4-mavzu. Narxni shakllantirish tamoyillari va davlat nazorati
Reja:
4.1. Maksimal va minimal narxlar.
4.2.Narxning bozor faoliyatiga ta’siri.
4.3. Narx ustidan nazoratning salbiy oqibatlari.
4.1. Maksimal va minimal narxlar
Bozor
muvozanatini
ta’minlashda
iste’molchi
va
ishlab
chiqaruvchi
ortiqchaligidan foydalanish orqali, ya’ni narxlarni davlat tomonidan nazorat qilish
maqsadida maksimal va minimal narxlarni belgilashni ko’zda tutadi.
Davlat bozordagi narxlarni nazorat qilish orqali bozor mexanizmini tartibga
solishga harakat qiladi. Bunda davlat ikkita maqsadni ko’zlaydi: ishlab chiqaruvchilarni
qo’llab-quvvatlash yoki iste’molchilarni qo’llab-quvvatlash . Iste’molchilarni narx
tomondan qo’llab-quvvatlashda davlat qonuniy asosda ba’zi tovarlarga muvozanat
darajasidan pastroq narxlarni qayd etgan holda eng yuqori narxni o’rnatadi. Bunda
sotuvchilar ushbu qayd etilgan narxdan yuqori narxda sotishlari taqiqlanganligi e’lon
qilinadi. Narx muvozanat narxidan past o’rnatilganda, bozorda tovar taqchilligi yuzaga
keladi. Erkin bozor sharoitida bu taqchillik tezda yo’qoladi, biroq narxlar qayd etilgan
sharoitda, bozor mexanizmi ishlamaydi va bozorda barqaror taqchillik paydo bo’ladi.
Bu narx chegarasining ijobiy tomoni, muvozanat narxida harid qila olmagan
iste’molchilarda bu tovarlarni sotib olish imkoniyatining tug’ilishidir. Biroq, uning
salbiy tomonlari ko’proq:
ushbu tovarni ishlab chiqarish hajmining qisqarishi;
ehtiyojlarning kamroq qismi qondirilishi;
bozorda taqchil tovarlarga navbatning ortib ketishi, hattoki bu navbatda
turganlarga ham u etmasligi mumkin;
“qora bozor”ning paydo bo’lishi va boshqalar.
Davlat ba’zida ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash maqsadida narxlarning
quyi chegarasini qonuniy ravishda o’rnatadi. Agar bu chegara muvozanatli narxdan
yuqori bo’lsa, bozorda barqaror tovar ortiqchaligi paydo bo’ladi. Demak, davlatning
bozor mexanizmiga muvozanat narxidan yuqori darajadagi narxlarni o’rnatish yo’li
bilan aralashuvi ham yo’qotishlarga olib keladi va oqibatda u ham samarasiz
hisoblanadi.
Davlat bozor mexanizmini tartibga solishda soliqlar va dotatsiyalarni ham
qo’llaydi. Bu aralashuv ham bozor mexanizmini amal qilishini samaradorligi
pasayishiga va sof yo’qotishlar paydo bo’lishiga olib keladi.
Ba’zi vaqtlarda bozor narxi davlat tomonidan o’rnatiladi. Agar o’rnatilgan narx
̃
muvozanat narxidan P
e
kichik bo’lsa
̃
e
(P
e
- muvozanat narx) va narxni undan
yuqori belgilash ta’qiqlansa, bunday narxlar maksimal narxlar, aksincha o’rnatilgan
narx
̃
muvozanat narxidan P
e
katta bo’lsa,
̃
>P
e
(P
e
-muvozanat narx) va narxni undan
pastroq belgilash ta’qiqlansa bunday narxlar minimal narxlar deb yuritiladi.
Maksimal narx ba’zi bir mahsulotlarga aholini ushbu mahsulot bilan ma’lum
darajada ta’minlash maqsadida, minimal narx esa mahsulot ishlab chiqaruvchilarni
himoya qilish uchun davlat tomonidan o’rnatiladi.
Talab va taklif nazariyasiga ko’ra, maksimal narxning o’rnatilishi mahsulot
tanqisligiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |