4-mavzu. Tadqiqot jarayoni bosqichlari reja: Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/30
Sana27.01.2023
Hajmi0,81 Mb.
#903517
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
4 мавзу Тадқиқот жараёни босиқчлари

iqtiboslik 
indeksi 
bo‘yicha baholanadi. 
Tadqiqot natijalarini tashviqot qilish va ular jamiyat tomonidan e’tirof etilishi 
uchun og‘zaki ilmiy muloqot shakllari – tadqiqotchining ilmiy konferensiyalar, 
seminarlar va xokazolardagi ishtiroki ham muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotlar 
natijalarini tashviqot qilish uchun ilmiy muloqotning yozma (maqola chop qilish) va 
og‘zaki (konferensiyalar va xokazolar) shakllari parallel ravishda olib borilishi 
2
Elektron nashrlarda o‘zining “plyus”lari (katta auditoriyani yangi natijalar bilan bir zumda tanishtira olish, samarali 
qidiruv tizimlari mavjudligi va boshqalar) va “minus”lari (ko‘pincha taqrizlash institutining yo‘qligi, sust tartibga 
solingan (strukturalashtirilgan) axborotning katta xajmi qidiruvni qiyinlashtiradi va boshqalar) mavjud. 


49 
kerak. Tajribalar ko‘rsatishicha, konferensiyalar, simpoziumlar va xokazolarda 
ma’ruza, xabarlar bilan og‘zaki chiqish qilishlar ilmiy hamjamiyatni tadqiqot 
natijalari mavjudligi faktiga jalb qilish, e’tibor qaratish va ularni mavjud 
manbalardan o‘qishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish imkonini beradi. Og‘zaki 
ilmiy muloqot bo‘yicha yana bir holni ta’kidlash o‘rinlidir. Garchi har bir 
konferensiyada ish dasturi bo‘lib, rejalashtirilgan ma’ruzalar o‘qilib, reglament 
bo‘yicha yana boshqa tadbirlar o‘tkazilsa-da, olim konferensiyadan asosiy nafni 
ushbu reglamentlashtirilgan tadbirlardan emas, balki tanaffuslarda, banketlarda, 
mexmonxonada va boshqalardagi hamkasblar bilan norasmiy muloqotlarda oladi. 
Sotsiologik baholashlarga ko‘ra, konferensiyada olimlar faqat 30 foiz axborotni 
rasmiy muloqotda (ma’ruzalar va xokazolarda) oladilar, 70 foizini esa norasmiy 
muloqotda oladi. 
Tadqiqot natijalarini ilmiy hamjamiyat tomonidan baholashlaridan tashqari, 
qilingan ishning refleksiyasi, tadqiqotchi tomonidan o‘zini-o‘zi baholashi o‘ta 
muhim ahamiyatga ega. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, o‘zini-o‘zi baholash va o‘z xarakatlarining 
refleksiyasi ilmiy ish jarayonidagi tadqiqotchining butun faoliyatini – 
tadqiqotchining g‘oyasidan tortib to ish natijalarini chop qilishgacha bo‘lgan 
faoliyatini muqarrar qamrab oladi, ilmiy-tadqiqot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati 
shundan iborat. 
Lekin tadqiqotchining faoliyatida aynan tugatib bo‘lingan ishni 
o‘zini 
baholash, refleksiyasi
muhim rol o‘ynaydi, bunda tadqiqotchi o‘ziga-o‘zi javob 
berishi kerak: nima yaxshi chiqdi, nima yomon chiqdi va nega; nega tadqiqotdan 
olingan natijalar uning dastlabki mo‘ljalidan farq qildi (bu hol aksariyat 
tadqiqotlarda uchraydi); qanday nazariy ishlanmalar ortiqchalik qildi, qandaylari esa 
yetishmadi; empirik tadqiqot metodlari to‘g‘ri va yetarli darajada qo‘llanildimi; 
nima va qaerda keraksiz bo‘lib chiqdi, nimaga bekordan vaqt sarflangan bo‘lib 
chiqdi, va xokazo. 
Bularning barchasini keyingi tadqiqotlarda hisobga olish lozim bo‘ladi, 
chunki bir tadqiqotni tugatib, olim (agar u xaqiqiy olim bo‘lsa) darxol keyingisini 
boshlaydi: sikl takrorlanadi. har bir tugatilgan ilmiy ish natijalari bo‘yicha shaxsiy 
ilmiy, shu jumladan, metodologik tajriba to‘planishi tadqiqotlarning o‘sib boruvchi 
spiral bo‘yicha rivojlanishiga olib boradi. 
Tadqiqotdagi refleksiya to‘g‘risida yuqorida aytilganlar “elementar 
refleksiyaga” tegishli edi. Endi yana ilmiy refleksiyaga ham to‘xtalish lozim. 
Ilmiy bilimlar tizimi ustidagi ilmiy (yoki nazariy) refleksiya uni nazariy taxlil 
qilishni, bir qator taxmin, gipotezalarni va ideallashtirishlarni kiritishni, 
o‘rganilayotgan xodisa va jarayonlarni modellashtirishni anglatadi. Ilmiy 
refleksiyaning natijasi bo‘lib esa real bog‘liqliklarning nisbatan chindan aks 


50 
ettirilishi bo‘lgan va, shu bilan birga, (eng avvalo, modellashtirish bosqichida paydo 
bo‘ladigan) bir qator taxminlarni nazarda tutuvchi muayyan yangi bilimlar tizimi 
keladi. Avvalgi bilimlar tizimi ustidagi refleksiya uning chegaralaridan tashqariga 
chiqishga va yangi bilimlarning tug‘ilishiga olib keladi. Chunonchi, nazariy 
refleksiya: Galileyga Aristotelning dunyoga bo‘lgan qarashlar tizimi asoslarini 
(taxminlarini) tanqid qilishga imkon berdi; A. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi 
klassik mexanikaning shunday yashiringan asoslarini aniqladi-ki, ular yaratgan 
mualliflarga ham tushunarsiz edi. Sodda qilib aytganda, ilmiya refleksiya bu – eski 
bilim va yangi bilim o‘rtasidagi, “eski” va “yangi” ilmiy nazariya o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘liqlik. Ilmiy bilimning izchilligi – ilmiy bilishning asosiy prinsiplaridan biri 
bo‘lgan muvofiqlik prinsipini tushunishda qo‘yilgan mazmundir. Ilmiy 
refleksiyaning asosiy metodi bo‘lib 
retrospektiv taxlil
hisoblanadi. 
Ilmiy faoliyat sikli sifatidagi, ilmiy loyixa sifatidagi tadqiqot refleksiv faza 
bilan yakunlanadi.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish