13
2-BOB. UCH O‘LCHOVLI OBYEKTLARNI TASVIRLASH
JARAYONLARI
2.1. Tasvirlash jarayoni bosqichlari
Tasvirlash jarayonini keng ma’noda tushinilsa,
uni ikki bos-
qichga ajratish mumkin: tayyorlov bosqichi va renderlash bosqichi.
Tayyorlov bosqichida sahnadagi obyektlar tavsifi tuziladi, kodlanadi
va grafik tizimga kiritiladi, ya’ni
ularning matematik modeli
tuziladi. Modellarni tanlash yuqorida (1.2) keltirilgan yondashuvlar
asosida amalga oshiriladi. Renderlash bosqichida obyekt tavsifi aniq
algoritm asosida tasvirga aylantiriladi. Tasvirlashning birinchi
bosqichida obyektning sahnada joylashuvi va tashqi ko‘rinishi
kiritiladi, ikkinchi bosqichda esa ularning xususiyatlari beriladi. Bu
xususiyatlar qator grafik almashtirishlar yordamida ifodalanadi.
Almashtirishlarning modelli, tasviriy
va rastrli turlarini aytib
o‘tish joyiz. Modelli almashtirish barcha obyektlarga asoslanadi va
ularning sahnadagi holati o‘zgarishini ifodalaydi. Tasviriy almash-
tirish kuzatuvchi koordinalar sistemasida
obyektlar va primitivlar
tasvirini ko‘chirish, hamda fazoviy obyektlarning kartina (ekran)
tekisligida tekis proeksiyasini shakllantirish bilan bog‘liq. Rastr
almashtirishlari yordamida displey
ekranida obyektning uskuna
koordinatalar sistemasi rastr panjarasiga bog‘langan real ko‘rinishi
olinadi.
Shunday qilib, tasvirlanayotgan obyektlar o‘zini almashtirish-
larining har xil qadamlarida turli koordinatalar
sistemasida ifo-
dalanadilar.
Yer
shari
koordinatalar
sistemasi
geografik
koordinataga bog‘langan, tasviriy koordinalar sistemasi esa
kuzatuvchi holatiga bog‘liq. Ularda
sahna obyektlari dinamikasi
yaxlitligicha
ifodalanadi.
Obyektlar
tuzilishini
obyektlar
o‘zgarishsiz qoladigan obyekt koordinatalar sistemasida ifodalash
qulay bo‘ladi. Agarda har xil obyektlar
bir xil primitivlardan
tuzilayotgan bo‘lsa, u holda bu primitivlarning o‘zlarini o‘zlarining
koordinatalar sistemasida – primitivlar
koordinatalar sistemasida
14
ifodalagan maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bu koordinalar sistemasiga
tekstura koordinatalar sistemasi bog‘langan bo‘ladi (yoki mos
tushadi). Tekstura koordinalar sistemasida primitiv yuzasi bo‘ylab
rang yorqinligi taqsimoti ifodalanadi. Sanab o‘tilgan koordinatalar
sistemalari tasvirlashning texnik vositalari xususiyatlariga bog‘liq
bo‘lmaydi. Bu xususiyatlar uskuna koordinatalar sistemasida
hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: