sinflanishlar tizimi
deb ataladi. Sinflanishlar tizimini barpo qilish va taxlil qilish nazariy tadqiqotning
mantiqiy tuzilmasida muhim rol o‘ynaydi, chunki tegishli
predmetli soha
ni
(predmetli soha sinflanishlar tizimining asoslarini sinflash asosini aniqlab beradi)
aniq-ravshan belgilab olish imkonini beradi, ushbu predmetli sohada o‘zaro bog‘liq
bo‘lgan quyi sohalarni ajratish imkonini beradi, “oq dog‘larni” – istiqbolli tadqiqot
predmetlarini yoki metodlarini belgilab olish imkonini beradi. Undan tashqari,
muayyan asosning barcha sinflarini tadqiq qilish umumlashtirishni amalga oshirish
imkonini beradi.
Sinflanishlar tizimi mavjud asoslarning bir qismini yo‘qotish, o‘chirish
va/yoki yangilarini qo‘shish hisobiga modifikatsiyalanishi mumkin. Chunonchi,
yuqoridagi misolda “tadqiq qilinayotgan birikma bilan o‘zaro aloqaga kiruvchi
moddalar konsentratsiyasi” asosi bo‘yicha sinflanishni qo‘shish mumkin. Shunga
yarasha, tadqiqot predmeti ham kengroq tus oladi.
Shunday qilib, sinflanishlar tizimi tadqiqot predmetining butunligini va
to‘laligini ta’minlashning samarali mantiqiy vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ular
tadqiqotchining o‘zi uchun qulaydir (tadqiqotchi predmetli sohani tartibga solish
lozim bo‘lganda, nima qilindi-yu, nimani endi qilish kerakligini tushunish uchun
ilmiy faoliyatni tashkil qilish jarayonida qo‘llaydi). Bundan tashqari, ular tadqiqot
natijalarini ko‘rsatish shakli sifatida ham qulaydir, ya’ni, masalan, tegishli maqola
yoki kitobni o‘qiyotgan kasbdoshi barcha olingan natijalar majmuini tezda qamrab
36
olishi uchun.
Nazariya (konsepsiya) ning mantiqiy tuzilmasini barpo qilish. Dastavval “u
yoki bu fanning
nazariyasi
” va “ilmiy nazariya” tushunchalarini ajratib olsak.
Fanning nazariyasi deyilganda ilm-fanning u yoki bu sohasidagi – fizika, biologiya
va xokazolardagi barcha nazariy bilimlar majmui tushuniladi. Shu bilan birga, har
bir ilmiy sohada ko‘plab ilmiy nazariyalar (konsepsiyalar) mavjud – sababi,
moxiyatan, har bir yaxshi yozilgan doktorlik dissertatsiyasi bir butun nazariya
(konsepsiya) hisoblanadi. Quyida ilmiy nazariyalar (konsepsiyalar)ni barpo qilish
to‘g‘risida gap ketadi.
Nazariya (konsepsiya) ning mantiqiy tuzilmasini barpo qilish jarayoni ikki
bosqichdan iborat. Birinchi bosqich –
induksiya
bosqichi – aniqlik, konkretlikdan
abstraktlikka qarab yurish, bunda tadqiqotchi o‘z nazariyasining markaziy tizim
xosil qiluvchi bo‘g‘inini – konsepsiyani, aksiomalar yoki aksiomatik talablar
tizimini, yoki yagona tadqiqot yondashuvini va xokazolarni aniqlab olishi lozim.
Qayd etish lozim-ki, “
konsepsiya
” termini ikki xil ma’noda ishlatiladi.
Birinchidan, yetakchi
g‘oya
, bir narsaning asosiy fikri sifatida ishlatiladi.
Ikkinchidan, nazariyaning sinonimi sifatida ishlatiladi. Bu yerda esa biz ushbu
terminni ikkala ma’nosida ham ishlatamiz: birinchi holatda – konsepsiya to‘g‘risida
qisqa, sermazmun ta’rif sifatida gapirganimizda; ikkinchi holatda – (qisqa ta’rif
sifatidagi) konsepsiya rivojlanib, konseptual fikrlar, prinsiplar, omillar, sharoitlar,
mexanizmlar va boshqalarga - nazariyaning sinonimi sifatidagi konsepsiyaga
aylanganda.
Ushbu induktiv bosqichda “kuchsiz versiyali” fanlar tarmoqlarida
umumlashtirish uchun yagona asos bo‘lib, shubxasiz, sinflanishli yondashuv
hisoblanadi
– tadqiqotchi mavjud natijalarni birlashtirishi, “yig‘ishi”,
umumlashtirishi mumkin bo‘lgan tegishli
sinflanish asoslarini
qidiradi.
Natijalarni umumlashtirish, “yig‘ish” jarayonida tadqiqotchi bir tomondan,
nazariyaning to‘laligi talablari nuqtai nazaridan xadeb o‘zining predmetli sohasiga
murojaat qilishiga to‘g‘ri keladi – predmetli sohada qanday bo‘shliqlar paydo bo‘ldi,
- ularni keyinchalik bartaraf etish, to‘ldirish lozim bo‘ladi, shu jumladan, extimol,
qo‘shimcha tajriba-eksperimental ishlar orqali yoki boshqa mualliflardan natijani
o‘zlashtirish orqali. Boshqa tomondan, yana o‘sha barpo qilinayotgan nazariya,
konsepsiyaning to‘laligi talablari hamda o‘zaro zid kelmasligi talablari nuqtai
nazaridan kelib chiqib olinayotgan umumlashtirishlarni va predmetli sohani doimo
olinayotgan nazariy natijalar majmui bilan solishtirib borish lozim.
Induksiya bosqichida tadqiqotchi barcha o‘zida mavjud bo‘lgan natijalarni,
barcha qiziqish uyg‘otadigan holatlarni batafsil yozib boradi. Keyin ularni guruxlab,
sinflashning muayyan asoslari bo‘yicha birlamchi umumlashtirishga “yig‘ib
boradi”, keyin ikkinchi tartibli umumlashtirishga (yana muayyan asoslar bo‘yicha)
37
yig‘adi va xokazo – induktiv jarayon –
abstraktlash
– aniqlikdan abstraktlikka,
juz’iylikdan umumiylikka qarab yurish ro‘y beradi, toki barcha natijalar mualliflik
konsepsiyasiga
– qisqa, 5-7 satrli, butun natijalar majmuini, butun ish moxiyatini
eng umumiy, qisqa holda aks ettiruvchi sermazmun ta’rifga aylanmaguncha; yoki
aksiomalar tizimiga aylanmaguncha, yoki yagona tadqiqot yondashuviga
aylanguncha va xokazo.
Induksiya bosqichi – markaziy tizim xosil qiluvchi bo‘g‘in – konsepsiya,
tadqiqot yondashuvi, aksiomalar tizimi va xokazolarni ta’riflash va qolipga keltirish
ishlari yakunlangach, deduktiv jarayon –
konkretlashtirish
– abstraktlikdan
aniqlikka qarab yurish boshlanadi. Ushbu bosqichda konsepsiyaning ta’rifi
prinsiplar, omillar, shartlar (shartlar guruxi), modellar, mexanizmlar va boshqalar
majmuida rivojlantiriladi, kengaytiriladi. Ba’zan, agar tadqiqot muammosi bir necha
nisbatan mustaqil bo‘lgan jixatlarga bo‘linib ketsa, konsepsiya bir necha konseptual
g‘oyalarga rivojlanadi, ular esa o‘z navbatida keyinchalik prinsiplar va boshqalar
majmuida rivojlanadi. O‘z navbatida, masalan, prinsiplar modellar sinflariga,
masala turlariga va boshqalarga rivojlanishi mumkin. Shu tarzda nazariyaning
mantiqi, mantiqiy tuzilmasi barpo etiladi. Ushbu jarayon 5-rasmda ko‘rsatilgan.
Mazkur sxemani tadqiqotchi siklik holda bir necha bor, o‘z tadqiqotining mantiqini
tekshirib va qayta tekshirib, aniqlashtirib o‘tashiga to‘g‘ri keladi.
Gnoseologiya bo‘yicha ko‘plab adabiyotlarda mualliflar nazariyaning
strukturaviy elementlarining ierarxik tartibga solinishini ko‘rmadilar. Masalan,
abstraktlik (konkretlik) darajasi bo‘yicha nima baland (past) – prinsipmi yoki
modelmi, qoidami yoki talabmi, mexanizmmi yoki protsedurami va xokazo?
Shuning uchun, shubxasiz, tadqiqotchi ularning
ierarxiyasini
o‘z tadqiqotida
yechiladigan vazifalarga muvofiq (albatta, o‘zi ishlayotgan ilmiy tashkilotning
an’analariga mos holda) mustaqil ravishda barpo qilish imkoniga ega.
Shunday qilib,
nazariya (konsepsiya)
bu – markaziy tizim xosil qiluvchi
element – konsepsiya (tor ma’noda – asosiy g‘oya sifatida), aksiomalar tizimi, va
xokazolar – va undan kelib chiquvchi, uning konseptual g‘oyalarini va boshqa
konstruksiyalarni konkretlashtiruvchi – nazariyaning
strukturaviy elementlaridir
.
38
Do'stlaringiz bilan baham: |