4-mavzu. Tadqiqot jarayoni bosqichlari reja: Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/30
Sana27.01.2023
Hajmi0,81 Mb.
#903517
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
4 мавзу Тадқиқот жараёни босиқчлари

refleksiv fazasiga
qaytamiz. Uning moxiyati shunda-ki, 
tadqiqotchi (yoki tadqiqotchilar jamoasi) natijalarni olgach, ularga nisbatan 
refleksiyani amalga oshirishi – “orqaga nazar tashlashi” va quyidagilarni anglashi, 
solishtirishi, dastlabki va oxirgi holatlarini baholashi kerak: 
-
faoliyat ob’ektini – 
o‘z natijalarini baholash

-
faoliyat sub’ektini, ya’ni o‘zini-o‘zi baholash. 
Natijalarni baholash va o‘z-o‘zini baholashga boshqa kasbdosh-olimlar –
taqrizchilar, opponentlar va xokazolar tomonidan tadqiqotni joriy va yakuniy 
baholashlari anchagina katta ta’sir qiladi. Chunonchi, har qanday dissertatsiya 
ta’rifan muallifning yakka ishi bo‘lgani holda, shu bilan birga, u amalda doimo 
uning muxokamasida qatnashgan ko‘pgina kishilar (ilmiy raxbar, laboratoriya yoki 
kafedra xodimlari)ning fikrlarini hisobga oladi, ya’ni u, qaysidur ma’noda, jamoaviy 
ijodning mevasi bo‘lib hisoblanadi. 
Tadqiqot natijalarini o‘z tomonidan baholashga ularni ilmiy hamjamiyat 
va/yoki amaliyotchilar hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishi (yoki etilmasligi) katta 
ta’sir qiladi. Buning uchun zaruriy shart bo‘lib natijalarni chop qilish hisoblanadi. 
Lekin hamma natijalar ham 
chop
qilinavermaydi
. Eng sodda va nomunosib 
yo‘l bu – qo‘lyozmalarni deponirlash hisoblanadi. Garchi deponirlangan qo‘lyozma 
ham chop qilingan hisoblansa-da, bu qo‘lyozmalarni amalda birov o‘qimaydi. 
Maqolalarni chop qilish masalasi – yana o‘sha maqolani qaerda chop 
qilinishiga bog‘liq. Qay biri yaxshi - birinchi variant – maxalliy oliy o‘quv yurtining 
tiraji 100-200 dona bo‘lgan ilmiy ishlar to‘plamida chop qilishmi yoki ikkinchi 
variant – butun mamlakat bo‘ylab tarqatiladigan markaziy jurnallardan birida chop 
qilishmi? Albatta ikkinchi variant yaxshiroq. har bir jurnalning o‘z taxrir xay’ati 
mavjud, va u ushbu maqolani jurnalda chop qilish qarorini qabul qilgan bo‘lsa, - 
demak maqolaning materiali ilmiy yoki amaliy qiziqish uyg‘otgan. Xuddi shu hol 
tadqiqot natijalarining jamiyat tomonidan e’tirof etilishi shakli hisoblanadi. 
Xuddi shu narsalar kitoblarga – monografiyalar, o‘quv va metodik 
qo‘llanmalar, metodik tavsiyalar va xokazolarga ham tegishli. Ko‘p narsa kitob 
o‘quvchiga qanday yetib borishiga, u qaerda tarqatilishga bog‘liq. Avvallari muallif 
uchun o‘z kitobini muayyan markaziy nashriyotda chop qilish katta qiyinchilik 
tug‘dirar edi. Lekin agar nashriyot kitobni chop qilishga qabul qilgan bo‘lsa, muallif 
uning keyingi taqdiri xaqida bosh qotirmasa ham bo‘laverar edi – kitob-savdo 


48 
tarmog‘i orqali kitob barcha joyga tarqatilar edi va ham ilmiy, ham amaliyot 
xodimlari uchun topilishi oson bo‘lgan. 
Xozirda vaziyat o‘zgargan. Kitob chop qilish anchagina oson bo‘lib qoldi. 
Xozirda boshqa narsa muhim bo‘lib qoldi – uning tarqatilishi – u qaerda va qanday 
sotiladi va u qanday xarid qilinmoqda. Endi sotilgan kitoblar soni - tadqiqot natijalari 
jamiyat tomonidan e’tirof etilishining ko‘rsatkichi bo‘lib qolmoqda. 
Xa aytgancha, G‘arbda yozuvchilarga ham, olimlarga ham nashriyotlar 
mualliflik qalam xaqini kitob tirajining hajmiga qarab emas – chunki kitobni xarid 
qilmasliklari ham mumkin, - balki aynan sotilgan kitoblar soniga proporsional 
ravishda to‘laydilar. 
Oxirgi paytlarda elektron nashrlar, xususan Internetdagi elektron nashrlar 
tobora ommalashmoqda
2

Chop qilingan ilmiy ishlarning “zarurati” ko‘pincha materialning aniqligi, 
bayon etilishining soddaligi, uni taqdim etish shakliga bog‘liq. Bunda muallifga, 
odatda, material qanday yo‘sinda, qanday shaklda taqdim etilsa o‘quvchilar ushbu 
nashrni iliq kutib olishini oldindan topish qiyin. har bir tajribali olim buni biladi. 
Ba’zida shunday bo‘ladi-ki, muallif jiddiy ishni, uzoq va qiyin mexnat natijasini 
chop qiladi – ilmiy ishni esa me’yorida, xotirjam qabul qilishadi. Yana shunday 
holat bo‘ladi-ki, maqola bir zumda, atigi bir kechada yoziladi va bunda natijalar 
xatto muallif uchun ham kutilmagan rakursda taqdim etiladi – ilmiy ish keng 
jamoatda shov-shuv bo‘ladi. 
Bajarilgan tadqiqotning jamiyat tomonidan e’tirof etilishi fakti bo‘lib 
kandidatlik, doktorlik dissertatsiyasining muvaffaqiyatli himoya qilinishi holati 
hisoblanadi. Keyinchalik, ma’lum vaqt o‘tgach, tadqiqotni baholashning iqtiboslik 
kabi shakli “ishlay” boshlaydi, u boshqa mualliflar ushbu tadqiqotga qanchalik ko‘p 
murojaat qilishlarini ko‘rsatadi. To‘g‘risi, ushbu ko‘rsatkich biroz formal 
hisoblanadi. Chunki hamma ilmiy ishlar ham o‘quvchilarning keng ommasiga yetib 
bormaydi-ku. Bu sof nazariy ilmiy ish yoki muayyan tor sohadagi muammo 
bo‘yicha tarixiy tadqiqot ishi va xokazo bo‘lishi mumkin-ku. Lekin baribir, ko‘p 
mamlakatlarda olimning obro‘si, shu jumladan, uning ish xaqi uning 

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish