30.Cho’kindi jinslarni tasvirlash
Siniq (klastik) jinslar.
Siniq jinslarning tasnifi bo'laklarining katta-kichikligiga, shakli
va qanchalik tsementlanganligiga asoslangan. Bu belgilar jinslarning tashqi ko'rinishini belgilash
bilan bir vaqtda, ularning hosil bo'lish sharoitini ham aks ettiradi.
Dag’al siniq jinslar
(psefitlar) psefit strukturali siniq jinslar bo'shoq (chochiq) va
tsementlangan turlarga bo'linadi.
Chochiq psefitlar shakli va kattaligiga qarab yumaloqlangan va
yumaloqlanmagan jinslarga bo'linadi.
Ular yana yirik, o'rta va kichik donalarga bo'linadi.
Bo'laklari rosa dumaloq, odatda qirralari ham silliqlanib ketgan jinslar yumaloqlangan
jinslarga kiradi. Yumaloqlanmagan jinslarning siniqlari (bo'laklari) odatda burchakli, ya'ni
silliqlanmagan bo'ladi.
Chochiq
pseoitlarning
shakli
va
kattaligiga
qarab
yumaloqlangan
va
yumaloqlanmagan jinslarga bo'linishi
jadval 17.
Bo'laklarning
diametri kam
Yumaloqlangan
jinslar
Yumaloqlanmagan jinslar
2-10
10-200
200 katta
shag’al toshlar g’o'la
toshlar
chaqiq tosh xarsang toshlar
Jinslarning yumaloq bo'lishi siniq jinslar emirilgan joyida to'planadigan eriga qadar
kelguncha uzoq vaqt ichida ko'p masofani bosib o'tganligini ko'rsatadi. Jinslarning
yumaloqlanmay qolganligi esa, aksincha uncha uzoq bo'lmagan masofadan keltirilganligidan
darak beradi. tsement va toshning tarkibi qanday bo'lishidan qat’ynazar, tsement bilan birikkan,
yumaloqlangan siniq dag’al toshlarning
hammasini konglomeratlar, yumaloqlanmagan
bo'laklardan iborat bo'lib, tsementlangan jinslarni esa brekchiyalar deyiladi.
Konglomeratlar faqatgina Cho’kindi tog’ jinsiga xosdir, brekchiyalar esa har xil sharoitda
hosil bo'ladi. Konglomeratlar kabi bir xil tsement bilan tsementlangan brekchiyalar Cho’kindi
jinslarga kiradi. Har xil kattalikdagi o'tkir qirrali bo'laklarining tarkibi tsementning tarkibi bilan
bir xil bo'lgan brekchiyalar surilish jarayonlari natijasida hosil bo'ladi. Bundan tashqari tektonika
brekchiyalari ham bor. Ulardagi har turli siniq bo'laklari, jinsning turli qismida tarkibi har xil
bo'lgan tsement bilan yopishgan bo'ladi. Jins bo'laklarida esa bosim izi saqlanib qolgan bo'lib,
darzlar ko'rinadi. Jins bo'laklarida ham, tsementda ham siljish tekisligi (oyna), ya'ni uzunasiga
ketgan chuqur ariqchalar bilan qoplangan silliq yuzalar uchraydi.
Tektonika brekchiyalar tektonik harakatlar natijasida jinslarning emirilishi va bir
qatlamning ikkinchisi ustidan surilishi jarayonidan hosil bo'ladi.
Shuning uchun ham bu
brekchiyalarni Cho’kindi jinslar qatoriga kiritmay, tektonika, uziluvchanlik harakatlari ta'sirida
paydo bo'lgan jinslar deb qarash kerak.
Psefitlarni tasvirlashda bo'laklarning tarkibini, rangini va kattaligini,
qanchalik
yumaloqligini, tsementning tarkibini, rangini hamda jinsdagi bo'laklar bilan tsement o'rtasidagi
nisbatni ko'rsatish kerak. Konglomeratni tasvirlashga misol: shag’al konglomerat kulrang
ohaktosh, pushti fanitdan, qora kremniydan hosil bo'lgan yumaloq shakldagi mayda tosh,
o'rtacha donador, qo'ng’ir temirli qumtoshdan iborat bo'lgan,
tsementi zich joylashgan, shagal
bilan mayda tosh o'rtasidagi bo'shliqlarni to'ldirgan.
Qum va qumtoshlar (psammitlar). Psammitlar gruppasiga strukturasiga qarab kattaligi 0,1
mm gacha bo'lgan jinslar kiradi.
Bu jinslar zichlanganligiga va tsementlanganligiga qarab ikkita katta gruppaga a) bo'shoq
(chochiq) - qumlarga va b) tsementlangan jinslar - qumtosh (peschanik)larga bo'linadi.
Qum va qumtoshlar donachalarining katta-kichikligi-ga qarab quyidagi kichik
gruppalarga bo'linadi: a) 2 mm dan 1 mm gacha bo'lgan (shag’alga Yaqin) dag’al donali qum va
qumtoshlar; b) 1 mm dan 0,5 mm gacha bo'lgan yirik donali qum va qumtoshlar; v) 0,5 mm dan
0,25 mm gacha bo'lgan o'rta donali qum va qumtoshlar; g) 0,25 mm dan 0,1 mm gacha bo'lgan
mayda donali qum va qumtoshlar.
Psammitlarni tasvirlashda xuddi psefitlardek donalarining katta-kichikligini va
yumaloqligini, mineral tarkibi va rangini ta'riflash kerak bo'ladi.
Psammitlar, asosan bir mineraldan tuzilgan bo'lishi mumkin. Masalan, kvartsdan, bunday
hollarda uni kvartsli qum yoki qumtoshlar deyiladi. Bundaylarni oligomikt psammitlar deb
yuritiladi. Har xil mineral bo'laklaridan iborat bo'lgan (kvarts,
dala shpati, slyuda, glaukonit
bo'laklari) polimikt psammitlar deyiladi.
Psammitlarni tasvirlashda Yuqorida ko'rsatilgan bel-gilardan tashqari ularning tsement va
donachalari orasida uchraydigan ohakning bor-yo'qligini, 5-10% xlorid kislotasi yordamida
aniqlashga e'tibor berish kerak. Jinslarda oz miqdorda ohak bo'lsa ham xlorid kislotasining bir
tomchisidan qaynash hodisasi ko'riladi. Reaktsiya natija bermasa jinsda ohak yo'q deb
hisoblanadi.
Sementlashgan jinslarda tsementining tarkibi bilan xususiyatini,
mahkamlik darajasini,
zichligi va g’ovakligini bir xil bo'lishini yoki har xilligini va boshqa belgilarini albatta ko'rsatish
kerak. Psammit jinsni mikroskopik (ko'z bilan) yo'l bilan tasvirlashga misol keltiramiz.
Odtsimizda ancha zich, yashil-kulrang jins bo'lagi turibdi. Bu jins qirralari silliqlangan 0,3-0,5
mm kattalikdagi kvarts donalaridan iborat. Jinsda kvartsdan tashqari 0,3 mm kattalikdagi
glaukonit donalari ham ko'p. Shu donalar jinsga yashil tus beradi. NC1 kislotasi ta'sir qilganda
jins kuchsiz qaynay boshlaydi. Bu esa jinsning tsementida bir oz ohak qo'shilgan yashil-kulrang,
o'rtacha donador polimikt (kvarts, glaukonit) qum-tosh ekanligini ko'rsatadi. Psammitlar
donalarning nisbiy kattaligiga qarab