4-mavzu: pedagogik tizimlarni loyihalashtirish


O’quv loyihasining turlari va funksiyalari



Download 100,97 Kb.
bet9/15
Sana06.02.2022
Hajmi100,97 Kb.
#433456
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Loyihalash

O’quv loyihasining turlari va funksiyalari. Hozirgi vaqtda ta’lim amaliyotida o’quv loyihasining xilma-xil turlaridan foydalaniladi. YA’ni:
O’quv loyihalarining turlari

Xarakteri

Turlari

Etakchi faoliyat turiga ko’ra

Tadqiqot loyihalari

Amaliy loyihalar

Axborotli loyihalar

Fan bo’yicha yo’nalganligiga ko’ra

Monoloyiha

Fanlararo loyiha

Davomiyligiga ko’ra

Uzoq muddatli
loyihalar

O’rta muddatli
loyihalar

Qisqa muddatli
loyihalar

Ishtirokchilar soniga ko’ra

Individual
loyihalar

Guruhli
loyihalar

Ta’lim maqsadiga ko’ra

Axborotli loyihalar

Tadqiqot loyihalari

Amaliy loyihalar

Ijodiy loyihalar

O’yinli (rolli) loyihalar




























M: agar o’qituvchi o’quvchida axborotlar bilan ishlash malakalarini, matnni tahlil etish, turli manbalardagi ma’lumotlarni tasniflash va tekshirish ko’nikmalarini rivojlantirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ysa, u holda axboriy tavsifdagi o’quv loyihasidan foydalanishi maqsadga muvofiq. Axboriy tavsifdagi loyihaning maqsadi aynan ma’lumotlarni to’plash, axborotlarni rasmiylashtirish va taqdim etishdan iborat. Albatta, o’quv loyihasining istalgan turida axborot to’plash bosqichi bor, biroq bu yerda u o’quv ishi vositasi bo’lib xizmat qiladi, axboriy tavsifdagi loyihada esa, asosiy maqsad sifatida belgilanadi. Mazkur holatda o’quvchi faoliyati aynan axborotlar bilan ishlashga yo’naltiriladi. SHu bilan birgalikda o’quvchida axboriy kompetentlikni rivojlantirish asosiy vazifa sifatida belgilanadi.
O’quvchilarning analitik, tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, idrok etishning mantiqiy usullarini o’zlashtirish va katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash maqsad qilib qo’yilsa, tadqiqotchilikka doir o’quv loyihasidan foydalanish maqsadga muvofiq. Mazkur o’quv loyihasining maqsadi loyiha farazini asoslab berishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun tajriba-sinov ishlari o’tkazish, olingan natijalarni tahlil etish, umumlashtirish, taqqoslash, rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash, bundan tashqari xulosalar chiqarish, o’z nuqtai nazarini asoslash zarur. Ana shu tarzda tadqiqotchilikka doir o’quv loyihasida asosiy e’tibor fikriy kompetentlikni rivojlantirishga qaratiladi.
Ma’lum bir fan yoki fanlarga doir amaliy ko’nikma va malakalarni rivojlantirish zaruriyati paydo bo’lganda amaliy yo’naltirilgan loyihalardan foydalanish yaxshi samara beradi. Eng oddiy holatda, o’qituvchi o’quvchilardan fanga doir tarqatma materiallar yoki o’yinlar ssenariysi, glossariy, tarixiy atlaslar yaratish topshirig’ini buyurishi mumkin. Amaliy yo’naltirilgan loyihalar bilan ishlash jarayonida o’quvchilarda nafaqat fanga doir bilim, ko’nikma va malakalar rivojlanibgina qolmay, balki faoliyatga doir kompetentlik ham qaror topadi.
O’quv loyihasida eng katta e’tibor o’quvchilarda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratiladi. Aynan ijodiy loyiha o’quvchilarga o’zini namoyon eta olish, istalgan janrdagi asarni yaratish imkonini beradi. SHuningdek, ijodiy loyihalar o’quvchilarni guruhdagi maqomining oshishi, o’z-o’zini baholashga imkon berishi orqali ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Har qanday ijodiy ish uni taqdim etish va sinf jamoasi bilan qayta aloqani taqozo etadi. Ana shu sababli ijodiy loyihalar o’quvchilarda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishga katta ta’sir ko’rsatadi[2].
Loyihalarning tipologik belgilari (E.S.Polat):
1. Loyihadagi asosiy faoliyat: tadqiqiy, izlash, ijodiy, rolli, amaliy (amaliy yo’naltirilgan), tanishtiruv - yo’naltirilgan va boshqalar.
2. Predmetli-mazmuniy soha: kichik loyiha – biror bilim sohasi chegaralarida; fanlararo loyiha .
3. Loyihadagi harakatlar mazmuni (bevosita (qattiq, egiluvchan, yashirin) va bilvosita (to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etmasdan, loyiha qatnashchisiga taqlid qiluvchi).
4. Aloqalar mazmuni (ishtirokchilarning bir o’quv yurtidan, shahardan, hududdan, davlatdan, dunyoning turli mamlakatlaridan ekanligi).
5. Loyiha ishtirokchilarining soni.
6. Loyihani bajarish muddati.

Download 100,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish