8
orasidagi munosabatlar sezilarli darajadagi o‘zgarishlarga uchrashi
mumkin: obyektning sahnadagi joylashish o‘rni, orientatsiyasi,
yoritilganlik intensivligi va boshqa parametrlari
har xil qiymatlarni
qabul qilishi mumkin. Shunga o‘xshash parametrlar haqidagi
ma’lumotlar ham obyektning matematik modeliga taalluqli bo‘ladi
va uning yana bir tashkil etuvchisini – sahnaviy tashkil etuvchisini
hosil qiladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan matematik modelning tashkil etuv-
chilari aks ettirilayotgan obyektga har xil darajadagi ierarxiyada
tegishli bo‘ladi: sahnaga,
obyektga, primitivlarga. Kompyuter
grafikasida qo‘llaniladigan modellashtirish tili funksiyalari
aniqlangan fazoning sohasi model olami deb atalishi mumkin.
Grafik tizimlarda mavjud real olam – fizik va texnik obyektlar emas,
balki model olam mavjudligi, ya’ni real mavjudotning modeli
akslantiriladi.
Boshqacha aytganda, olam – bu grafik tizimda
o‘zining modeli bilan berilib, tasvirlari chiqarish maydonida parallel
yoki vaqtga nisbatan ketma-ket aks ettiriluvchi obyektlar
majmuasidir.
Sahna – bu model olamining qismi bo‘lib, o‘zining modeli
bilan beriladigan va aks ettirish masalasida yetakchi hisoblanuvchi
obyektlar majmuasidir. Sahnani
tavsifini bir vaqtda grafik
ma’lumotlar bazasidan olinadigan aks ettiriluvchi obyektlar
majmuasi deb atash mumkin.
Sahna grafik obyektlardan tashkil topadi. Obyekt deb
qaralayotgan
masala
yechimi
nuqta
nazaridan
funksional
umumiyligi bo‘yicha birlashtirilgan model fazosining nuqtalari
majmuasiga aytiladi. Obyekt ta’rifiga primitivlar jihatidan
yondashish mumkin: obyekt – bu bitta
nom bilan ataluvchi va
yagona vizual xossa bilan xarakterlanuvchi primitivlar majmuasidir.
Primitiv tushunchasi qarashlarning ikki asosiy jihatiga ega.
Birinchidan, primitiv murakkab obyektlarni tasvirlashda “qurilish
g‘ishti” bo‘lib xizmat qiladi, ikkinchidan, grafik tizim apparati yoki
protsedurasi shakllantiradigan sodda tasvir. Shuning uchun,
geometrik va grafik primitivlarni farqlash talab qilinadi. Geometrik
primitiv – bu obyektlarni qurish uchun ishlatiladigan formal tavsifga
ega sodda geometrik shakllar (nuqta, vektor, sirt yoki hajmiy
jism)dir. Grafik primitiv – bu sodda tasvir bo‘lib, ularni
9
shakllantirish uchun grafik tizim maxsus apparat blokka ega. Har xil
grafik tizimlarda grafik primitiv sifatida nuqta, vektor, trapetsiya va
boshqa shakldagi tasvirlar kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: