terminologiya
ning qat’iyligi, aniqligi, bir xil ma’nodaligidir. Odatda kundalik
turmushda, xayotda, og‘zaki chiqishlarda iboralarni qo‘llashda ma’lum erkinlikka
yo‘l qo‘yiladi, lekin ilm tilida -tartibga solinganlik, qat’iylik talablari majburiydir.
Tadqiqotchida har safar biror iborani qo‘llash zarurati tug‘ilganda, u o‘z ishini
bu iborani umumiy lug‘atlar, ensiklopedik lug‘atlar va ensiklopediyalarda
qidirishdan boshlaydi. Bu manbalar umummilliy ko‘lamda umumqo‘llaniladigan
iboralarga bir ma’noli talqin beradi. Bunda, ulardagi iboralar deyarli bir xil talqin
qilinsa-da, baribir ularning har biri so‘zlar ma’nosini tushuntirishga o‘z nozik farqini
qo‘shadi, bu esa u yoki bu iborani qo‘llashda yaxshiroq past-balandini anglash
32
imkonini beradi. Sinonimlar lug‘ati ham juda foydali hisoblanadi, chunki bir so‘zni
bir gapda ko‘p bora ishlatmaslik uchun goxida kerakli so‘zni topa olish qiyin bo‘ladi.
Keyingi bosqich – sof falsafiy, gnoseologik va metodologik tushunchalarni
aniqlashtirish – tegishli lug‘atlar bilan ishlash.
Xar qanday izlanuvchiga falsafiy lug‘atlarda mavjud bo‘lgan, xech bo‘lmasa
quyidagi tushunchalar (kategoriyalar) ning mazmuni bilan tanishib olish foydadan
holi bo‘lmaydi: abstraksiya, taxlil, bilim, ma’no, sifat, miqdor, model, kuzatuv,
me’yor, tushuntirish, umumlashtirish, siymo, ob’ekt, tajriba, asos, munosabat,
amaliyot, predmet, muammo, rivojlanish, refleksiya, semantika, tizim, tizimli taxlil,
xossa, taqqoslash, moxiyat, o‘xshashlik, nazariya, shakl, formallik, eksperiment va
boshqalar.
Undan tashqari, xuddi shu maqsadlarda mantiqiy lug‘at-ma’lumotnoma ham
juda foydali: abstraktlanish, abstraksiya, aksioma (aksiomatik metod), algoritm,
analogiya, o‘zaro aloqa, abstraktlikdan aniqlikka qarab yurish, gipoteza,
gnoseologiya, deduksiya, qonun, belgi, bilim, g‘oya, invariantlik, induksiya,
axborot, tadqiqot, sinf (maktab sinfi emas), sinflanish, kompozitsiya, komponent,
kontekst, konsepsiya, kortej, mantiq, mantiqiy va tarixiy, o‘lchov, metanazariya,
bevosita bilim, o‘zaro zid kelmaslik, tushunchani umumlashtirish, teskari munosabat
qonuni, umumiy tushuncha, tushuncha hajmi, tushunchaning ta’rifi, maxsus,
munosabat, baho, parametr, tushuncha, postulat, tushunchani ta’riflash qoidalari,
sintez, belgi, prinsip, muammo, ziddiyat, marosim (protsedura), tushunchaning
mazmuni, solishtirish, struktura, ibora, tur, sharoit, fakt va boshqalar.
Va nixoyat, muayyan tadqiqot uchun muhim ahamiyatga ega iboralar xaqida
gap ketganda, keyingi bosqich bu – ushbu iborani ilmiy adabiyotlarda –
monografiyalar, maqolalar va xokazolarda talqin etilishi taxlili hisoblanadi. Birinchi
navbatda nazariyalari, konsepsiyalari tadqiqot asosiga olingan mualliflarning
fundamental ilmiy ishlari o‘rganiladi (yuqoriga qarang). Ushbu ilmiy ishlar bo‘yicha
tezaurus
(grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, “boylik”, “xazina” ma’nosini anglatadi) –
mazkur mualliflar ishlatadigan, talqin etilishi mavjud iboralar lug‘atini tuzib olish
maqsadga muvofiq. Keyinchalik, hisobot materiallari, maqolalar, kitoblar,
dissertatsiyalarni yozishda asosan mazkur tezaurusdagi iboralar ishlatiladi, boshqa
iboralar esa faqat zarurat tug‘ilganda, ularsiz noiloj bo‘lgan vaziyatlarda ishlatiladi.
Lekin, har safar u yoki bu iborani ishlatganda tadqiqotchi o‘zini o‘zi nazorat qiladi:
uning ishi uchun unchalik ahamiyatli bo‘lmagan iboralar uchun – kimning talqini
bo‘yicha bu iborani ishlatmoqda, ahamiyatli bo‘lgan iboralar uchun esa – nima
uchun aynan shu muallif (lar) ning talqini olinishi asolanadi.
Xar bir tadqiqotchini qandaydir yangi iboralarni kiritib qo‘yish “xavfi” kutib
turadi. Ba’zida buni qilishni juda ham xoxlab ketadilar. Lekin olimlar fandagi yangi
iboralarni o‘ta istamasdan va xushyorlik bilan qabul qiladilar. Bu tushunarli, albatta
33
–
til
, shu jumladan, ilmiy til, bu umummilliy boylik hisoblanadi, unga o‘ta extiyot
bo‘lib munosabatda bo‘lish kerak. Va agar har bir ilmiy ish, maqola yozuvchi
o‘zining iboralarini qo‘llay boshlasa, unda olimlar, ulardan keyin esa barcha kishilar
bir-birini tushunmay qoladi. Shuning uchun yangi iboralarni (so‘zlar va so‘z
birikmalarini) kiritishga faqat mavjud iboralardan birortasi tegishli xodisa, jarayonni
ta’riflay olmagan, iloji yo‘q holatlarda yo‘l qo‘yiladi. Va o‘rnashib qolgan
iboralarga (xa, bu talab aynan o‘rnashib qolgan iboralarga tegishli) qandaydir yangi
mazmun berish, qandaydir yangi, “mualliflik” ta’riflarini berish mutlaqo to‘g‘ri
emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |