakat L - afzalliklarni taqdim etsa, TMK ushbu hududga TTXIni kiritishni afzal deb biladi
Zamonaviy nazariyalar kapitalni chetga chiqarishning sabablaridan tapqari, ularning yo’nalishlarini ham asoslab beradi Ular ushbu jarayonning kapitalni chetga chikdruvchi va qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini prognozlashtirishg harakat qiladi.
Ushbu nazariy yo’nalishning xususiyatli jihati TTXIni eksport qilish yo’liga o’tgan iqtisodiyotning rivojlanish bosqichlarini ochib berishga urinishdan iborat. Tadqiqotlar ochiq iqtisodiyotni makroiqisodiy darajada tahlil qilish doirasida olib boriladiyu Ushbu yunalishda «uchayotgan g’ozlar» va investitsion rivojlanish yo’li nazariyalari qiziqarlidir.
«Uchayotgan g’ozlar» nazariyasi Yaponiyada paydo bo’lgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiya vayron bo’lgan iqtisodiyotini tiklash va iqtisodiy qoloqlikni bartaraf etish uchun harakat qila boshladi. O’sha davrda Yaponiya quvib yetib oluvchi rivojlanish modelini tanladi va «uchayotgan g’ozlar» nazariyasi bunday vaziyatlarga xos xususiyatlarni aks ettiradi. Ushbu nazariyaning muallifi Kojimai Ozava bo’lib, iqtisodiy o’sish samarasiningortishi jarayonida import bosimidan himoyalanish lozimligini asoslashga harakat qiladi. Iqtisodiy o’sish hududining kengayishi yuqoridan pastga qarab sodir bo’ladi va uchburchak shaklda uchib ketayotgan g’ozlar to’dasini eslatadi.
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi iqtisodiy o’sish mantiqiga bo’ysundirilgan. Birinchi bosqichda milliy ishlab chiqaruvchilar himoya qilinadi va import cheklanadi. Milliy ishlab chiqarish hajmi asta-sekinlik bilan kengayib boradi. TTXIning turdosh ishlab chiqarishga jalb etilishi milliy ishlab chiqaruvchilarning rivojlanishiga turtki beradi, ular uchun bozorlarni kengaytiradi va kuproq kapital jamg’arish imkoniyatini yaratadi. Milliy ishlab chiqarishning tiklanishi mamlakatning mahsulot importyoridan eksportyorga aylanishiga yordam beradi.
Iqtisodiy rivojlanishning ushbu ijobiy samarasi import o’rnini qoplashdan importga bog’liq bo’lmagan boshqa tarmoqlarda ishlab chiqarishni kengaytirish tomon o’zgaradi. «Uchayotgan g’ozlar» nazariyasi milliy ishlab chiqarishni himoya qilishni oqilona tashqi iqtisodiy strategiya bilan uyg’un holda olib borishni taqozo etadi. Bu protektsionistik choralarni qo’llashning selektiv- tarmoqli yondashuviga asoslangan yangicha nazariya edi. Ushbu nazariya mamlakatning tashqi dunyodan ajralib qolishiga olib kelmadi, balki xorijiy kapitaldan milliy iqtisodiyotni tiklash uchun unumli foydalanishga olib keldi.
Investitsion rivojlanish yo’li nazariyasi (1994) J.Danning va Narulalarga tegishlidir. Ushbu rivojlanish yo’li besh bosqichdan iborat va TTXIning mamlakat iqtisodiy rivojlanishi darajasigabog’liqligini tavsiflab beradi. Mehnat sig’imkorligi yuqori, past texnologiyali ishlab chiqarishga ega va qazib chiqarish sanoati ustun bo’lgan mamlakatlar, odatda, TTXIni import qiluvchi mamlakatlar hisoblanishadi (birinchi bosqich). Ushbu mamlakatlar kapital sig’imkorligi yuqori ishlab chiqarish va ilmiy-texnika taraqqiyotini rivojlantirishga harakat qilishlari TTXI importining o’sishiga olib keladi (ikkinchi bosqich). Agar xorijiy kapital importi rag’batlantiriluvchi va eksportga yo’naltirilgan siyosat bilan qullab-quvvatlansa, mamlakatning o’zi TTXIni eksport qila boshlaydi (uchinchi va qisman ikkinchi bosqichlar). To’rtinchi bosqich rivojlangan mamlakatlarga xos bo’lib, TTXI eksporti ularning importidan yuqori bo’ladi. Beshinchi bosqichda TTXI eksporti v importi bir-birini muvozanatlab turadi va yuqori rivojlangan mamlakatlarga xosdir. Ushbu mamlakatlar barcha afzalliklar- (O, I, L) ega bo’lib, jahonda texnologik va kapital sig’imkorli yuqori tarmoqlarda yetakchilik qilishadi.
Muallif
|
TTXI oqimini rag’batlantiruvchi omillar
|
Nazariy xulosalar
|
Zamonaviy qo’llash sohasi
|
R.Aliber
|
Kapital va valyuta bozorlarining takomillashganligi
|
Valyutasi barqaror mamlakatlarda firmalar yuqori kapitallashish darajasiga ega, buning hisobiga valyutasi beqaror mamlakatlarda TTXI riski qoplanadi
|
TTXIning rivojlangan mamlakatlardan rivojlanayotgan mamlakatlarga chiqarilishi va ularning valyuta kursi dinamikasiga bog’liqholda o’zgarishi
|
K.Kodzima
|
Muayyan resurslarga egalik qilishda nisbiy afzalliklarning mavjudligi va kompaniyalar faoliyat yuritayotgan bozor tuzilmasining xususiyatlari
|
TTXI - tashqi savdoga qo’shimcha tarzda kompaniyalarning nisbiy afzalliklarini oshiradi. TTXI tashqi savdoga yo’naltirilgan (Yaponiya) va yo’naltirilmagan (AQSH) turlarga bo’linadi
|
Yapon TTXI xususiyatlari
|
T.Ozava
|
Yaponiya iqtisodiyotiga xos xususiyatlar:
tashqi bozorlarga bog’liq;
milliy ishlab chiqarish omillari bahosining oshishi;
yapon tovarlariga nisbatan protektsionizm siyosatining kuchayishi va boshqalar.
|
TTXI qayd etib o’tilgan salbiy omillarni kamaytirish imkonini beradi
|
Yapon TTXI xususiyatlari
|
L.SHmitts
P.Xelberger
|
TTXI asosida vertikal integratsiyalashgan ishlab chiqarish tuzilmalari va kapital eksport qiluvchi mamlakat tomon yangi xom ashyo oqimlarini shakllantirish imkoni
|
TTXI vertikal va gorizontal integratsiya jarayonlari tufayli savdo hajmini oshiradi
|
Qazib oluvchi tarmoqlardagi TTXI
|
R.Mandell
|
Bojxona tariflarining darajasi
|
Kapital harakatining importni o’rnini qoplashga qaratilishi
|
Import o’rnini qoplashga yo’naltirilgan TTXI
|
T.Xorst
|
Foyda va eksportni maksimallashtirish
|
Ushbu maqsadga erishish TTXI amalga oshirish strategiyasini nazarda tutadi
|
Narxlarning talabga bog’liqholda o’zgarishi hisobga olingan hollarda
|
S.Xaymer
|
Portfelь investitsiyalar uchun - foiz stavkalari; TTXI uchun - investitsiya kiritilayotgan firma mahsulotining differentsiatsiyalashuvi, «miqyos ta’sirida» tejash, savdo belgisi, patentlangan texnologiyalar, yuqori darajadagi menejment va marketing shakllaridagi nisbiy afzalliklar
|
TTXI va xalqaro savdo – bir-birining o’rnini bosuvchi strategiyalar bo’lib, investorlarga mahalliy firmalar tomonidan raqobat kurashida to’siqlar yaratish imkonini beradi
|
Firmalarning portfelь investitsiyalari; Differentsiyatsiyalashgan va vertikal integratsiyalashgan ishlab chiqarishga ega firmalar tomonidan amalga oshirilayotgan TTXI
|
R.Vernon
L.Uells
|
Mahsulotning hayotiylik tsikli nazariyasi: tashqi savdo va investitsiyalar – tsiklning o’zgarishini hisobga olgan holda xorijiy bozorlarga kirib borish jarayonining umumiy dastaklari sifatida foydalaniladi
|
TTXI ishlab chiqarishni importyor mamlakatlarga ko’chirish imkonini beradi, «mikro ta’sirida» tejash esa nafaqat mahalliy bozorni mahsulot bilan to’ldirish, balki uni uchinchi mamlakatga eksport qilishni ta’minlaydi
|
Yaponiya va G’arbiy Yevropa TTXIning rivojlanayotgan mamlakatlarga chiqarilishi
|
S.Xirsh
|
Kompaniyaning nisbiy afzalliklari va axborot olish, bitimlarni amalga oshirish, xorijda alokd- larni yo’lga qo’yish uchun qilingan xarajatlar
|
Kompaniya TTXI strategiyasini tanlaydi:
agar nou-xau egasi, o’z mamlakati va xorijda mahsulot sotiщda katta farq ega bo’lsa;
ishlab chiqarish xarajatlari past bo’lgan mamlakatlar mavjud
bo’lsa.
|
TTXI nou-xauga ega kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladi;
TTXI ishlab chiqarish xarajatlari past bo’lgan mamlakatlarga chiqariladi
|
D.Penrouz
O.Uilьyamson K.Errou va h.k.
|
Bozorning ikxisodiy institut sifatida musgakdl sotuvchilar va xaridorlar urtasida akgivlar, tovarlar va axborotlar bilan samarali almashinuvni amalga oshira olmasligini yengishga bo’lgan intilish
|
Firmaning muzokaralar va bitimlar, mulk huquqini himoya qilish, xaridorning bexabarligi tufayli tovar uchun maksimal narx olishning iloji yo’qligi va boshqalar uchun xarajatlar qancha yuqori bo’lsa, kompaniya TTXIni amalga oshirishda shunchalik faol bo’ladi
|
Kompaniyalar tomonidan bozorning nomukammalligini yengish uchun ko’p miqdorda sarf-xarajatlar qilingan hollarda qo’llaniladi
|
J.Danning
|
Kompaniya quyidagi shart- sharoitlar mavjud bo’lganda TTXIni amalga oshiradi:
sezilmaydigan aktivlarga bo’lgan mulk huquqi bilan bog’liq afzalliklarga ega bo’lganda;
kompaniyaning aktivlari o’zi ishlatishi manfaatliroq bo’lganda;
3) kompaniya birinchi va ikkinchi shartlar mavjud bo’lgan hollarda o’z afzalliklaridan xorijdagi biron-bir ishlab chiqarish omili bilan birga foydalanishi manfaatliroq bo’ladi
|
Faqat birinchi afzal likka ega kompaniya patentlar va litsenziyalarni sotadi. Birinchi va ikkinchi yoki barcha afzalliklarga ega kompaniya TTXIni amalga oshiradi
|
Sanab o’tilgan shart- sharoitlarga ega kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladigan TTXI
|
Do'stlaringiz bilan baham: |