4-mavzu: pedagogik tizimlarni loyihalashtirish


Talabalarning o’quv loyihalarini tashkil etish



Download 100,97 Kb.
bet14/15
Sana06.02.2022
Hajmi100,97 Kb.
#433456
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Loyihalash

Talabalarning o’quv loyihalarini tashkil etish. Loyihalar ustida ishlashda nafaqat tadqiqotchilar, ko’pgina boshqalar ham, talabalarning mustaqil bilish faoliyatining turli uslublaridan foydalanadilar. Ular orasida tadqiqot uslubi deyarli markaziy o’rinni egallaydi, lekin, katta qiyinchiliklar tug’diradi. SHu sababdan bu uslubning tavsifnomasi ustida to’xtalish muhim hisoblanadi. Tadqiqot uslubi yoki tadqiqot loyihalari uslubi ilmiy metodologiya asosida dunyoni o’rganishni rivojlantirishga asoslanadi, bu esa umumiy ta’limning o’ta muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
O’quv-tadqiqot loyiha va umumiy metodologik yondashuvga muvofiq tuziladi: tadqiqot faoliyati maqsadlarini aniqlash (loyihani tayyorlashning bu bosqichi o’qituvchi tomonidan bajariladi); boshlang’ich materialning tahlili natijalari bo’yicha tadqiqot muammosini o’rtaga tashlash (bu bosqichda loyiha ishtirokchilarining mashg’ulotlardagi mustaqil faoliyati ko’rsatilishi ma’qul, m: “Aqliy hujum” shaklida); quyilgan muammoni yechishning imkonli usullari va kelajak tadqiqot haqidagi farazni ta’riflash; ochilgan muammolarga aniqlik kiritish, ma’lumot to’plash, uni ishlash, natijalar tahlili, tegishli hisobotni tayyorlash, olingan natijalarning amalda qo’llanilishini muhokama qilish.
Loyihalash ta’lim uslubining amalga oshirilishi pedagog faoliyatining o’zgarishiga olib keladi. U tayyor bilimlar tashuvchisidan o’z talabalarining bilish faoliyatining tashkilotchisiga aylanadi. O’quv xonasidagi psixologik muhit ham o’zgaradi, chunki pedagogga o’z o’quv-tarbiya ishi va talabalarning ishini turli-tuman mustaqil faoliyatlariga, tadqiqot, izlanish, ijodiy xarakterdagi faoliyat ustunligiga qaratishiga to’g’ri keladi[3].
Barcha loyihalarga tashqi baho zarurligi to’g’risida alohida shuni qayd etish lozim, chunki faqat shu yo’l bilan ularning samaradorligi, kamchiliklar borligini, o’z vaqtida tuzatish ishlarini olib borish mumkin. Bunday baholash tavsifnomasi ko’pincha loyihaning tipiga, uning mavzuiga, mazmuniga, o’tkazish shartlariga bog’liq buladi. Agar bu tadqiqot loyihasi bo’lsa, u albatta o’ziga o’tkazish bosqichlarini ham qabul qiladi, bunda loyihadan muvaffaqiyat ko’p jihatdan alohida olingan bosqichlarda ishning to’g’ri tashkil qilinganligiga bog’lik bo’ladi. SHunga ko’ra talabalarning bunday faoliyatini bosqichlar bo’yicha kuzatish, uni qadam-baqadam baholab turish zarur. SHu bilan birga bunda baholash, hamkorlikdagi kabi, baho quyish ko’rinishida bo’lishi shart emas. Rag’batlantirish shakllari, eng oddiysidan boshlab, turlicha bo’ladi: “Hammasi to’g’ri. Davom etaveringlar” yoki “To’xtash va uylab ko’rish zarur. Nimadir o’ngidan kelmayapti. O’ylab ko’ringlar”. Musobaqa mazmuniga ega uyin loyihalarida, ko’p ballik tizimdan (12 dan 100 ballgacha) foydalanish ma’qul. Ijodiy loyihalarda ko’pincha oraliq natijalarni baholashga imkon bo’lmaydi. Lekin doimo ishni kuzatish kerak bo’ladi. Boshqacha aytganda, loyihani tashqi oraliq va yakuniy baholash zarur, lekin u mavjud omillarga bog’liq ravishda turli shaklda bo’ladi. Pedagog yoki ishonchli mustaqil tashqi xolislar birgalikda faoliyatning doimiy monitoringini o’tkazib turishadi, lekin bu xushmuomalalik, zarur bo’lsa loyiha ishtirokchilariga yordam berish tariqasida olib boriladi.
Loyihani tuzilishiga umumiy yondoshuv masalalariga to’xtalish lozim:
Doimo loyiha mavzusi, uning turi, ishtirokchilar sonini tanlashdan boshlash kerak. So’ng, pedagog belgilangan mavzular doirasida tadqiq etish zarur bo’ladigan muammolarning imkonli ko’rinishlarini aniqlaydi. Muammolarning o’zi talabalar tomonidan, pedagog yordamida qo’yiladi (yo’llovchi savol-javoblar, muammolarni belgilashga olib keluvchi vaziyatlar, shu maqsaddagi videolavhalar va hokazo). Bunda jamoaviy muhokama etish yo’li bilan “Aqliy hujum” uyushtirish ma’qul bo’ladi. Eng muhimi vazifalarni guruhlar bo’yicha taqsimlash, tadqiqotning imkonli usullarini muhokama qilish, axborotlar, ijodiy holatlarni izlash. Bundan keyin loyihaga qatnashuvchilarning yakka tartibda yoki guruhlar bo’yicha tadqiqiy, ijodiy masalalari bo’yicha mustaqil ishlari boshlanadi. Guruhlarda olingan natijalarni oraliq muhokama qilishlar doimo o’tkaziladi. Loyihalarni bajarishning zaruriy bosqichi: ularni himoya qilish, ularga baho berishdir.
Ish uni jamoa o’rtasida muhokama qilish, xolis xulosalash, tashqi baho natijalarini e’lon qilish, xulosalarni bayon qilish bilan tugaydi.
O’quv loyihalarini amalga oshirish bosqichlari. O’quv loyihasini ishlab chiqish bosqichlari: tayyorgarlik (motivatsiya, muammoli vaziyatlarni aniqlash, mavzuni tanlash, loyihaning maqsadini belgilash); loyihalashga doir (umumiy rejani ishlab chiqish, faoliyatni amalga oshirishning aniq rejasini tuzish, tanlab olingan nuqtai nazar bilan bog’liqlikda topshiriqlarni talabalar o’rtasida taqsimlash, mustaqil ish, guruhlarda ishlash, “aqliy hujam”, praktikum va boshqalar); amaliy (muammoni tadqiq etish, ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash, natija olish, natijalarni sinovdan o’tkazish, natijalarni grafik ko’rinishida taqdim etish, hujjatlarni rasmiylashtirish); analitik (rejalashtirilgan ishlar va olingan natijalarni taqqoslash, umumlashtirish va xulosalash); nazorat va baholashga doir (muvafaqqiyatlarni va yo’l qo’yilgan xatolarni tahlil etish, xatolarni to’g’rilash yo’llarini izlash, real holat bilan bog’liqlikda loyihaga o’zgartirishlar kiritish); yakuniy (ish mazmuni bilan tanishtirish, xulosalarni asoslash, loyiha himoyasi).



Download 100,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish