4-Ma'ruza Optikaning asosiy qonunlari. To‟lqin optikasi


Yoruglikning sinish qonunlari



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana25.04.2022
Hajmi0,92 Mb.
#581463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
12-ma'ruza Optikaning asosiy qonunlari

Yoruglikning sinish qonunlari. 
Yorug„likning sinish qonuni. Bir muhitdan ikkinchi muhitga 
o„tgan nurning o„z yo„nalishini o„zgartirishiga yorug„likni sinishi deyiladi. 
Tushayotgan nur, 
singan nur hamda ikki muhit chegarasidagi, nurning tushish nuqtasiga o‘tkazilgan 
perpendikular bir tekislikda yotadi (rasm 1.7). 
 
 
9.7- rasm 
Tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati shu ikki muhit uchun o‘zgarmas 
kattalikdir:
(1.5)
 
bu erda 
– ikkinchi muhitning birinchisiga nisbatan nisbiy sindirish ko„
rsatkichi.
Muhitning absolyut sindirish ko‘rsatkichi.
 
Muhitning absolut sindirish ko‘rsatkichi deb, uning 
vakuumga nisbatan olingan sindirish ko‘rsatkichiga aytiladi. U yorug‘likning bo‘shliqdagi 
tezligi c ning shu muhitdagi tezligi v ga nisbati bilan aniqlanadi, ya’ni
(1.6) 
To„la ichki qaytish, 
Tola optikasi. 
Yorug„lik biror materialda n sindirish ko„rsatkichi 
kichikbo„lgan ikkinchimaterialga (masalan, suvdanhavoga) oo„tsa, singan yorug„lik nurlari 1.8-
rasmdagi 
va 
nurlar kabi normaldan ko„proq og„adi. Ba‟zi tushish burchaklarida urlarning 
sinish burchaklari
ga eng bo„lib, singan nur ikki materialni chegarasi bo„ylab tarqaladi (


nur).
tushish burchagiga – chegaraviy burchak deyiladi. Snellius qonunidan 
quyidagicha 
topiladi
 
. (1.7) 
dan kichik bo„lgan ba‟zi bir tushish burchagida, nurning bir qismi sinadi boshqa qismi esa 
ikki muhit chegarasidaa qaytadi. Ammo, tushish burchagi 
dan kattaroq bo„lgan hol uchun, 
Snellius qonunidan bizga ma‟lum bo„ladiki, ya‟ni 
bo„lganida 

ifodaning qiymati 
dan katta bo„ladi. Burchakning sinusini qiymati hech qachon 
dan 
katta bo„lishi mumkin emas. Bu holda sinuvchi nur umuman yoruq va 1.8-rasmdagi 
nurga 
o„xshab, hamma yorug„lik qaytadi. Bu hodisaga yorug`likning to„la qaytishi deb ataladi. Faqat 
ikkinchi muhitning sindirish ko„rsatkichi kichik bo„lganida, ikki muhit chegarasiga tushgan 
nurlarning to„la ichki qaytishi hodisasi ro„y beradi. 
Ikkinchi muhitning sindirish ko„rsatkichi kichik bo„lgandagina, to„la ichki qaytishi hodisasi ro„y 
beradi. 
9.8-rasm. 
bo„lganida, agar tushish burchagi 
bo`lsa, xuddi 
nur kabi 
yorug„lik nurlari to„la ichki qaytadi. Agar 
,
va 
kabi yorug„lik nurlarining bir qismi 
qaytadi va qolgan qismi sinadi. 
Optik tolalar; Meditsina qurilmalari 
Optik tolalar-kommunikatsiya (aloqa tizimi) tarmoqlarida va meditsinada qo‘llaniladi -
bronxoskopiya, kolonoskopiya va endoskopiya. 
Optik tolalar ning ishlash prinsipi asosida to„la ichki qaytish yotadi. Odatda, diametri bir necha 
millimetrdan tashkil topgan ingichka shisha yoki plastik tolalardan foydalaniladi. Slindrsimon 
shaffof tolalar o„ramiga – svetovod (yorug„lik tashuvchi truba) yoki optik tolali kabel deyiladi. 
Yorug`lik shaffof tola bo„ylab to„la ichki qaytish orqali deyarli so„nmasdan tarqaladi. 1.9-rasmda 
yorug„lik nurining qanday qilib ingichka tola devorlariga faqat qiya urilib qaytishi ko„rsatilgan 
va bunda to„la ichki qaytish hodisasi sodir bo„lishi ko„rsatilgan. Hatto agar svetovod kabel chigal 
holda o„ralib biroz bukilganda ham chegaraviy burchak o„zgarib ketmaydi, yorug„li amalda 
kamaymasdan (o„zgarmasdan) oxirgi nuqtagacha boradi. Yo„qotishlar juda kichik qiymatlarda 
sodir bo„ladi, asosan tola ichida ketma-ket qaytishlarning oxirida yorug„lik absorbsiyasi 
(yutilishi) hisobiga juda kichik yoqotiladi.
9.9-rasm. Yorug„lik shisha yoki 
shaffof plastik tolaning ichki sirtida 
to„liq qaytadi. 
Kommunikatsiya va meditsinada sohasida optik tolali kabellarni qo„llash juda muhim 
hisoblanadi. Ular (optik tolalar) telefon tarmoqlarida, video signallar va kompyuter 
ma‟lumotlarini uzatishda simlar o„rnida foydalaniladi. Signallar yorug„li nurlariga 
modulyatsiyalanadi (yorug`lik nurlari intensivligi tez o„zgara oladi) va ma‟lumotlar juda katta 
tezliklarda, kam yo„qotishlar bilan va mis simlardagi elektr signallari bo„lganidan ko„ra kam 
interferensiyalar (ya‟ni, interferensiya hodisasi tufayli to„sqinliklar) bilan uzatiladi. Optik tola 
yuzdan ortiq har xil uzunlikli to„lqinlar bilan sekundiga 10 gigabit (
) informatsiya 
(axborot) ni o„tkazaoladigan qilib ishlangan. Bu yuzdan ortiq to„lqinlarni sekundiga bir terrabit 
tezlik bilan o„tkazaoladi degan gapdir.
9.10-rasmdagiga o„xshash, optik tolalarni tasvirni aniq uzatish xususiyati asosan meditsinada 
ahamiyatlidir. Masalan, bemorning og„zi orqali bronxoskop deb ataluvchi optik tolali kabelni 
osongina qo`yib, o„pkasining pastki bronxlarini tekshirish mumkin. O„pkani yoritish uchun 
chetki qo„shimcha optik tolalar orqali yorug„lik yuboriladi. Qaytgan yorug„lik asosiy optik 
tolalar orqali qaytadi. Yorug„lik bevosita har bir optik tola orqali yuqoriga etib keladi. Optik 
tolaning bir tomonida kuzatuvchi xuddi televizor ekraniga o„xshash yorug„ va qora dog„lar 
seriyasini kg„radi, tasvir esa tolaning ikkinchi tomonida hosil bo„ladi. Har bir tolaning uchiga 


linzalar qo„yiladi. Tasvirni esa bevosita ekranda yoki plyonkada ko„rish mumkin. Tolalar bir 
biridan sindirish ko„rsatkichi tolanikidan kichik bo„lgan qoplama bilan izolyatsiyalangan 
(ajratilgan) bo„lishi lozim. Tolalar qanchalik ko„p bo„lib, shunchalik ingichka bo„lishi tasvirning 
aniq bo„lishiga olib keladi. Bronxoskop, kolonoskop (yo„g„on ichakni tekshirish uchun) va 
endoskop (oshqozon yoki boshqa organlar uchun) kabi qurilmalar o„rganish (tekshirish) qiyin 
bo„lgan joylarda juda foydalidir.
 
Ko„p asrlik tajribalar natijasida va yorug„lik haqidagi tasavvurlarning kengayishi oqibatida 
yorug„likning korpuskulyar (N.Nyuton) va to„lqin (R.Guk va X.Gyuygens) nazariyalari yaratildi. 
Korpuskulyar nazariyaga binoan yorug„lik-nurlanayotgan jismlardan otilib chiquvchi zarra 
(korpuskula)lardan iborat bo„lib, ular to„g„ri chiziq bo„ylab tarqaladilar. 
 
To„lqin 
nazariyasida esa yorug„lik efir deb ataluvchi muhitda tarqaluvchi elastik to„lqindan iborat bo„lib, 
u barcha jismlardan sizib o„tuvchi va elastiklikka hamda ma‟lum zichlikka ega bo„lgan muhit 
deb qabul qilingan. 
To„lqin nazariyasi Gyuygens prinsipiga asoslanadi: 
S
yorug„lik manbaidan tarqalayotgan 
AB
to„lqin frontini ko„rib chiqamiz. Yorug„lik tarqalayotgan muhit izotrop muhit (ya‟ni to„lqin 
tezligi hamma yo„nalishda bir xil) deb qabul qilamiz. 
AB
to„lqin frontining 

vaqtdan keyingi 
vaziyatini aniqlash uchun radiusi
r=υt
to„lqin etib borgan har bir nuqta ikkilamchi to„lqin 
manbai bo„lib hisoblanadi. Ulardan paydo bo„lgan to„lqinlarning qo„shilib, bir sirtga birlashishi 
natijasida vaqtning keyingi momenti uchun 
CD
to„lqin fronti hosil bo„ladi. 
Gyuygens prinsipi yorug„likning tarqalishini tahlil qilishga hamda uning qaytish va sinish 
qonunlarini keltirib chiqarishga imkon beradi (rasm 9.11). Bu nazariyalar amalda qo„llanilganda 
ba‟zan o„zaro teskari xulosalar, natijalar kelib chiqdi. Buni yorug„likning sinishi misolida 
ko„rishimiz mumkin. 

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish