Tushunchalar apparati
bilan ishlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yana
bir holni ta’kidlash lozim. har bir muayyan tadqiqotda ishlatiladigan tushunchalar
apparatini tanlab olish va tizimlashtirish uning predmeti, qo‘yilgan maqsadlari va
vazifalari bilan belgilanadi. Shuning uchun tushunchalarning doimiy tizimi orqali
ifodalanadigan xodisa va jarayonlarning moxiyati mualliflik nuqtai nazar bilan
belgilanadi, har bir tadqiqotdagi tushunchalar tizimi esa u yoki bu darajada
mualliflik hisoblanadi (u aniq, tiniq, tartibli yoki aksincha, mujmal, ziddiyatli
bo‘lishi mumkin).
Nazariy tadqiqotning mantiqiy tuzilmasini barpo qilish. Yaratilayotgan ilmiy
konsepsiya, nazariyaning mantiqiy tuzilmasini barpo qilish jarayonidan tashqari (bu
xaqida keyinroq batafsil to‘xtalamiz), nazariy tadqiqotning mantiqiy tuzilmasini
barpo qilish, xuddi shuningdek, empirik tadqiqotning nazariy qismi tuzilmasini
barpo qilish o‘ta variativ (ko‘p variantli) hisoblanadi va to‘laligicha har bir muayyan
tadqiqotning predmeti, maqsadlari va vazifalari bilan belgilanadi. Barchasi uchun
umumiy bo‘lib ba’zi jixatlari hisoblanadi holos, quyida shularni ko‘rib chiqamiz.
Tadqiqotning mantiqiy tuzilmasini barpo qilishda ko‘pincha turli
sinflanish
larni ishlatish va o‘z sinflanishlarini kiritish zarurati paydo bo‘ladi. Xatto-
ki, bunday sinflanishlarning bo‘lishi ma’qul hisoblanadi –ular ishga ijobiy ta’sir
qiladi, ma’lum barqarorlik, tartibni yuzaga keltiradi. Sinflanishga qo‘yiladigan
asosiy talablar
1
:
1.
Xar bir sinflanish faqatgina bir asos bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin.
Extimol, bu eng ko‘p buziladigan, eng asosiy talabdir. Muayyan sinflanishni
kiritishda darxol savol qo‘yilishi lozim – qanday asos bo‘yicha u kiritilmoqda?
Sinflanishning asosi
bu –
bosh, umumiy tushuncha
hajmini (mazkur sinflanish
bo‘yicha tasniflanayotgan ob’ektlarning butun majmuini) turlarga (
tur
tushunchalari
– ushbu majmuaning a’zolari, qismlari) bo‘lish imkonini beruvchi
1
Tarixda yaxshi chiqmagan, muvaffaqiyatsiz (keltirilgan talablarga javob bermaydigan) sinflanish misoli mavjud -
«Xitoy saroy donishmandlari tomonidan xayvonlarning sinflanishi»: «Xayvonlar quyidagilarga bo‘linadi: a)
Imperatorga tegishli bo‘lgan, b) balzamlangan, v) qo‘lga o‘rgatilgan, g) sut emuvchi cho‘chqachalar, d) sirenalar, e)
ertaksimon, j) daydi itlar, z) mazkur sinflanishga kiritilganlar, i) jinniga o‘xshab quturganlar, k) sanalmaydiganlar, l)
tuya junidan qilingan juda ingichka mo‘yqalam bilan chizilganlar, m) boshqalar, n) ko‘zachani xozirgina sindirganlar,
o) uzoqdan chivinga o‘xshaganlar».
34
belgidir. Masalan, umumta’lim maktabini boshlang‘ich, to‘liqsiz o‘rta va o‘rta
maktabga bo‘lish uchun asos bo‘lib o‘quvchilarga har bir bosqichda beriladigan
umumiy ta’lim darajasi xizmat qiladi. Shu bilan birga, masalan, bir sinflanishda
muayyan maktab o‘quvchilarini yoshi bo‘yicha va o‘zlashtirishi bo‘yicha, yoki
fakultativ mashg‘ulotlarga borishi bo‘yicha bo‘lish mumkin emas.
2.
Sinflanish a’zolari hajmi butun tasniflanayotgan sinf hajmiga aynan
teng bo‘lishi lozim. Bu degani, masalan, barcha uchburchaklarni burchaklarining
kattaligi bo‘yicha o‘tkir burchakli, to‘g‘ri burchakli, o‘tmas burchakli
uchburchaklarga bo‘ldik – unda bu asos bo‘yicha boshqa xech qanday uchburchak
bo‘lmasligi kerak.
3.
Xar bir ob’ekt faqat bir quyisinfga tushishi mumkin holos. Masalan,
barcha butun sonlarni juft, toq va sodda sonlarga sinflash mumkin emas. Chunki
bunda 5, 7, 11 va boshqa sonlar bir vaqtning o‘zida ikki sinfga tushib qoladi – ular
ham toq, ham sodda sonlar.
4.
Sinflanish a’zolari o‘zaro bir-birini istisno qilishlari kerak; bu degani,
ulardan xech biri boshqasining hajmiga kirmasligi kerak. Masalan, ilmiy kitoblarni
monografiyalar, darsliklar, ma’lumotnomalar va matematika bo‘yicha kitoblarga
bo‘lish mumkin emas.
Matematika bo‘yicha kitoblar monografiya ham, darslik ham, ma’lumotnoma
ham bo‘lishi mumkin.
5.
Quyisinflarga bo‘lish uzluksiz bo‘lishi kerak, ya’ni eng yaqinda
bo‘lgan quyi sinfni olish kerak va uzoqroqdagi bo‘lgan quyisinfga sakrab ketmaslik
kerak. Aytaylik, tadqiqotlarni fizika, ximiya, biologiya, ekologiya va xokazolar
sohasidagi tadqiqotlar sifatida sinflash mumkin, lekin ximiya, biologiya, ekologiya
va elektrodinamika (fizika bo‘limi) sohasidagi tadqiqotlar sifatida sinflash mumkin
emas. Sababi, oxirgi holatda biz eng yaqin bo‘lgan quyisinf (fizika)dan uzoqroqdagi
bo‘lgan quyisinf – fizikaning bir bo‘limiga “sakrab” ketdik.
Yana shuni qo‘shib qo‘yish mumkin-ki, ob’ektlar, xodisalar, jarayonlarning
aynan bir sinfiga turlicha asos-belgilar bo‘yicha turlicha sinflanishlar qo‘llanishi
mumkin. Chunonchi, mebel quyidagicha sinflanishi mumkin:
-
o‘zi tayyorlangan material asosi bo‘yicha: yog‘ochli, metalli, plastmassali
va xokazo;
-
dizaynining uslubi asosi bo‘yicha: klassik, ampir, viktorian, modern va
xokazo;
-
rangi asosi bo‘yicha: qora, oq, jigarrang va xokazo;
-
funksional mo‘ljallanishi asosi bo‘yicha: stollar, stullar, shkaflar va xokazo.
Ya’ni, aynan bir ob’ektlar ko‘pgina asos bo‘yicha sinflanishi mumkin.
Ishning mantiqiy tuzilmasini barpo qilish jarayonida tadqiqotchi ko‘pincha
“mantiqiy ayrilish”ga duch keladi – “A” yo‘nalishga qarab yurish ham mumkin, “B”
35
yo‘nalishga qarab yurish ham mumkin, “S” yo‘nalishga qarab yurish ham mumkin.
Bunday “ayrilish”lar tadqiqotchining yo‘lida ko‘p uchraydi, barchasini o‘tib
chiqishga, tabiiy-ki, uning vaqti yo‘q, bunga uning butun xayoti ham yetmaydi.
Shuning uchun tadqiqotchi asosiy, istiqbolli deb hisoblagan yagona yo‘l tanlanadi.
Agar “ayrilish” butun ish uchun prinsipial ahamiyatga ega bo‘lsa, bunday holatlarda
- nima uchun bu yo‘nalish tanlanganini asoslab berish lozim bo‘ladi. Lekin “boshqa
yo‘nalish nega tanlanmadi”, deb o‘zini oqlab o‘tirish ham kerak emas. Chunki ilmiy
ishlar mantiqini barpo qilish tajribasiga ega bo‘lgan hamma ilmiy xodimlar bunday
“mantiqiy ayrilishlar” xaqida o‘z tajribasidan biladilar, va bunday tanlov, agar u
asoslangan bo‘lsa, tabiiy hisoblanadi.
Ko‘pincha tadqiqotchi o‘z mantiqiy tuzilmalarini turlicha sinflashlar
bo‘yicha, turlicha jixatlarda taqsimlash lozim bo‘lgan vaziyatga to‘qnash keladi. Va
bu yerda har bir tadqiqotchi albatta boshi berk ko‘chaga (tupikka) duch keladi –
qanday qilib bu barcha jixatlarni takrorlashlarsiz ta’riflash mumkin? Lekin buni
amalga oshirib bo‘lmaydi! Endi - bir jixat, bir sinflanish asosiy deb qabul qilinadi,
boshqalar bo‘yicha material esa ichida bayon etiladi, ya’ni bunda anchagina
mazmun boyligi yo‘qotiladi. Boshqa yo‘l yo‘q.
Va nixoyat, qayd etish lozim-ki, turli asoslar (bu asoslarni ajratish uchun o‘z
navbatida boshqa asoslar mavjud) bo‘yicha sinflanishlar majmui
Do'stlaringiz bilan baham: |