4-MAVZU: PEDAGOGIK TIZIMLARNI LOYIHALASHTIRISH.
Uzluksiz ta’lim tizimida loyihalashtirishning o’rni va imkoniyatlari.
Pedagogik loyihalashtirishning konseptual asoslari
Pedagogik loyihalash shakllari
Pedagogik loyihalashning tamoyillari
Pedagogik loyihalash bosqichlari
O’quv loyihalarning turlari.
Pedagogning loyihalash madaniyatini rivojlantirishga doir kopetensiyalar va ularning o’ziga xosliklari.
Pedagogik obektlarni loyihalashtirishga doir harakatlar tartibi va tavsifi.
Tayanch tushunchalar: o’quv loyihalari, talabalarning o’quv loyihalari, talabalarning o’quv loyihalarini tashkil etish, loyihaning tashqi baholash mezonlari, o’quv loyihalarini amalga oshirish bosqichlari.
Pedagogik tizim – pedagogik texnologiyanng asosi. Pedagogik tizim bir butun, harakatlanuvchi yaxlit ijtimoiy-pedagogik hodisa bo’lib, u o’quvchi, ta’lim-tarbiyaning maqsadi, mazmuni, o’quv jarayoni, o’qituvchi yoki texnik vositalar, ta’lim-tarbiya-ning tashkiliy shakllaridan tuziladi.
Pedagogik tizim didaktik vazifa va ta’lim texnologiyalarini o’z ichiga oladi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi va mazmuni – didaktik vazifa; o’quv jarayoni, o’qituvchi yoki texnik vositalar, ta’lim-tarbiyaning tashkiliy shakllari – ta’lim texnologiyasi.
Ta’lim muassasasining pedagogik tizimi – bir maqsadga yo’naltirilgan, tashkiliy tizim bo’lib, o’sib kelayotgan avlodni jamiyat hayotiga jalb etish, ularni jamiyat madaniyatini o’zlashtiruvchi, ijodkor, faol shaxs qilib rivojlantirish uning asosiy maqsadi hisoblanadi. Bu maqsad ta’lim muassasasi pedagogik tizimini takomillashtirish-ning barcha bosqichlarida, uning didaktik, tarbiyaviy tizimlarida hamda pedagogik jarayon barcha qatnashchilarining kasbiy va erkin muloqoti(boshqarish)da amalga oshiriladi.
Nazariy konsepsiya uchta o’zaro bog’langan, o’zaro bir-biriga singib ketuvchi, bir-biriga bog’liq bo’lgan: didaktik, tarbiyaviy hamda muloqot(boshqaruv) tizimlarida amalga oshiriladi. Bu tizimlar takomillasha borib, o’z navbatida nazariy konsepsiyaga ta’smr ko’rsatadi.
Ta’lim texnologiyasining asosiy maqsadi ham, o’quv predmetlarini to’liq o’zlashtirishga mos keladigan ta’lim loyihasini yaratishdir. Bunday loyiha hozirgi zamon psixologiyasi, didaktikasi va pedagogik amaliyotining asosiy va ilg’or g’oyalariga tayangan holdagina yaratiladi.
Loyiha (lotincha projectus – oldinga tashlangan) – tasvir, asoslanma, aniq hisob kitob, chizmalar shaklida aks ettirilgan g’oya, ma’lumotning mohiyatini ochib beruvchi, ularni amalga oshirishning aniq yo’llarini belgilab beruvchi g’oyalar, fikrlar, obrazlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |