126
3D (3-Dimensional) modellashtirish uch o‘lchovda
ishlashni
ko‘zda tutadi – barcha predmetlar uch xil parametrlar
bilan
xarakterlanadi: kenglik, chuqurlik va balandlik. 3D dasturlarida
ishlovchi foydalanuvchilar jismlar ustida virtual ishlash va ularni
tahrirlash uchun uskunalardan foydalanishadi.
Uch o‘lchovli modellashtirishning qo‘llanilish sohalari
Kompyuter texnologiyalarining qudrati yuqori sur’atlarda
rivojlanishi bilan bog‘liq real obyektlarga maksimal o‘xshash virtual
obyektlarni yaratish imkoniyati vujudga keldi.
Samarali va real vizuallashgan axborotlarni
yaratishda afzal
ko‘riladigan, aynan kinematografiya, multiplikasiya va reklama
faoliyati sohalarida uch o‘lchovli modellashtirish texnologiyalari
keng qo‘llaniladi.
Uch o‘lchovli modellashtirish qo‘llaniladigan asosiy sohalar:
1. Vizual effektlar, multiplikatsiya, kompyuter sanoati.
Kuchli qurilma va dasturiy ta’minotlar
sababli nafaqat
maksimal reallikga, balki mavjud fizik xususiyatlarga ega bo‘lgan
(oquvchanlik, egiluvchanlik, ishqalanish va b.) turli xil predmetlarni
(masalan: uy, avtomobil va b.) yaratish imkoniyati yuzaga keldi.
Ma’lum muhitni o‘rab olgan real suv sathi, turli xil pirotexnik
effektlar yaratish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Bu esa aktyorlarning
harakatsiz bir xil rangdagi fonda suratga olinishi, so‘ngra ularni
yaratilgan virtual muhit bilan to‘lik qoplanishiga olib keldi.
Shuningdek, virtual maydonda real joyini o‘zgartirish mumkin
bo‘lgan personaj (qaxramon)larni
yaratish, shuningdek, haqiqiy
odamga o‘xshash virtual personajlarni yaratish uchun hajmiy
skanerlashdan foydalanish imkoniyati ham tug‘ildi (5.9-rasm).
Ancha oddiy usulda yaratish (har bir kadrni qo‘lda chizish) bilan
bog‘liq uch o‘lchovli multiplikasiya endilikda qo‘lda chizishga
qaraganda ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lib qoldi.
2. Loyihalash va dizayn. Dizaynning barcha ko‘rinishlari
uchun virtual modellar ichki va tashqi (interer va eksterer) dizayn,
poligrafik dizayn, shuningdek, sanoati dizayni singari yaratiladi.
Loyihalash imkoniyatlaridan biri haqiqatdan mavjud manzara tasviri
(peyzaj)ga yaratilgan virtual modelni qo‘yish hisoblanadi.
128
Badiiy modellashtirishda yaratiladigan
obyektning tashqi
ko‘rinishi, uning badiiy timsoli ustun ko‘yiladi (5.11-rasm).
5.11-rasm. Badiiy modellashtirish.
5.12-rasm. Ansys dasturida modellashtirish.
Qattiq jismli modellashtirish aniq fizik modellarni ishlab
chiqish va obyektiv voqelikda yuz beradigan jarayonlar uchun
xizmat qiladi. Masalan, haydovchi va uchuvchilarni o‘rgatish uchun
simulyatorlar, turli tizimlar mustahkamligini tekshirish va b.
Shuning uchun birinchi o‘rinda estetika emas, balki aniq fizik hisob-
kitoblar turadi.
Masalan, Ansys dasturida barcha fizik parametrlarni hisobga
olgan holda model yaratiladi, so‘ngra ushbu modelning belgilangan
qismlariga kuch berish va uni chidamlilikga tekshirish, yo bo‘lmasa
qandaydir ichki yoki tashqi nuqsonni modellashtirish mumkin (5.12-
rasm).
CAD/CAM tizimlari (computer-aided design – avtomatlashgan
loyihalash / computer-aided manufacturing – avtomatlashgan ishlab
129
chiqarish) barcha zaruriy me’yorlarga
muvofiq turli chizma va
hajmdagi detalni yaratish imkonini beradi.
Modellashtirishning
bu
ikkala
turi
sanoat
dizaynida
qo‘llanilishi mumkin. Masalan, Avtomobilning real modelini
yaratish (badiiy muharrirlar), tegishli chizmalarni tayyorlash
(CAD/CAM tizimlari) va turli qismlar chidamliligini tekshirish
(solid modeling) zarur.
Kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi sababli badiiy 3D-
muharrirlarda turli obyektlar va fizik xususiyatlari
hisobga olingan
effektlar (real suv sathi, qattiq va egiluvchan jismlar)ni yaratish
mumkin. Ushbu dinamik obyektlar faqatgina samarali vizual
effektlar va videolavhalar yaratish uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: