104
1.
Silliq va g‘adir-budur sirtlarga yorug‘likning
tushishida qanday
holat kuzatiladi?
2.
Diffuz qaytish deb nimaga aytiladi?
3.
Shaffof bo‘lmagan sirt deb qanday sirtga aytiladi va uning o‘ziga
xos jihatlari nimalardan iborat?
4.
Qanday qaytish modellarini bilasiz va ularni xarakterlab bering.
5.
Nima uchun sirt normallari va qaytish burchaklarini hisoblashga
ehtiyoj sezamiz?
6.
Sirt normalini hisoblashning qanday usullarini bilasiz?
7.
Silliq qaytish deb nimaga aytiladi?
8.
Bo‘yashning Guro va Fong usullari orasidagi farqli jihatlarni
ko‘rsating.
Tayanch iboralar:
diffuz qaytish,
shaffof sirt, noshaffof sirt,
silliq qaytish, Guro usuli, Fong usuli, sirt normali.
4.4. Yorug‘lik va uni modellashtirish. Rang modellari
Yorug‘lik interferensiyasi
Interferensiya — to‘lqin xossalarining
ishonchli asoslaridan
biri.
Interferensiya ixtiyoriy tabiatli to‘lqinlar uchun xos. Yorug‘lik
to‘lqinlari interferensiyasi deb ikkita kogerent to‘lqinlarning qo‘shi-
lishiga aytiladi va buning natijasida fazoning har xil nuqtalarida
natijaviy yorug‘lik tebranishi kuchayishi yoki susayishi kuzatiladi.
Bir xil chastotaga ega va vaqt bo‘yicha
fazalar farqi
o‘zgarmaydigan to‘lqinlar
kogerent to‘lqinlar
bo‘ladi.
Lazerlardan boshqa barcha yorug‘lik manbalari kogerent emas.
Yorug‘lik interferensiyasini kuzatish uchun kogerent yorug‘lik
taramini hosil qilish lozim.
Lazerlar paydo bo‘lgunga qadar yorug‘lik interferensiyasini
kuzatish uchun kogerent taram bir yorug‘lik
manbaidan tarqa-
layotgan yorug‘likni ajratib nurlar tashkil qilish yo‘li orqali hosil
qilingan. Buning uchun tirqish, oyna va prizmalardan foydalanilgan.
XIX asrning boshida ingliz olimi Tomas Yung yorug‘lik
interferensiyasini kuzatish tajribasini o‘tkazgan.
105
Tor tirqishdan o‘tkazilgan yorug‘lik
orqasida ekran turgan
ikkita o‘zaro yaqin joylashgan tirqishga tushirilgan.
Ekranda ikkita tasma emas, balki oraliqni to‘liruvchi va navbat
bilan o‘zgarib rang tasmasi hosil bo‘ladi.
4.19-rasm. Yung tajribasi sxemasi.
4.20-rasm. Laboratoriya sharoitida interferensiyani kuzatish.
Yorug‘lik difraksiyasi — kichik tirqishdan o‘tishda
to‘lqinning to‘g‘ri chiziqli tarqalishdan og‘ishi va kichik to‘siqlarni
aylanib o‘tishidir.
EKRAN
106
4.21-rasm. Difraksiya hodisasini kuzatish.
Difraksiya hosil bo‘lish sharti:
bu erda,
d
— tirqish yoki to‘siqning o‘lchami;
L
— ekrandan
to‘siqqacha yoki tirqishgacha bo‘lgan masofa.
Difraksiya yorug‘likning
geometrik soya sohasini ham
egallashiga olib keladi.
4.22-rasm. Yorug‘lik difraksiyasini kuzatish.
Do'stlaringiz bilan baham: