4-mavzu. Tadqiqot jarayoni bosqichlari reja: Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/30
Sana27.01.2023
Hajmi0,81 Mb.
#903517
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Bog'liq
4 мавзу Тадқиқот жараёни босиқчлари

2. Tadqiqotning texnologik fazasi 
Tadqiqotning texnologik fazasi
shakllantirilgan ilmiy gipotezani tadqiqotning 
tuzilishini barpo qilish va texnologik tayyorlash bosqichida ishlab chiqilgan ishchi 
materiallar va uskunalar majmuiga mos holda bevosita tekshirishdan iborat. 
Texnologik faza ikki palladan iborat: tadqiqotni o‘tkazish va natijalarni 
rasmiylashtirish. 
Tadqiqotni o‘tkazish pallasi. 
Tadqiqotni o‘tkazish pallasi o‘z navbatida ikki bosqichdan iborat: nazariy 
bosqich (adabiyot ma’lumotlarini taxlil qilish va tizimlashtirish, tushunchalar 
apparatini aniqlashtirib olish, tadqiqot nazariy qismining mantiqiy tuzilishini 
shakllantirish) va empirik bosqich – tajriba-eksperimental ishni amalga oshirish. 
Nazariy bosqich. Adabiyot ma’lumotlarini taxlil qilish va tizimlashtirish. 
Ilmiy adabiyotlar bilan doimiy ishlash – har qanday ilmiy faoliyatning majburiy 
komponenti hisoblanadi. Ilmiy adabiyotning o‘zi esa ilm-fanning mavjud bo‘lishi va 
rivojlanishini ushlab turishning eng muhim vositalaridan biri bo‘lib hisoblanadi – 
birinchidan, erishilgan ilmiy bilimni tarqatish va saqlash vositasi, ikkinchidan, - 
kommunikatsiya vositasi, olimlarning o‘zaro ilmiy muloqoti vositasi. Qoidaga 
ko‘ra, ilmiy bilimlarning turli rivojlanish bosqichlarini aks ettiruvchi adabiyotlar u 
yoki bu turlarining turlicha funksiyalarini hisobga olish zarur. 
Yuqorida qayd etilganidek, dastlab yangi ilmiy faktlar, g‘oyalar, nazariyalar 


31 
ilmiy konferensiyalar, seminarlar, s’ezdlar, simpoziumlarda chop etiladigan 
tezislarda, shuningdek, predprintlarda va eng tez chop etiladigan boshqa nashrlar 
turlarida paydo bo‘ladi. Keyin ular endi tizimlashtirilgan va saralangan 
holdajurnallarda va to‘plamlarda chop etiladigan ilmiy maqolalarga o‘tadi. Keyin – 
yanada umumlashtirilgan, tizimlashtirilgan va tekshirilgan ko‘rinishdagi faktlar, 
g‘oyalar, nazariyalar 
monografiyalarda
chop etiladi. Va ilmiy bilimlarning faqat 
fundamental, umumiy va bir necha bor tekshirilgan yangi komponentlari oliy ta’lim 
muassasalarining darsliklariga, eng ahamiyatlilari esa – maktab darsliklariga o‘tadi. 
Ilmiy bilimlarning bu xarakati dinamikasini tadqiqotchi, ilmiy adabiyot manbalarini 
ularning muhimlik, ishonchlilik va butun ilmiy dunyoda tan olinganlik darajalari 
bo‘yicha ajratgan holda ilmiy adabiyotlar bilan ishlashda hisobga olishi lozim. 
Adabiyotlar bilan ishlashni boshlagan har bir tadqiqotchi bibliografiyani 
tuzishga kirishadi. 
Xar bir tadqiqot uchun yetakchi ilmiy konsepsiyalar, nazariyani aniqlab olish 
zarur, ular mazkur ishning asosi sifatida olinadi. Bu yerda tadqiqotchi o‘z ishida 
foydalanadigan barcha – o‘nlab, yuzlab ilmiy adabiyotlar nazarda tutilmagan. Bu 
yerda gap xaqiqatda tadqiqot asosida yotgan, yirik olimlarning bir, ikki, uch, oshib 
ketsa to‘rt konsepsiyalari xaqida ketmoqda. 
Tadqiqotchi o‘z tadqiqotining metodologik bazasi xaqiqatda nimadan iborat 
ekanligini aniq ajratib olishi kerak. Tadqiqotning asosi sifatida qaysi nazariya, 
konsepsiyalar olinishini aniq ajratib olish zarurligi shundan ham kelib chiqadi-ki, 
ilm-fanda turlicha 
ilmiy maktablar
mavjud, ular ko‘pincha deyarli bir xil muammo 
bilan shug‘ullanadilar, lekin turlicha nuqtai nazardan, turlicha yo‘nalishlarda. Bu 
ilmiy maktablar tamomila turlicha, ba’zida qarama-qarshi bo‘lgan ilmiy qarashlarga 
ega bo‘lishi mumkin. Turlicha ilmiy maktablarning mavjudligi ilm-fan rivoji uchun 
ob’ektiv zaruriyatdir. Lekin tadqiqotchi, o‘z tadqiqotini barpo qilar ekan, qat’iy 
nuqtai nazarda turishi kerak – qanday nazariyalar, konsepsiyalarni u bazaviy sifatida 
tanladi, nega tanladi, qanday nazariyalarni esa faqatgina adabiyotlar taxlili 
jarayonida ko‘rib chiqadi. 
Xar qanday ilmiy ishga qo‘yiladigan eng muhim talablar, bu – ishlatilayotgan 

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish