Tadqiqotning tuzilishini shakllantirish bosqichi.
Tadqiqotning vazifalarini aniqlash bosqichi.
Ma’lum-ki,
vazifa
deyilganda
muayyan sharoitlardagi faoliyatning maqsadi tushuniladi. Shunday qilib, tadqiqot
vazifalari ta’riflangan gipotezani muayyan sharoitlarda tekshirishdagi tadqiqotning
xususiy, nisbatan mustaqil maqsadlari sifatida gavdalanadi. Tadqiqot vazifalari
odatda quyidagi ikki variantlardan birida ta’riflanadi.
Birinchi variant – nisbatan soddaroq va unchalik qat’iy bo‘lmagan variant,
garchi amaliyotda yo‘l qo‘yilgan, masalan, kandidatlik dissertatsiyalarni
rasmiylashtirishda uchraydigan variant – bunda vazifalar tadqiqotning nisbatan
mustaqil bo‘lgan, yakunlangan bosqichlari sifatida shakllantiriladi. Lekin, umuman
olganda, bular - ilmiy masalalar emas, balki tadqiqotning protsessual
komponentlariga yaqinroq bo‘lgan voqe’likdir. Ular quyidagi fe’llarda ifodalanadi:
“o‘rganish”, “taxlil qilish” va xokazo. Bu holda tadqiqot vazifalarini
shakllantirishning bosqichli, davriy strukturasi aniq ko‘zga tashlanadi – har bir
keyingi vazifa faqatgina avvalgi vazifani yechish asosidagina yechilishi mumkin.
Ikkinchi variant - ilmiy jixatdan nisbatan murakkabroq va qat’iyroq, afzalroq
variant hisoblanadi: vazifalar bunda ham tadqiqotning nisbatan mustaqil,
yakunlangan qismlari sifatida shakllantiriladi. Lekin bu yerda, avvalgi holatdagi
kabi davriy ketma-ketlik aniq ko‘zga tashlanmaydi. Vazifalar bu yerda tadqiqot
muammosiga nisbatan ayrim “muammocha”larni yechish zaruriyati sifatida va,
tabiiy-ki, muayyan shartlarda qo‘yilgan, tadqiqotning ifodalangan gipotezai ta’siri
ostida bo‘lgan, tadqiqotning umumiy maqsadiga nisbatan juz’iy maqsadlar
29
(maqsadchalar) sifatida namoyon bo‘ladi.
Sharoitlarni (resursli imkoniyatlarni) tadqiq qilish bosqichi
. har qanday
yechilishi mumkin bo‘lgan ilmiy masala faqatgina ma’lum sharoitlar mavjud
bo‘lgandagina (juz’iy holat – resurslar bo‘lganda) yechilishi mumkin.
Faoliyat
sharoitlari
ning (sharoitlar guruxining) ularning tavsifnomalari bilan birgalikdagi
to‘liq ro‘yxatini [53] manbada topish mumkin: xodimlar borasidagi, motivatsiyaviy,
moddiy-texnik, ilmiy-metodik, moliyaviy, tashkiliy, normativ-xuquqiy, axborot
borasidagi sharoitlar.
Tabiiy-ki, tadqiqotning har bir vazifasi va sharoitlarning har bir guruxi
bo‘yicha batafsil taxlil zarur: har bir muayyan vazifani yechish uchun qanday
muayyan sharoitlar mavjud, qanday shartlarni bajarish zarur, qanday sharoitlarni
yangitdan yaratish zarur. Ilmiy faoliyat uchun, birinchi navbatda, xodimlar
borasidagi, moddiy-texnik va axborot borasidagi sharoitlarni o‘ta sinchkovlik bilan
taxlil qilish zarur.
Tadqiqotning dasturini barpo qilish bosqichi
. Tadqiqotning tuzilishini
shakllantirishning oxirgi bosqichi bo‘lib tadqiqotning dasturini (metodikasini)
yaratish hisoblanadi.
Metodika
bu – o‘z ichiga muammoning, ob’ektning, tadqiqot
predmetining ta’rifi, tadqiqotning maqsadi, gipotezalari, vazifalari, metodologik
asoslari va tadqiqot metodlarini (bularning barchasini biz yuqorida ko‘rib chiqdik)
oluvchi hujjat. Undan tashqari, tadqiqot metodikasini barpo qilish o‘z ichiga yana
rejalashni, ya’ni ko‘zlangan ishlarni bajarishning davriy grafigini tuzishni ham
kiritadi. Garchi ko‘p tadqiqotchilar tadqiqotlarni rejalashtirishga ozgina shubxa,
ishonchsizlik bilan qarasalar ham, tajribalar shuni ko‘rsatadi-ki, rejalashtirish –
foydali bo‘lgan tashkiliy unsur hisoblanadi.
Rejalashtirish xaqida gap ketganda, rejalarning quyidagi ikki turini nazarda
tutish kerak: individual tadqiqotni rejalashtirish; jamoaviy tadqiqotni rejalashtirish.
Individual rejalashtirish
. Qayd etish lozim-ki, tadqiqot rejalarini ishlab
chiqish yillar davomida shakllanadigan ma’lum ko‘nikmani talab etadi. Ishga endi
kirishgan tadqiqotchida bunday tajriba yo‘q, shuning uchun dastlabki paytlarda unga
tajribali maslaxatchi, ilmiy raxbar kerak. Xazil tariqasida shuni aytish mumkin-ki,
kitob hammualliflaridan biri kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlagan paytda, ilmiy
raxbariga o‘zining birinchi yillik ish rejasi loyixasini ko‘rsatgan: uni amalga oshirish
keyinchalik 23 yilni talab qiladi va doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish bilan
yakunlanadi!
Jamoaviy tadqiqotni rejalashtirish masalalari, ularni bunday tadqiqotlarni
tashkil qilish masalalaridan ayri holda ko‘rib chiqish mumkinmasligi uchun,
pastroqda, 5-bobda ko‘rib chiqilgan.
Tadqiqotning texnologik tayyorgarlik bosqichi eksperimental o‘quv-dasturiy
hujjatlarni, o‘quv qo‘llanmalarni va o‘qitish vositalarini tayyorlashdan; kuzatishlar
30
bayoni blankalarini, anketalarni tayyorlashdan; zarur bo‘lgan eksperimental
uskunalarni xarid qilish yoki tayyorlashdan, zarur bo‘lgan dasturiy ta’minotni
yaratishdan va xokazolardan iborat. Tadqiqotning texnologik tayyorgarlik bosqichi
har bir muayyan ilmiy ish uchun o‘ziga xosdir.
Shu bilan biz tadqiqotni loyixalash fazasini ko‘rib chiqishni yakunlaymiz.
O‘quvchi tabiiy bir savolni berishi mumkin: nega mualliflar tadqiqotni loyixalash
ta’rifiga quyidagi, dissertatsiyalar uchun an’anaviy bo‘lgan apparatning
komponentlarini qo‘shmadilar: tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy
ahamiyati, himoyaga olib chiqiladigan g‘oyalar, fikrlar?
Gap shunda-ki, mualliflar fikricha, ushbu bo‘limlar dissertatsiyada shuning
uchun ham kerak-ki,
dissertatsiya
bu - malakaviy ish, bu bo‘limlar o‘quvchilardan
ko‘ra dissertantning o‘ziga, o‘zini anglash uchun ko‘proq kerak: qanchalik muhim
narsani u yaratdi? Bu yerda esa gap faqatgina dissertatsiya ishi emas, balki umuman
tadqiqot o‘tkazish xaqida ketmoqda.
Shunday qilib, biz tadqiqotni loyixalashtirishning barcha stadiyalari va
bosqichlarini ko‘rib chiqishni yakunladik. Pastroqda endi biz tadqiqot o‘tkazishning
texnologik fazasini ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |