Imkoniyatlari. Dasturda materiallar bilan ishlash



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana16.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#556974
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu. 3DS-MAX dasturining qoʻshimcha imkoniyatlari. Dasturda materiallar bilan ishlash.



2-MAVZU. 3DS-MAX DASTURINING QOʻSHIMCHA 
IMKONIYATLARI. DASTURDA MATERIALLAR BILAN ISHLASH. 
ANIMATSIYA HOSIL QILISH. VIZUALLASHTIRISH VA MAXSUS 
EFFEKTLAR OʻRNATISH.
 
Tekstura va material tushunchasi 
Sahna obyektlari modellashtirilganidan so‘ng keyingi bosqich ularga materiallarni 
o‘zlashtirish hisoblanadi. Tayyor yaratilgan materiallar orqali obyektlar o‘ziga xos 
xususiyatlariga ega bo‘ladi: “shkaf” obyekti – taxtali, “butilka” obyekti – oynali, 
“qoshiq” obyekti – metalli bo‘ladi va h. Shuning uchun realistik materiallarni yaratish 
jarayoni etarlicha murakkab va obyektni o‘zini yaratishga nisbatan ko‘p vaqt talab 
qiladi.
Materiallarni ikki ko‘rinishga ajratish mumkin (5.74-rasm):
1. Jonsiz – oyna, metal, mato, rezina va boshqalar.
2. Jonli – teri qoplamasi, o‘simlik va boshqalar.
Jonli materiallarni yaratish murakkab, chunki teri bir qancha qatlamlardan tashkil 
topgan, ularning har biri o‘z darajasidagi shaffoflik, ranglar va teksturalarga ega bo‘ladi. 
Bundan tashqari qontalash, ajin, badanni qoplagan tuk, qon tomirlari va boshqalar kabi 
qismlarni 
hisobga 
olish 
lozim. 
5.74-rasm. Jonli va jonsiz materiallar. 
Jonsiz materiallar holatida akslantirishning fizik jarayonini va material sirtidan 
yorug‘lik nurining sinishini to‘g‘ri modellashtirish zarur.
Noyob material yaratish uchun grafik muharrirlarni yaxshi bilish kerak (Adobe 
Photoshop va b.), chunki aksariyat materiallarni yaratish ularga teksturalarni 


o‘zlashtirish bilan boshlanadi. Tekstura o‘zida rastrli tasvirlarni (yoki videorolik) 
ifodalaydi, qaysiki model qisman (naqsh ko‘rinishida) yoki to‘liq (obyekt tasvir bilan 
“qoplanadi”) o‘zlashtiriladi (5.75-rasm). Rastli tasvirlardan foydalanishda, ularning 
o‘lchami 
va 
sifatini 
hisobga 
olish 
lozim. 
5.75-rasm. “Shar” obyektini teksturaga o‘zlashtirilishi. 
Qachonki tekstura obyektga “bog‘lansa”, ko‘shilish chizig‘i paydo bo‘ladi (5.76-
rasm, a). Ko‘shilish chiziqlarini yo‘qotish uchun ko‘shilish chiziqlari bo‘lmagan 
teksturalardan foydalaniladi (5.76-rasm, b), qaysiki obyektga har qancha 
takrorlanishlar bo‘lsa ham ko‘shilish chiziqlari ko‘rinmaydi. 
5.76-rasm. Ko‘shilish chiziqlari bo‘lgan (a) va bo‘lmagan (b) tekstura.
Rastrli tasvirlardan foydalanishning yana bir usuli maskalar (Mask) qo‘yish 
hisoblanadi. 


5.77-rasm. Yorliq qo‘yish uchun maskadan foydalanish.
Maska (Mask), qoida sifatida, boshqa tasvir qismini berkitish yoki tasvir qismiga 
biror-bir obyektni qo‘yish uchun zarur bo‘lgan oq-qora tasvirni o‘zida ifodalaydi. 
Maskada qora rang shaffof (intensivligi 0%), oq rang xira (intensivligi 100%) 
hisoblanadi (5.77-rasm).
Realistik material yaratish 
Material yaratishda uning haqiqiy fizik xususiyatlarni hisobga olish kerak. 3D 
Studio Max dasturida quyidagi parametrlar boshqariladi: 
1. Obyekt rangi. Fon yorug‘ligiga ta’sir, obyekt o‘zini-o‘zi yoritishi, boshqa 
obyektlardan rangni aks etishi (metal materiallar) hisobga olinadi.
2. Shu’lalar. Shu’lalar o‘lchami, yorqinligi va soni boshqariladi. 
Izoh
: Predmetga 
900 burchak ostida tushuvchi yorug‘lik nuri oynali shu’lani yaratadi (yorug‘likning eng 
yuqori intensivligi). Tushish burchagining o‘zgarishi va nurning aks etishiga muvofiq, 
soya sohasiga bir tekis oqib o‘tuvchi diffuzion (qorishgan) tarqalish sohasi yuzaga 
keladi (5.78-rasm). 
5.78-rasm. Yorug‘likning kuzatuvchiga nisbatan obyektda aks etishi.
3. Obyekt shaffofligi.


Realistik materiallar yaratish uchun faqatgina sifatli tasvirlarni ko‘yishning o‘zi 
etarli bo‘lmasdan, quyidagi parametrlarni hisobga olish zarur: 1. Yorug‘lik nurining aks 
etishi va sinishi jarayoni.
2. Materialning bir jinsli emasligi va yoyilish darajasi (chang, iflos, kir, dog‘, 
qurum, o‘yiq, yoriq, zang, metallarning oksidlanishi va b.). 
Izoh
: Ifloslangan, qirilgan 
obyektlarni yaratish uchun turli nuqsonlar ifodalangan qo‘shimcha teksturalardan 
foydalaniladi, so‘ngra ular maska sifatida obyektga qoplanadi.
5.79-rasmda “Boltlar” obyektlari materialini yaratishning uchta darajasi 
keltirilgan.
1. Norealistik – Reflection (Shaffoflik) parametrida metal teksturasini o‘zida 
ifodalovchi Metal_ChromeFast standart materialidan foydalanilgan. 
2. Realistik – zanglagan metalning sifatli teksturasi, shuningdek, nuqsonli tekstura 
(metaldagi qirilgan joy va b.) ishlatilgan realistik material yaratilgan.
3. Giperrealistik – mazkur obyektni yaratish uchun metal obyektga yorug‘lik 
nurining aks etishi va sinishi hisobga olingan V–ray alternativ vizualizatoridan 
foydalanilgan. 
a) b) v)
5.79-rasm. Realistik material yaratish.
Izoh
: 3D Studio Max grafik dasturida alternativ vizualizatorlar (V–ray, Mental 
Ray) ishlatiladiki, ular obyektlardan yorug‘likni aks etishi va sinishi bilan bog‘liq real 
fizik jarayonlarni hisoblab chiqish imkonini beradi. Ushbu vizualizatorlar realistik 
obyektlar yaratish uchun o‘zining shaxsiy andazali materiallariga ega. Bundan tashqari, 
Internet orqali metal, oynali va boshqa sirtlar uchun tayyor relaistik materiallarni topish 
va ularni o‘zimiz yaratayotgan sahnada foydalanish mumkin.
Materiallarni tahrirlash (material editor) 


Materiallarni yaratish va tahrirlash Material Editor (Ma-teriallarni tahrirlash) 
oynasida amalga oshiriladi (5.80-rasm). Bu oynani bosh menyudagi Rendering 
(Vizuallash) bandidan yoki uskunalar paneliga tugmachani bosish orqali chaqirish 
mumkin (2-jadval 24-band).
Materiallarni tahrirlash (Material Editor) oynasining tarkibi:
1. Yuqorida joylashgan menyu tahrirlash buyruqlaridan tarkib topgan.
2. Material yacheykasi – har bir noyob material o‘zining yacheykasi va nomiga ega 
bo‘ladi. Yangi material yaratish uchun keyingi yacheykani tanlash va harakatlarni 
bajarish zarur. 
Materiallardan nusxa olish mumkin, buning uchun material berilgan yacheykaga 
sichqonchaning chap tugmasi bosiladi va uni boshqa yacheykaga ko‘chiriladi. Shundan 
so‘ng material nomi o‘zgartiriladi, agarda ushbu material boshqa obyektga qo‘llanilsa, 
dastur quyidagi so‘rovli oynani ekranga chiqaradi: Replace It (materialni o‘zgartirish) 
yoki Rename the material (Material nomini o‘zgartirish). 
5.80-rasm. Material Editor oynasining tuzilishi. 
3. Material yacheykasiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bosilganda, ushbu 
yacheykada obyektni burish (Drag/Rotate), alohida oynada yacheykani kattalashtirish 


(Magnify…), shuningdek, yacheykalar sonini o‘zgartirish (Sample Windows) imkonini 
beruvchi qo‘shimcha menyu chaqiriladi.
4. Material Editor oynasining pastgi qismida material yaratishga mansub bo‘lgan 
bo‘lmalar joylashgan. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish