Kremniyli jinslar
. Kremnezyomdan tashkil topgan Cho’kindi jinslar diatomit, trepel
organik qoldiqlardan va kimyoviy yo'l bilan hosil bo'lishi mumkin. Organik qoldiqlardan hosil
bo'lgan diatomitlar ayniqsa muhim ahamiyatga ega va ular suvli kremnezyomdan (opaldan)
iborat bo'lgan diatomitli suv o'simliklarining skeletlaridan tashkil topgandir.
Tashqi ko'rinishidan diatomit oq yoki sarg’ish, g’ovakli, juda engil va yumshoq, bo'sh, bir
oz tsementlangan jins bo'lib, ko'pincha burga o'xshash bo'ladi. Bo'rdan farqi uning NCl da
erimasligidir, chunki bo'r NCl da qattiq qaynaydi, diatomit esa mutlaqo qaynamaydi. Diatomit
juda nozik bo'shoq jins bo'lib, qo'l bilan osongina maydalanadi. Diatomit namni tez shimadi va
nam barmoqqa yopishadi.
Trepeller tashqi ko'rinishidan organik diatomitlardan hech farq qilmaydi. Biroq trepellar
kolloid-kimyoviy yo'l bilan hosil bo'ladi.
Trepellar diatomlar po'stining yig’indisidan hosil bo'lgan, faqat mikroskop ostida
ko'rinadigan mayda opal zarrachalaridan tashkil topgandir.
Diatomit va trepellar qurilishda, kimyo sanoatida yutuvchilar o'rnida, dinamit tayyorlashda,
jihozlash materiali sifatida va boshqa ishlarda qo'llaniladi.
Bu gruppaga ko'pincha organik usulda hosil bo'lgan va o'zgarishga uchragan kremniyli
jinslar kiradi.
Opoka deb kulrang, havorang, ba'zan qora rangdagi (ko'pincha xol-xol) qattiq engil
kremniyli jinsga aytiladi. Tashqi ko'rinishidan bir xil opokalar (yumshoq opoka) diatomit va
trepelga o'xshasa, boshqa turlari (qattiq zich opoka) kremniyga o'xshaydi. Qattiq opoka urilganda
parchalanib chig’anoqsimon sinishli o'tkir qirrali mayda-mayda bo'laklarga bo'linadi. Opokalar
g’ovak bo'lgani uchun solishtirma og’irligi 0,9 dan 1,2 gacha bo'ladi. Ko'pincha ular o'zgargan
va juda tsementlashgan diatomit-dan tashkil topgandir.
Sof kimyoviy yo'l bilan hosil bo'lgan kremniyli jinslar juda kam uchraydi. Ularga sovuq
suvdan hosil bo'lgan geyzeritlar va kremniyli tuflar kiradi. Ular oqiq (konkretsiya) shaklida
bo'lib, qaynoq (geyzer) va sovuq buloqlar mahsulidir.
Metamorfizm natijasida kremniyli jinslar yashmaga va kremniyli slanetslarga aylanib
qoladi. Kremniylilar ichida kremniy konkretsiyalari uchraydi.
Kremniyli konkretsiyalar odatda kremniyli o'zagi bo'lgan tugunchalardan iborat bo'lib,
o'zagi esa kontsentrik bo'lib usadi va atrofidagi jinsga qo'shilib ketgandek ko'rinadi. Kremniyli
konkretsiyalar ohaktoshlar orasida shar, uzunchoq va boshqa shaklda uchraydi. Bundam kremniy
konkretsiyalar Ko'ksuv va Chatqol daryolarining quyi qismlaridagi toshko'mir davrining
ohaktoshlari ichida ko'plab bor.
Kremniy konkretsiyalarining markazida ko'pincha o'zgarmagan jins uchraydi. Uning atrofini
kontsentrik tarzda o'sgan sferik shaklli kremniy qobig’i o'rab olgan bo'ladi. Odatda kremniyli
tugunchalar aylanib yurgan eritmalardan kremniy kislotasi ajralib chiqqanda jinsdagi bo'shliq va
yoriqlarni to'ldirish yo'li bilan hosil bo'ladi. Bunday kremniyli konkretsiyalar odatda opal-
xaltsedonli va xaltsedonli bo'ladi. Bu tuzilmalarni tasvirlashda ularning joylanishiga, atrof jinslar
bilan munosabatiga, shakliga, kattaligiga, ichki tuzilishiga, mineral tarkibiga e'tibor berish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |