114
5-BOB. 3D STUDIO MAX DASTURIDA UCH O‘LCHOVLI
MODELLASHTIRISHNING AMALIY ASOSLARI
5.1. 3D modellashtirish asoslari
Dizayn tushunchasi, turlari va zamonaviy jamiyatda uning
o‘rni
“Dizayn” tushunchasi italyancha “disegno” so‘zidan olingan
bo‘lib, dastlab uni turlicha loyihalar va rasmlar sifatida
tushunishgan.
Kasbiy faoliyat sifatida dizayn XIX asr oxirlarida shakllana
boshlagan. Sanoat taraqqiyoti va ilmiy-texnik yutuqlar yuqori
sur’atlarda turlicha mahsulotlarni yaratishga zamin yaratdi va
raqobat
muhitining
shakllanishiga
olib
keldi.
Natijada,
obyektlarning nafaqat tashqi ko‘rinishini
jozibali qilib yaratish,
balki texnologik ishlab chiqarishda qismlarga bo‘lish va ular ustida
ishlashga qodir bo‘lgan mutaxassislarga talab ortdi.
Zamonaviy dizaynerlik faoliyatining yuzaga kelishi imkonini
bergan bir qancha asosiy vaziyatlar mavjud.
1. 1906 yil – Drezden shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi halqaro
badiiy-sanoat ko‘rgazmasi.
2. 1907 yil – nemis rassom-arxitektor va dizayneri Peter
Berens kompaniyaning firma stilini yaratadi.
3. 1929 yil – bir qancha rassomlar (Raymond Loui, Genri
Dreyfus va b.) mahsulot sotish qiyinchiliklarini boshidan
kechirayotgan amerikalik sanoatchilarga ishlashni boshlashadi.
1907 yil Germaniyada sanoatchilar, arxitektorlar, rassomlar va
tijoratchilarni birlashtirgan “Verkbund” ishlab chiqarish birlashmasi
yaratiladi. Ular hunarmandchilik ishlab chiqarishini qayta tashkil
etish, sanoat mahsulotlari uchun namunalar yaratish, bezak berish va
naqshlar bilan ishlashga qarshi kurashishni o‘z
vazifalari sifatida
belgilab olishadi.
XX asrning 20-yillarida birinchi dizayn maktabi yuzaga keladi.
Germaniyada – Bauxauz rassomchilik konstruksiyasi va sanoat
115
qurilish oliy maktabi. Moskvada – oliy badiiy-texnik ustalik,
keyinchalik uni qayta tashkil etish natijasida oliy davlat badiiy-
texnik instituti tashkil etiladi.
Dizayn nazariyotchilaridan biri, san’atshunos Gerberd Rid
(1893-1968), dizaynni yuqori kasbiylikga bog‘liq bo‘lmagan
san’atning bosh shakli, tor sohali kasbdan
mustaqil holda talqin
qiladi.
“Sanoat uchun dizaynerlik loyihasi” kitobi muallifi, dizayn
nazariyotchisi F.Ch.Eshford “Dizayn faqat yalpi iste’molchilar
umidlarini ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qiladi” deb hisoblaydi.
Dizaynning yagona maqsadi – mahsulotga tashqi ko‘rk berib, yaxshi
narxlarga sotish orqali foydaga ega bo‘lish.
Shunday ekan, dizaynerlik faoliyatida muqarrar qarama-
qarshiliklar yuzaga keldi: bir tomondan so‘rovlarga xizmat
ko‘rsatish va iste’molchilarga muhtojlik (savdo samaradorligini
ta’minlash), boshqa tomondan – rassomning erkin fikri (zamonaviy
san’at sohasi).
Dizaynerlik ta’limi bo‘yicha 1964 yilda halqaro seminarda
tashkil qilingan ta’rif: “Dizayn –
bu ijodiy faoliyat, uning maqsadi
sanoat mahsulotlarining formal sifatini aniqlash hisoblanadi. Bu
sifat mahsulotning tashqi tuzilishini o‘z ichiga oladi, ammo eng
muhimi iste’molchi nuqtai nazarida bo‘lgani kabi, xuddi shunday
ishlab chiqaruvchi qarashida ham mahsulotni yagona butunlikga
aylantiradigan tuzilmaviy va funksional bog‘liqlikdir”.
Dizayn – inson uchun turar joy,
ishlab chiqarish va boshqa
predmet muhitlarini shinam tashkil qilish maqsadida yuqori talab va
estetik sifatlar bilan sanoat mahsulotlariga ishlov berish bo‘yicha
loyihaviy-badiiy faoliyat hisoblanadi.
Dizaynning nazariy bazasi texnik estetika hisoblanadi – sanoat
mahsulotlarini konstruksiyalash va ishlab chiqarish bilan bog‘liq
badiiy ijod sohasi. Tashkilotlarda turlicha sanoat mahsulotlarini
ishlab
chiqish
jarayonida
rassom-konstruktorlar,
muhandis-
konstruktorlar va texnologlar bilan yaqindan ishlashadi.
Dizaynning maqsadi sanoat mahsulotlarining funksional
xossalari
va
estetik
xususiyatlari
uyg‘unligini
ta’minlash
hisoblanadi.
116
Dizaynerlik faoliyatida asosiy mezonlar mahsulot arzonligi va
uning shakli mukammal o‘ylanganligi bilan birgalikda qulaylik va
shinamlik
hisoblanadi.
Qoida
sifatida,
biror-bir
sanoat
mahsulotining barcha qismlari yagona butunlikni tashkil etishi va
firmaga yaratilgan ushbu sanoat mahsulotini taqdim qilishi kerak
(masalan, avtomashina).
Yuqorida keltirilgan mezonlarning ilmiy jihatdan o‘rganilishi
ergonomika (grek. “
ergon
” - ish, “
nomos
” - qonun)
hisoblanadi,
ya’ni inson uchun shinam muhit yaratish. Ergonomika majmuaviy
fan hisoblanadi. U o‘zida quyidagi fanlarni qamrab oladi:
psixologiya, fiziologiya, anatomiya, biomexanika va b. Majmuaviy,
funksional mahsulotlar ergonomik nomlanadilar. Bunga shinam
kreslo, telefon, kompyuter va doim kerak bo‘ladigan kanselyariya
materiallarining qulay joylashuvini qamrab olgan xodimning ish
o‘rnini misol sifatida keltirish mumkin.
Birinchi dizaynerlar rassomlar bo‘lishgan, keyinchalik bu kasb
rivojlandi va dizaynerdan nafaqat loyihalanayotgan mahsulotning
nusxasini chizish malakasi, balki dizaynerlarga
xos fikrlash va
obyektlarni murakkab loyihalashga bo‘lgan talab ortdi.
5.1-rasm.
Dizaynerlik tafakkuri uchligi.
Professional
dizayner
tafakkurini
shartli
ravishda
uchburchakga joylashtirish mumkin, uning qirralari rassomning
Rassom
Olim
Ixtirochi
117
tasavvurga xos fikrlashi, olimning tizimli fikrlashi va ixtirochining
innovasion fikrlashi hisoblanadi (5.1-rasm). Bundan tashqari,
dizayner texnologiyalarni soddalashtirish va ancha foydali
materiallarni qo‘llash hisobiga turlicha mahsulotlar ishlab chiqarish
qiymatini pasaytirishga harakat qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: