3D modellashtirish va raqamli animatsiya



Download 8,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/124
Sana15.06.2022
Hajmi8,75 Mb.
#672144
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   124
Bog'liq
2-1051

Fayllarning turlari
Kompyuter dizayni bilan professional tarzda shug‘ullanish 
uchun turli grafik muharrirlarda foydalaniladigan fayllarning asosiy 
turlarini bilish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, pikselli tasvirdan 
keyinchalik ham foydalanishga bog‘liq holda uni tegishli formatda 
saqlash zarur.
5.1-jadval. 
Fayllarning asosiy turlari 
Rastrli tasvirlarni saqlash uchun belgilangan fayllar turlari 
№ Kengaytmasi 
Tavsifi 
1. 
*.jpg 
Ushbu fayllar etarlicha yaxshi sifatga egaligi va 
kam joy olishi sababli raqamli fotografiya va 
Internet tarmog‘ida eng ko‘p tarqalgan. 
JPEG (Joint Photographic Experts Group) arxiv 
formatli 
hisoblanadi. 
Ushbu 
formatdagi 


122 
fayllarda tarkib topgan ma’lumotlarni ochish, 
ularni ochish vaqtida avtomatik bajariladi.
JPEG formatidagi fayllarni yaratishda ish-
latiladigan zichlash usuli dastlabki tavsirni 
qisman buzilishiga olib keladi, ushbu formatni 
poligrafiya 
loyihalarida 
qo‘llash 
tavsiya 
etilmaydi.
2. 
*.tif 
TIFF (Target Image File Format) formati rangli 
tasvirlarni skanerlashdan olingan natijalarni 
saqlash uchun universal format sifatida ishlab 
chiqilgan. U eng keng tarqalgan va ishonchli 
grafik formatlardan biri hisoblanadi, u bilan 
amalda barcha grafik dasturlar ishlashi mumkin. 
TIFF – pikselli tasvirni vektorli grafika 
dasturlariga eksport qilish uchun ancha qulay 
formatdir. Ushbu formatdagi fayl turli rang 
modellaridagi pikselli tasvirni, shuningdek, 
alfa-kanallar, qatlamlar va boshqa qo‘shimcha
ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
3. 
*.bmp 
BMP formati Windows operasion tizimi uchun 
asosiy grafik format sifatida ishlab chiqilgan. U 
faqatgina hech bir zichlashsiz rang modelidan 
foydalanilgan tasvirlarning saqlanishini ko‘zda 
tutadi, shuning uchun BMP formati badiiy 
grafika va nashriyot amaliyotida kamdan-kam 
qo‘llaniladi. 
4. 
*.psd 
PSD (Adobe Photoshop Document) – Adobe 
Photoshop dasturining grafik fayllarini saq-
lovchi format. Qatlamlar, kanallar, maskalar va 
boshqalar haqidagi axborlarni o‘zida saqlaydi. 
Uning kamchiligi axborotlarni zichlash samarali 
algoritmining yo‘qligi hisoblanadi, bu esa fayl 
hajmining kattalashuviga olib keladi.
5. 
*.gif 
GIF (Graphics Interchange Format) formati 
pikselli grafik tasvirni global kompyuter 
termog‘iga uzatish uchun maxsus ishlab 
chiqilgan. Ushbu format tasvirning qoralama 


123 
versiyasini ko‘rish imkonini beradi – web-
sharhlovchi oynasi tasvir to‘liq yuklanib 
bo‘lishigacha kutadi.
GIF formatining yana bir afzalligi shundaki, u 
dinamik va o‘zida animatsiyalarni (GIF-
animatsiya) ifodalaydi. GIF formatning asosiy 
kamchiligi – rangning cheklanganligi (256 
ranglar), shuning uchun uni poligrasiyada 
foydalanish tavsiya etilmaydi.
6. 
*.png 
PNG (Portable Network Graphics) formati 
Internetda eskirgan GIF formatini almashtirish 
uchun ishlab chiqilgan.
Uch turdagi tasvirlarni ta’minlaydi – 8 yoki 24 
bitli chuqurlikdagi ranglar va kulrang turdagi 
256 gradiatsiyali oq-qora. Axborotlarni zichlash 
amalda hech bir yo‘qotishsiz kechadi.
Vektorli tasvirlarni saqlash uchun belgilangan fayllar turlari 
7. 
*.cdr 
CorelDraw dasturi ma’lumotlarini saqlovchi 
format. 
8. 
*.wmf 
Windows 
operasion 
tizimidagi 
vektorli 
tasvirlarni saqlovchi format. Uning kamchiligi 
sifatida poligrafiyada qabul qilingan rangli 
palitralar bilan ishlash vositalarining mavjud 
emasligini keltirish mumkin.
Fayllarning birlashgan (kombinasiyalangan) turlari 
9. 
*.eps 
Encapsulated PostScript formati nafaqat pik-
selli tasvirlarni ifodalaydi, uning qo‘llanilish 
sohasi sezilarli darajada keng – matnli va grafik 
axborotlardan tarkib topgan xujjatlarni pik-
sellida qanday bo‘lsa, xuddi shunday vektorli 
formatda tavsiflash.
10. 
*.pdf 
Portable Document Format – elektron xujjatlar 
(kitoblar, referatlar va b.) yaratish uchun 
mo‘ljallangan. Xujjatlar matn, shriftlar, tasvir 
va vektorli grafikani o‘z ichiga qamrab olishi 
mumkin. Yuqori sifatli illyustrasiyalashda 
zichlashning 
kuchli 
algoritmi 
fayllarning 


124 
ixchamligini ta’minlaydi.
PDF formatidagi xujjatni ko‘rish uchun Adobe 
Acrobat dasturidan foydalaniladi.
Uch o‘lchovli obyektlarni saqlash uchun belgilangan fayllar turlari 
11. 
*.max 
Autodesk 3D Studio Max dasturidagi ma’lu-
motlarni saqlovchi format. 
12. 
*.mb 
Autodesk Maya dasturidagi ma’lumotlarni 
saqlovchi format. 
13. *.3ds, *.obj 
Ushbu formatlar yordamida uch o‘lchovli mo-
dellashtirishning turli muharrirlarida yaratilgan 
uch o‘lchovli modellarning import/eksporti 
amalga oshiriladi.
Turli xildagi grafik muharrirlardan birgalikda foydalanish 
So‘nggi ko‘rinishga keltirilgan mahsulotni yaratish uchun, 
intenerni loyihalash, reklama plakati yoki videolavha singari, 
ko‘pincha bir necha grafik muharrirlardan foydalaniladi. Ularning 
har birida tasvirning ma’lum qismi yaratiladi, so‘ngra ular bir joyda 
umumlashtiriladi.
Turli xil grafik muharrirlardan foydalanib etiketka (yorliq)li 
shisha maketini yaratish misolini qo‘rib chiqamiz: 
1. Dastlab Autodesk 3D Studio Max dasturida shisha maketini 
yaratib olamiz. Shishaning realistik materialini yaratish uchun V-
Ray qo‘shiluvchi moduli ishlatiladi (5.5-rasm).
5.5-rasm. Shisha maketining uch o‘lchovli modeli. 


125 
2. Corel Draw dasturida shisha yorlig‘i uchun logotip 
yaratamiz (5.6-rasm). 
5.6-rasm. Shisha logotipi. 5.7-rasm. Shisha yorlig‘i. 
3. Adobe Photoshop grafik dasturida shisha uchun yorliq 
yaratamiz (5.7-rasm).
5.8-rasm. Yakuniy ko‘rinishdagi shisha maketi.
4. Autodesk 3D Studio Max grafik dasturidan foydalanib 
yorliqni shishaga qoplaymiz va oxirgi ko‘rinishga kelgan tasvirni 
vizuallashtiramiz (5.8-rasm).
Turlicha loyihalarni yaratish uchun yuqorida keltirilgan al-
goritm bo‘yicha yoki turli xil grafik dasturlardan foydalanib ish 
tutish shart emas, barchasi dizaynerning xohishi va mahoratiga 
bog‘liq.

Download 8,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish