2.
Y
orug‘lik kuchi
- yorug„lik manbayidan fazoviy burchak bo„ylab tarqalayotgan yorug„lik
oqimining shu fazoviy burchakka nisbati bilan aniqlanadi:
(1.1)
Yorug„lik kuchining SI dagi birligi – kandela (cd)
.
Agar to„la fazoviy burchak 4p sr ga tengligini nazarda tutsak,
(1.2)
ni hosil qilamiz.Agar (1) dan yorug„lik oqimini aniqlasak,
(1.3)
ni olamiz. Topilgan ifoda yordamida yorug„lik oqimining SI dagi birligi lumenni (lm) aniqlash
mumkin.
Lumen –
1 sr
burchak bo‘ylab
1 cd
yorug‘lik kuchiga teng nurlanish chiqaradigan nuqtaviy
manbaning yorug‘lik oqimi.
3.
Yoritilganlik
–
S
yuzali sirtga tushayotgan F yorug„lik oqimining shu yuzaga nisbati bilan
aniqlanadi:
(1.4)
Yoritilganlikning birligi – luks (lx).
Luks –
1 lm
yorug‘lik oqimining
1
yuzada tekis taqsimlanganda hosil qiladigan
yoritilganligi.
Demak,
yorug‘lik tushayotgan sirtdagi yoritilganlik yorug‘lik kuchiga to‘g‘ri, yorug‘lik
manbayidan yoritilayotgan sirtgacha bo‘lgan masofaning kvadratiga esa teskari proporsional
bo‘lar ekan
.
Geometrik optika
–
optikaning yorug‘lik nurlari haqidagi tasavvurlar asosida optik nurlanish
(yorug‘lik)ning tarqalish qonuniyatlarini o‘rganadigan bo‘limi.
Geometrik optikada ozgina tushuncha va qonunlar (yorug„lik nuri to„g„risida tasavvur,
yorug„likning qaytishi va sinishi qonunlari)ga asoslanib, ko„pgina muhim amaliy natijalarni olish
mumkin.
Yorug„lik tabiati to„g„risidagi tasavvurlarning rivojlanishi.
Optika fani fizikaning katta va
muhim bir qismi bo„lib, yorug„likning tabiati, qonuniyatlari va jism bilan o„zaro ta‟sirlashuv
jarayonini o„rganadi. Inson qachonlardir olamga kelib ko„zini ochganda, albatta birinchi bo„lib
uning ko„ziga nur tushgan, olamni ko„rgan. Lekin nurning tabiati to„g„risida ilmiy tushunchalar
faqat XIX asrga kelib shakillana boshladi. Bu vaqtga kelib bir-biridan prinsipial ravishda farq
qiladigan ikki nazariya paydo bo„ldi. Nyuton ishlab chiqqan korpuskulyar nazariya va Gyuygens
ishlab chiqqan to„lqin nazariya XIX asrning oxirigacha korpuskulyar nazariya ustunlik qilib
keldi. Faqat XIX asrning boshlarida Yung (1801y) va Frenel (1815 y) to„lqin nazariyasini ancha
takomillashtirdilar,yangi to„lqin nazariya asosiga Gyuygens-Frenel prinsipi qo„yildi. Tez orada
Gyuygens-YUng-Frenel nazariyasi deyarli hamma optik jarayonlarni, shu jumladan,
interferensiya, difraksiya va polyarizasiyani tushuntirib bera oldi, bunda efir tushunchasi
ishlatilmadi. Natijada korpuskulyar nazariya vaqtincha chetga surib qo„yildiLekin yorug„likning
to„lqin tabiati ekanligi haqidagi tushunchalar XIX asrning oxirigacha hukmron bo„lib keldilar,
lekin bu paytga kelib to„lqin nazariya tushuntirib bera olmaydigan anchagina ilmiy faktlar
yig„ilib qoldi, kimyoviy elementlarning nurlanish spektrlari, issiqlik nurlanishining spektral
taqsimoti, fotoeffekt va boshqa optik jarayonlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |