Fayllarning turlari
Kompyuter dizayni bilan professional tarzda shug‘ullanish
uchun turli grafik muharrirlarda foydalaniladigan fayllarning asosiy
turlarini bilish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, pikselli tasvirdan
keyinchalik ham foydalanishga bog‘liq holda uni tegishli formatda
saqlash zarur.
5.1-jadval.
Fayllarning asosiy turlari
Rastrli tasvirlarni saqlash uchun belgilangan fayllar turlari
№ Kengaytmasi
Tavsifi
1.
*.jpg
Ushbu fayllar etarlicha yaxshi sifatga egaligi va
kam joy olishi sababli raqamli fotografiya va
Internet tarmog‘ida eng ko‘p tarqalgan.
JPEG (Joint Photographic Experts Group) arxiv
formatli
hisoblanadi.
Ushbu
formatdagi
122
fayllarda tarkib topgan ma’lumotlarni ochish,
ularni ochish vaqtida avtomatik bajariladi.
JPEG formatidagi fayllarni yaratishda ish-
latiladigan zichlash usuli dastlabki tavsirni
qisman buzilishiga olib keladi, ushbu formatni
poligrafiya
loyihalarida
qo‘llash
tavsiya
etilmaydi.
2.
*.tif
TIFF (Target Image File Format) formati rangli
tasvirlarni skanerlashdan olingan natijalarni
saqlash uchun universal format sifatida ishlab
chiqilgan. U eng keng tarqalgan va ishonchli
grafik formatlardan biri hisoblanadi, u bilan
amalda barcha grafik dasturlar ishlashi mumkin.
TIFF – pikselli tasvirni vektorli grafika
dasturlariga eksport qilish uchun ancha qulay
formatdir. Ushbu formatdagi fayl turli rang
modellaridagi pikselli tasvirni, shuningdek,
alfa-kanallar, qatlamlar va boshqa qo‘shimcha
ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
3.
*.bmp
BMP formati Windows operasion tizimi uchun
asosiy grafik format sifatida ishlab chiqilgan. U
faqatgina hech bir zichlashsiz rang modelidan
foydalanilgan tasvirlarning saqlanishini ko‘zda
tutadi, shuning uchun BMP formati badiiy
grafika va nashriyot amaliyotida kamdan-kam
qo‘llaniladi.
4.
*.psd
PSD (Adobe Photoshop Document) – Adobe
Photoshop dasturining grafik fayllarini saq-
lovchi format. Qatlamlar, kanallar, maskalar va
boshqalar haqidagi axborlarni o‘zida saqlaydi.
Uning kamchiligi axborotlarni zichlash samarali
algoritmining yo‘qligi hisoblanadi, bu esa fayl
hajmining kattalashuviga olib keladi.
5.
*.gif
GIF (Graphics Interchange Format) formati
pikselli grafik tasvirni global kompyuter
termog‘iga uzatish uchun maxsus ishlab
chiqilgan. Ushbu format tasvirning qoralama
123
versiyasini ko‘rish imkonini beradi – web-
sharhlovchi oynasi tasvir to‘liq yuklanib
bo‘lishigacha kutadi.
GIF formatining yana bir afzalligi shundaki, u
dinamik va o‘zida animatsiyalarni (GIF-
animatsiya) ifodalaydi. GIF formatning asosiy
kamchiligi – rangning cheklanganligi (256
ranglar), shuning uchun uni poligrasiyada
foydalanish tavsiya etilmaydi.
6.
*.png
PNG (Portable Network Graphics) formati
Internetda eskirgan GIF formatini almashtirish
uchun ishlab chiqilgan.
Uch turdagi tasvirlarni ta’minlaydi – 8 yoki 24
bitli chuqurlikdagi ranglar va kulrang turdagi
256 gradiatsiyali oq-qora. Axborotlarni zichlash
amalda hech bir yo‘qotishsiz kechadi.
Vektorli tasvirlarni saqlash uchun belgilangan fayllar turlari
7.
*.cdr
CorelDraw dasturi ma’lumotlarini saqlovchi
format.
8.
*.wmf
Windows
operasion
tizimidagi
vektorli
tasvirlarni saqlovchi format. Uning kamchiligi
sifatida poligrafiyada qabul qilingan rangli
palitralar bilan ishlash vositalarining mavjud
emasligini keltirish mumkin.
Fayllarning birlashgan (kombinasiyalangan) turlari
9.
*.eps
Encapsulated PostScript formati nafaqat pik-
selli tasvirlarni ifodalaydi, uning qo‘llanilish
sohasi sezilarli darajada keng – matnli va grafik
axborotlardan tarkib topgan xujjatlarni pik-
sellida qanday bo‘lsa, xuddi shunday vektorli
formatda tavsiflash.
10.
*.pdf
Portable Document Format – elektron xujjatlar
(kitoblar, referatlar va b.) yaratish uchun
mo‘ljallangan. Xujjatlar matn, shriftlar, tasvir
va vektorli grafikani o‘z ichiga qamrab olishi
mumkin. Yuqori sifatli illyustrasiyalashda
zichlashning
kuchli
algoritmi
fayllarning
124
ixchamligini ta’minlaydi.
PDF formatidagi xujjatni ko‘rish uchun Adobe
Acrobat dasturidan foydalaniladi.
Uch o‘lchovli obyektlarni saqlash uchun belgilangan fayllar turlari
11.
*.max
Autodesk 3D Studio Max dasturidagi ma’lu-
motlarni saqlovchi format.
12.
*.mb
Autodesk Maya dasturidagi ma’lumotlarni
saqlovchi format.
13. *.3ds, *.obj
Ushbu formatlar yordamida uch o‘lchovli mo-
dellashtirishning turli muharrirlarida yaratilgan
uch o‘lchovli modellarning import/eksporti
amalga oshiriladi.
Turli xildagi grafik muharrirlardan birgalikda foydalanish
So‘nggi ko‘rinishga keltirilgan mahsulotni yaratish uchun,
intenerni loyihalash, reklama plakati yoki videolavha singari,
ko‘pincha bir necha grafik muharrirlardan foydalaniladi. Ularning
har birida tasvirning ma’lum qismi yaratiladi, so‘ngra ular bir joyda
umumlashtiriladi.
Turli xil grafik muharrirlardan foydalanib etiketka (yorliq)li
shisha maketini yaratish misolini qo‘rib chiqamiz:
1. Dastlab Autodesk 3D Studio Max dasturida shisha maketini
yaratib olamiz. Shishaning realistik materialini yaratish uchun V-
Ray qo‘shiluvchi moduli ishlatiladi (5.5-rasm).
5.5-rasm. Shisha maketining uch o‘lchovli modeli.
125
2. Corel Draw dasturida shisha yorlig‘i uchun logotip
yaratamiz (5.6-rasm).
5.6-rasm. Shisha logotipi. 5.7-rasm. Shisha yorlig‘i.
3. Adobe Photoshop grafik dasturida shisha uchun yorliq
yaratamiz (5.7-rasm).
5.8-rasm. Yakuniy ko‘rinishdagi shisha maketi.
4. Autodesk 3D Studio Max grafik dasturidan foydalanib
yorliqni shishaga qoplaymiz va oxirgi ko‘rinishga kelgan tasvirni
vizuallashtiramiz (5.8-rasm).
Turlicha loyihalarni yaratish uchun yuqorida keltirilgan al-
goritm bo‘yicha yoki turli xil grafik dasturlardan foydalanib ish
tutish shart emas, barchasi dizaynerning xohishi va mahoratiga
bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |