Tadqiqiy loyihalar va ularning tavsifnomasi: Bunday loyihalar yaxshi uylangan tuzilmani talab qiladi, unda maqsadlar ko’rsatilgan, tadqiqot predmeti barcha ishtirokchilar uchun dolzarb, ijtimoiy qadr-qimmatli, tegishli uslublar, jumladan, tajribaviy-sinov va ish tajribalari, natijalarni ishlash uslublari bayon qilingan bo’lishi zarur. Bu loyihalar to’lig’i bilan tadqiqot mantig’iga bo’ysungan, mazkur ilmiy tadqiqot bilan taxmina yoki to’liq, ustma-ust tushuvchi tuzilmaga ega bo’lishadi. Bu tur loyihalar tadqiq, uchun olingan mavzuning dolzarbligini ifodalashni, tadqiqot muammosini ta’riflashni, uning predmeti va ob’ektini, mantiqan qabul qilingan ketma-ketlikda tadqiqot masalalarni belgilashni, tadqiqot uslublarini aniqlashni, axborot manbalarini, tadqiqot metodologiyasini tanlashni, belgilangan muammoni hal muammoni hal qilish uchun farazlarni ilgari surishni, uni, shu jumladan tajriba bilan yechish yo’llarini tayyorlashni, olingan natijalarni muhokama qilishni, xulosalar chiqarishni, tadqiqot natijalarini rasmiylashtirishni, tadqiqotni keyingi rivoj-lantirish uchun yangi muammolarni belgilashni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |