119
Pikselli model
Tasvirning pikselli modeli o‘zida rastr-to‘rlarni, ya’ni
tasvirning butun tekisligini qoplanishini namoyon etadi. To‘rning
barcha kataklari bir xil shakl va o‘lchamga ega bo‘ladi.
Rastrning bitta katagi chegarasida joylashgan tasvirning qismi
piksel yoki nuqta deb ataladi. Tasvirning
sifati rastrning bitta
katagida mavjud piksellar soniga bog‘liq va dpi – dots per inch
(dyumlardagi nuqtalar soni) parametri bilan xarakterlanadi.
Ruxsatdan (dyumlardagi nuqtalar soni) tashqari tasvir o‘zining
o‘lchamiga ega bo‘ladi, bu ham uning sifatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Tasvir sifatini tekshirish usullaridan biri masshtablash
hisoblanadi. Yaxshi tasvirni 15–20% ga sifati yo‘qolmagan holda
kattalashtirish mumkin. Masshtablashtirilgan
tasvirning sifati
buzilgan xollarda o‘ziga xos donadorlik paydo bo‘ladi (5.2-rasm).
Kompyuterda fotosuratlar va tasvirlar arxivini saqlash uchun 75 dpi
ruxsat etarli, bosmaga chiqarish va dizaynerlik faoliyati uchun 150–
300 dpi ruxsatdan foydalangan ma’qul.
5.2-rasm. Pikselli tasvir.
Rastrli tasvirlarni qayta ishlash uchun ayniqsa Adobe
Photoshop dasturidan ko‘proq foydalaniladi.
Maxsuslashtirilgan dasturlarda tasvirlar bilan ishlaganda, siz
asosan rangli tashkil etuvchilarni o‘zgartirishingiz mumkin. Bundan
tashqari turlicha kichik nuqsonlar (dog‘, qirilgan joy)ni ham olib
120
tashlash, tasvirni monoxrom ko‘rinishga o‘tkazish, ma’lum uslubga
keltirish va sifatini yo‘qotmasdan biroz masshtablash mumkin.
Maxsus dastur (CorelTRACE)
yordamida rastr tasvirlarni
vektorli ko‘rinishga o‘zgartirish mumkin.
Vektorli model
Vektorli model o‘zida uzuq chiziqlar yoki tutash konturlar
(tashqi ko‘rinish)dan tashkil topgan tasvirni namoyon etadi. Vektor
obyektlar individual parametrlarga ega bo‘lganligi sababli
parametrik deb ataladi: nomi, geometrik va rang xususiyatlari.
5.3-rasm. Vektorli tasvir.
Vektorli tasvirlarni yaratish uchun ayniqsa CorelDRAW
dasturidan ko‘proq foydalaniladi.
Vektor grafikasi yordamida logotiplar va turli sxemalarni qulay
tarzda yaratish mumkin. Vektorli tasvirning
har qanday obyektini,
pikselli tasvirdan farqli holda sifatini buzmasdan o‘zgartirish (joyini
ko‘chirish, masshtablash, atributlar qiymatini o‘zgartirish) mumkin.
Vektorli tasvirni yaratib bo‘lgandan so‘ng uni rastli ko‘rinishga
o‘zgartirish mumkin.
To‘rli (poligonal) model
Poligonal model o‘zida polgonlar (ko‘pburchak)dan tarkib
topgan yaqqol jismni namoyon etadi. Qoida sifatida, tugallangan
obyekt uni tashkil etuvchi qismlar majmui hisoblanadi. 5.4-rasmda
tana, ko‘z va tishlardan iborat bo‘lgan baliq modeli aks ettirilgan.
Obyekt yaratilgandan so‘ng uning sirti
maxsus yaratilgan pikselli
tasvir hisoblangan tekstura bilan qoplanadi.
121
5.4-rasm. Poligonal model.
Yaratilgan model ko‘rinishini deformasiyalash (shaklning
o‘zgarishi) va tarkibiy qismlarni qo‘shish, shuningdek,, tekstura va
materiallar bilan ishlash yo‘llari orqali o‘zgartirish mumkin. Uch
o‘lchovli sahna yaratilgandan so‘ng, u pikselli tasvirda yoki
videolavhada vizuallashadi. Realistik tasvirni yaratish uchun, sifatli
model yaratish, realistik materiallarni qo‘llash, yoritish va
vizuallashtirishning alternativ manbalardan foydalanish zarur.
Poligonal modellashtirishdan tashqari uch o‘lchovli
model
yaratishning boshqa usullari ham mavjud, masalan NURBS-
modellashtirish va b.
Do'stlaringiz bilan baham: