40
so‘zi lotinchadan kelib chiqqan va “ma’qullash, tasdiqlash” ma’nosini beradi.
Tanqidchilar, opponentlar, xakamlar
sifatida hamkasb-olimlar, amaliyotchi
xodimlar hamda ilmiy va pedagogik jamoalar qatnashadi. Aprobatsiya omma
oldidagi ma’ruzalar va chiqishlar,
diskussiyalar shakllarida,
shuningdek, yozma
yoki og‘zaki taqriz shakllarida amalga oshiriladi. Norasmiy aprobatsiya –
hamkasblar, ilmiy bilimning boshqa sohalari mutaxassislari, shuningdek,
amaliyotdagi xodimlar bilan bo‘ladigan suxbatlar, baxs-munozaralar ham muhim rol
o‘ynaydi. Aprobatsiya natijalari bo‘yicha tadqiqotchi paydo bo‘ladigan savollar,
ijobiy va salbiy baholar, e’tirozlar va maslaxatlarning mag‘zini chaqadi, anglaydi,
hisobga oladi. Bu asosda tadqiqotchi o‘z materiallarini to‘ldiradi, qayta ishlaydi,
zarur bo‘lsa – o‘z tadqiqotining ba’zi fikrlarini qayta o‘zgartirib chiqadi.
Natijalarni rasmiylashtirish bosqichi. Aprobatsiya yakunlangach tadqiqotchi
o‘z tadqiqoti natijalarini adabiy rasmiylashtirish va chop qilishga kirishadi. Chunki
ilmiy ishni xox yozma, xox og‘zaki, xox elektron
holda nashr etish tadqiqot
yakunlanishining majburiy sharti bo‘lib hisoblanadi (tabiiy-ki, agar u xaqiqatda
ilmiy ish bo‘lsa): u yoki bu tadqiqotchi tomonidan olingan yangi bilimlar qachonki
jamiyat mulkiga aylangandagina ilmiy bilimga aylanadi.
O‘tkazilgan tadqiqot natijalari adabiy maxsulotning quyidagi shakllarida
rasmiylashtiriladi:
1.
Referat
tadqiqot natijalarini yozma ko‘rinishda taqdim qilishning
boshlang‘ich shakllaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Referat yordamida yangi
tadqiqotchilar o‘z tadqiqotining boshlang‘ich natijalarini bayon qiladilar. Referatda
odatda mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati ochib beriladi, mavzu bo‘yicha chop
qilingan maqolalar taxlil qilinadi, taxlil qilingan ilmiy material bo‘yicha baholar va
xulosalar beriladi. Referat tadqiqotchining aql-zakovatini, uning mavjud ilmiy
axborotlarni mustaqil ravishda taxlil qilish,
tizimlashtirish, sinflash va
umumlashtirish ko‘nikmalarini ko‘rsatishi kerak. Referatlar odatda chop etilmaydi.
2.
Ilmiy maqola
tadqiqotchining eng ko‘p tarqalgan adabiy
maxsuloti
shakli bo‘lib hisoblanadi. Maqolalar ilmiy jurnallarda,
ilmiy yoki ilmiy-metodik
to‘plamlarda chop etiladi. Maqola hajmi odatda 5-15 mashina yozuvi varaqlaridan
iborat. Ilmiy maqolada materialning bayon qilinishi tizimli ravishda va ketma-
ketlikda bo‘lishi lozim. Ishning bo‘limlari o‘zaro mantiqiy ravishda bog‘liq bo‘lishi
lozim. Ishning ilmiy uslubiga aloxida e’tibor qaratilishi kerak. Ilmiy uslub uchun
quyidagi asosiy talablar xos bo‘ladi: bayon etishning aniqligi, so‘zlarni qo‘llashdagi
aniqlik, qisqalik va aniqlik, ilmiy terminologiyaga qat’iy
amal qilishlik, fikrlarni
bayon qilishda ketma-ketlik borligi, mantiqiylik, fikrlar, da’volarning o‘zaro
bog‘liqligi. Matning adabiy taxririga aloxida e’tibor qaratish lozim.
Ilmiy maqolada yakuniy qism, ilmiy xulosalar va takliflarning bayon qilinishi
katta ahamiyatga ega. Maqolaning ushbu qismida tadqiqot natijalarining ahamiyatli
41
jixatlarini qisqa va aniq ajratib berish va ularni amaliyotda qo‘llash yo‘llarini
ko‘rsatish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: