-li//-lu affiksi bilan sifat yasalishi eski o`zbek tilida juda kam uchraydigan hodisa bo`lib, asosan, XIII—XIV asrlarga oid yodgorliklarda kuzatiladi. O’zbek tilida bu affiks bilan yasalgan sifatlarning faol qo`llanishi keyingi davrlardan, asosan, XX asr boshlaridan — o`zbek milliy adabiy tilining shakllanish davrlaridan boshlangan. O’g`uz guruhiga oid turkiy tillarda, masalan, ozarbayjon tilida bu affiks ancha qadimdan shakllangan bo`lib, sifat yasashda faol qo`llanib kelgan. O’g`uz guruhiga oid turkiy tillarda, masalan, ozarbayjon tilida bu affiks ancha qadimdan shakllangan bo`lib, sifat yasashda faol qo`llanib kelgan. -siz/-suz affiksi ma’no jihatdan yuqoridagi affikslarning antonimi hisoblanadi, ya’ni bu affiks bilan yasalgan sifat so`z o`zagidan anglashilgan. predmet, belgi, xususiyatning yo`qligini ko`rsatadi. Bu affiks asosan ot va kishilik olmoshlaridan sifat yasaydi. Mas: Qapug`ing eshiki yarag`siz turur (Rabg`., 31 b). Vasl no’shi dunyada bo’lmas, Atayi, nishsiz (Otoyi, 44 a). Vafasiz behayalar alarni unutubturlar (Nav. MQ, 114). Badasiz yo’q edi bir vayrana (ShN, 104). Malsizliqin unutdi (Sh. tar., 44). Jan-u ko’ngulda yo’qtur sensiz qarar-u aram (Furq. II, 77).
Bu affiks tarkibidagi lab garmoniyasining ta’sirida izchillik yo`q. Qiyoslang: yo’lsuz (Rabg`., 137 a), yazuqsiz (Taf., 38 b; Rabg`., 90 b), bulutsiz (Lutf., 217 a).
Eski o`zbek tilida be- prefiksi bilan yasalgan sifatlar ham ancha keng qo`llangan. Bu sifatlar eron tillaridan o`zlashtirilgan bo`lib, ma’no jihatdan -siz//-suz/ affiksi bilan yasalgan sifatga yaqin turadi. Mas: Alding bechara Lutfiy ko’nglini (Lutf., 214 a). Beniqab chiqqil uyungdin (Otoyi, 16 a). Yalg`an so’z deguchi so’zin bee’tibar qilur (Nav. MQ, 162). Befahm-u bevafa xaramnamak kishi edi (BN, 36). Qilmasayding bevafalik kashke (Furq, 1,97).
-qi/-ki;/-g`i/-gi affiksi payt va o`rin bildiruvchi so`zlarga qo`shilib, paytga, o`ringa munosabatni, xoslikni ko`rsatadi. Mas: Menga qishqi ne’matni yay berur erding, yayqi mevani qish berur erding (Taf., 18a). Ul burunqi ahd-u payman qaydadur (Lutf., 221 b). -daqi/-daki/-dag`i/-dagi affiksi. Bu affiks tuzilish jihatdan murakkab bo`lib, o`rin-payt kelishigi [-da] affiksiga sifat yasovchi –qi/-ki/-g’i/-gi affiksi qo`shilishi bilan hosil bo`lgan. Bu affiks ham o`rin va payt bildiruvchi so`zlarga qo`shilib, o`ringa, paytga munosabatni bildiruvchi sifat yasaydi. Mas: Kelturgil tangdaqi ashimizni (Taf., 10 b). Ul kenddagi kishilar kelib turur (Rabg`., 66 a).
Do'stlaringiz bilan baham: |