3-modul: oliy maktabda ta’limni tashkil etish shakllari. 11-mavzu: ma’ruza va uni tashkil etish shakllari



Download 0,63 Mb.
bet8/17
Sana23.06.2022
Hajmi0,63 Mb.
#694363
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
11-15mavzular

Induktiv metod ma’nizada xususiylikdan umumiylikka, de­duktiv metod esa-umumiylikdan xususiylik tomon bayon qilishni ifodalaydi.
Induktiv metod dalillar, xususiy, umumiy xulosa, nazariy qoi­dalar, aniq faoliyat uchun amaliy xulosalar tarzida bayon qilinsa, deduktiv metod-nazariy xulosa, umumiy, xususiy, faoliyat uchun praktik xulosa tarzida bayon qilinadi.
Talabalarning iqtisodiy fanlarni o'rganishlarida, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda ma’ruzaning roli beqiyosdir. Shu bilan birga, ma’ruzaning mazmunini talabalarga yetkazishda o'qituvchining rolini uning barcha metodlar, ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallar va boshqalarni qo'llashdagi mohirligini hi­sobga olmay, ma’ruzaning rolini ko'rsatib bo'lmaydi.
Birinchi kursdan boshlab, xususiylikdan umumiy mantiqiy xulosa chiqarish o'rganilar ekan, o'qituvchi shu tizimni buzmagani holda undan fanni chuqurroq o'zlashtirish uchun foydalanishi maqsadga muvofiq bo'Iadi. Yana shuni ham hisobga olish zarurki, talabalarda xulosani shoshilinch umumlashtirishga harakat qilish holati uchrab turadi. Ayrim paytlarda talabalar o'ylab o'tirmay dangal, umumlashtirib bo'lmaydigan xususiy faktlarni ham umumlashtirishga harakat qi- lishadi. O'qituvchi ma’ruza o'qishga tayyorlanar ekan, bu tendensi- yani ham hisobga olishi zarur. Ma’ruzada materialni qay tarzda bayon qilinishiga qarab dalil­lar, xususiy, umumiy xulosa, nazariy qoidalar - aniq faoliyat uchun amaliy xulosalarga kelish tarzida berilishi mumkin. Induktiv me­todda ma’ruza ko'pincha qiziqarli, ko'zga tashlanadigan fakt yoki misoldan, ayniqsa, shu kunning biron dolzarb masalasi bo'lgan, auditoriyaning diqqatini jalb qiladigan masaladan boshlanadi.
Induktiv metod talabalarni xususiy kuzatuvlardan ketma-ket umumiy xulosa chiqarishga o'rganish imkonini beradi. Ularni mustaqil fikrlashga o'rgatadi.
Deduktiv metodda esa ma’ruza umumiy nazariy masalalardan boshlanadi. Bu metod iqtisodiy fanlarning umumiy qonunlari, qoi- dalarini real hayotga tatbiq qilish, amaliyotda ko'rish va baholash, xo'jalik hayotida qo'llash, iqtisodiy hayot hodisalari, jarayonlarini, xo'jalik yuritish siyosatini chuqurroq tushunish imkonini beradi.
Tajriba shuni ko'rsatadiki, ma’ruza ham induktiv, ham deduk­tiv metod asosida olib borilsa, maqsadga muvofiq bo'Iadi. Avval ishchi gipoteza, taklif shaklida auditoriyaga umumiy savol tashlanadi, so'ngra talabalarni mulohazalari dalillari, faktlari tahlil ma’lumotlari shu savolga to'g'ri kelishi birgalikda muhokama qili- nadi, xulosalar chiqariladi.
Bu holda ma’ruza-asosiy g'oya, uni dalillar asosida tasdiqlash - xususiy savollarni izchillikda bayon qilish, deduktiv metodda mavzuning umumiy xarakteristikasini berish tarzida tuziladi. Ma’ruzaning samarasini oshirishda ko'rgazmali qurollar (jadval, sxema, diagramma, grafik kabilar)ning ahamiyati kattadir. Ko'rgazmali qurollar orqali axborotni qabul qilish, mavzuni chu­qurroq tushunishga, o'quv materialini xotirada uzoq saqlanishiga yordam beradi. Lekin ko'rgazmali qurollarga haddan tashqari beri- lib ketish ham kerak emas, chunki, auditoriya bilan muloqot yo'qoladi va natijada ma’ruzaning samarasi pasayadi. Ammo tanlab olingan, tayyorlangan ko'rgazmali qurollar so'zsiz ma’ruza sama­rasini anchagina oshiradi.
Ma’ruzaga iloji boricha talabalar diqqatini qaratish kerak. Bu­ning uchun ma’ruzaning kirish yoki uning asosiy qismida masalaning mohiyatini ochib berishga qaratilgan savol qo’yish maqsadga muvofiq. Pedagoglar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o'qituvchining mavzuni bayon qilishidan awal yoki bayon qilish jarayonida savol qo'yishi, uni bayon qilib bo'lgach, qo'yilgan savoliga qaraganda lo'liqroq, yaxshiroq natijaga olib kelar ekan. Chunki, ilgari qo'yilgan savol talabani javob qanday bo'lishi kerak, deb o'ylantira Imshlaydi va javobni o'qituvchidan eshitishga diqqatini qaratadi.

  • Ikkinchidan, ma’ruza boshlanganidan 20-daqiqacha vaqt o'tgach, talabalar diqqati susayadi. Buni hisobga olib, har 15-20 daqiqada yoki har bir uzviy savolni bayon qilishda turli metodlardan foydalanish, talabalar diqqatini jalb qiladigan savollar tashlash maqsadga muvofiqdir.

  1. Og'zaki nutq, ya’ni ma’ruza tushunarli, eshitib, qabul qil­ishga oson, qisqa jumlalardan tuzilgan bo'lishi kerak, chunki uzun, murakkab jumlalar fikrni xiralashtiradi. O'qituvchi bayon qilinayotgan materialni yaxshi bilishidan tashqari o'z ovozini ham nazorat qilishi zarur. Intonatsiyani goh baland, goh past qilib nutq o'zgartirish orqali talabalar diqqatini tortish, o'z vaqtida pauza va boshqa intonatsiyaiardan ham foydalanish zarur.

  2. «Erkin manera» tarzida dars berish, ma’ruzachining audi­toriyada u yoqdan bu yoqqa yurishi talabalarni diqqatini torladi va tushunishni qiyinlashtirib, ularni mavzudan chetlashtiradi. Pedagog o'zining «ish zonasi»ga ega bo‘lishi, undan foydalanishni bilishi kerak.

  3. Ma’ruzachi o’qzining tashqi ko’rinishiga ham e’tibor berishni yoddan chiqarmasligi zarur.

  4. Ma’lumki, ma’ruzaning jo'shqinligi, ma’lum darajada uning yorqinligiga bog'liq. Jo'shqin, ma’noli nutq faqat aniq misollar bilangina emas, balki maqol, matal, badiiy obrazlar bilan boyitilishi zanjr. Bu hol ma’ruzani qiziqarli qilib, talabalar diqqatini jalb etadi.

Shunday qanotli so'zlar ham bo'ladiki, ular nihoyatda ajab- lanarli darajada nishonga tegishi bilan murakkab hodisalar mohi­yatini ochib beradi. Faqat ana shu badiiy so‘z, maqollar, matallar bayon qilinayotgan material bilan bir butunlikni tashkil qilishi za­rur. Masalan, me’yoriy naflilikni tushuntirganda talabalarga «Me’yoriy naflilik mazmunini ifodalovchi qanday maqolni bilasiz?» - deb murojaat qilish yoki «Naflilikni darajasi pasayib borishi qonunini ifodalovchi qanday maqolni bilasiz? Naflilik tovarning narxini shakllanishida qanday rol o‘ynaydi?» yoki «Hisobini bilmagan, hamyonidan ayrilar» maqoli nimaga ishora qilyapti? deb murojaat qil­ish mumkin. Birinchisida talabalardan «holvaning ozi shirin», ik­kinchisida «oldingdan oqqan suvning qadri yo'q», uchinchisida, «hisob-kitobning naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi» javobini olishga ahamiyat berish yoki maqolni bayon qilib, uni bayonini talabalar bilan birgalikda naflilik nazariyasi bilan yoki xarajatlar, foyda va boshqalar hisob-kitobi bilan bog'lash.mumkin.
Ma’ruzaning to'g'ri tuzilishi, darsning har bir minutidan samarali foydalanish mashg‘ulotlarning muvaffaqiyatini taminlaydi.
Auditoriya bilan «qayta aloqa» o’rnatishda talabalarning savoli va o'qituvchining javobi muhim rol o'ynaydi. Odatda, ko'pincha ma’ruzaning oxirida savollarga vaqt ajratiladi, lekin bu ma’ruza jarayonida savol berilmaydi, degani emas. Savollarga javob berganda javobning qisqa, asoslangan bo'lishiga ahamiyat berish kerak. Agar savol qo'shimcha dalillarni talab etadigan bo'lsa, buni ochiq aytish mumkin, (aytaylik, statistik ma’lumotlar shu daqiqada yo'q bo'lsa) sababini ko'rsatib, kelgusi darsda javob berishga va’da qilsa, buning aybi yo'q. Agar savol induvidual tarzda bo‘lsa, ma’ruzadan so‘ng yoki maslahat darsida javob berish mumkin. Savol-javobda o'qituvchining nutq ohangidan doimo xayrixohlik sezilib turishi, savoldan salbiy munosabat sezilmasligi kerak, aks holda auditoriyaning ishonchi yo‘qoladi. Har qanday sharoitda (tashqaridagi shovqin-suron, eshik ortidagi g’ala-g’ovur, qurilish va hokazo) o’qituvchi o’zini tuta bilishi lozim. Nutqda taqliddan qochish, bir gapni bir necha maita takrorlamaslik kerak. Nutqda siyqasi chiqqan so’zlarni imkon qadar ishlatmaslik zarur. Albatta, ideal tarzda ma’ruza o’qib bo’lmaydi. Lekin har bir o’qituvchi o’zining barcha imkoniyatini, mahoratini ishga solib, dars o’tishi shubhasiz, ma’ruzaning ijobiy tomonlarini ustun bo’lishiga olib keladi.
Ta’lim tizimidagi o’rniga ko’ra, ma’ruzalar - mavzuni, bo’limni, kursni o’rganishni boshlovchi yoki ta’limning ma’lum bir bosqichini tugallovchi ma’ruzalarga bo'linadi. Axborotni talabalarga yetkazish nuqtayi nazaridan monolog yoki dialog tarzida o‘tkazilgan ma’ruzalar bo’ladi. Monolog tarzidagi ma’ruzada asosan ma’ruzachi gapiradi, ko‘rsatadi. Tinglovchilar ma’ruza o‘qish jarayoniga sust ishtirok etadilar. Aksin­cha, dialog tarzidagi, tinglovchilarning ham fikrini cshitgan holda o‘tkaziladigan ma’ruzalar jonli bo‘lish unda tinglovchilar faoJligi ta’minlanadi.
Ta’lim berishning asosiy metod va usullariga ko‘ra, ma’ruzalarni-axborot beruvchi, muammoli, jadallashtirilgan, binar (bir-biridan farq qiluvchi ikki xil fikr bildiriluvchi), awaldan ataylab xato fikr ham bayon qilinishi rejalashtirilgan, maslahat ma’ruzalariga bo‘lish mumkin.
Hozirgi paytda nisbatan ko‘p qo'llaniladigan yoki borgan sari ommalashib borayotgan ma’ruza shakllari: axborot beruvchi, muammoli va jadallashgan (chuqurlashtirilgan) ma’ruzalar bo‘lib, ulardan hozirgacha eng ko‘p qo'llaniladigani axborot beruvchi ma’ruzadir. U an’anaviy metodga asoslangan bo'lib, asosiy vazifa o'quv axboroti - mavzuning mazmunini talabalarga bayon qilish, tushuntirishdan iborat. Unda o‘qituvchi asosan bilim beruvchi rolini bajaradi. Bu monolog tarzida bayon qilinadi.
Mamlakatimizda 80-yillardan boshlab ma’ruzalarni muammoli tarzda bayon qilishga e’tibor berila boshlandi. Bundan maqsad yangicha bilim olish, ya’ni yangi mavzuni o'rganish, muammoli savollar, masalalar qo‘yish, muammoli vaziyat yaratish orqali amalga oshiriladi. Bilish jarayoni dialog tarzida amalga oshirilib, o'qituvchining faoliyati talabalar bilan hamkorlikda kechadi. Dars tadqiqot faoliyatiga o'xshab ketadi. Dars o'tishda pedagogik vazifa-yangi mavzuni muammo sifatida o'rtaga qo'yib, turli nuqtayi nazarlarni hisobga olgan holda, uni yechish yo'llarini topish orqali uddalanadi. Hozirgi kunning talablaridan kelib chiqib, darsda talabalar faolligini oshirishga qaratilgan chuqurlashtirilgan (jadallashtirilgan) ma’ruza metodini qo'llash borgan sari ommalashmoqda.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish