4 -1 PSI 17 guruh talabasi Aslonov G`olibjon. Mavzu: Asosiy ilmiy tadqiqot metodlari. Psixologiya fanida barcha metodlar umumiy pozitsiyaga ega. Barcha metodlar ma’lumot olish uchun ishlatiladi. Ular aktiv va passiv metodlarga ajratiladi. Aktiv metodlar : Aktiv metodlar : - Eksperiment metodi.
- Kvazi eksperimenti.
- Kuzatish metodi.
Passiv metodlarga : Passiv metodlarga : - Klinik metod.
- Faoliyat mahsuli analizi.
- Suhbat metodi.
- Test metodi.
- Arxiv metodi.
Eksperiment metodi. Eksperiment metodining asosiy farqi va afzalligi shundan iboratki,bunda tadqiqotchi o`z xohishi bilan qandaydir psixik jarayon yoki xususiyatni yuzaga keltirib psixik hodisaning tashqi sharoitga bog`liqligini tekshirib ko`rishi mumkin. Eksperiment metodining ana shu afzalligi uning psixologiyada keng qo`llanilishi bilan tushuntiriladi. Empirik, ya’ni tajriba yo`li bilan qo`lga kiritilgan faktlarning asosiy ko`pchiligi psixologiyada eksperimental yo`l bilan olingandir. Shaxsning sodda xususiyatlari (temperament,sodda qobiliyatlar) shu metodda o`rganiladi.Lekin xarakter va qobiliyatning murakkab turlarini bu metod bilan o`rganib bo`lmaydi. Suhbat metodi. Suhbat metodi. Bu metod tadqiqotning turli bosqichlarida qo`llaniladi : masalan, dastlabki tanishish bosqichida ham boshqa metodlar, ayniqsa kuzatish metodi orqali qo`lga kiritilgan xulosalarni aniqlashda qo`llaniladi. Suhbat metodidan mohirlik bilan foydalanish juda qimmatli natijalarga erishishga yordam berishi mumkin. O`z-o`zini kuzatish metodi. O`z-o`zini kuzatish metodi. XVIII-XIX asrlar emprik psixologiyasi tomonidan kamsitilgan bu metod so`nggi yillarda yana ma’lum ahamiyatga ega bo`lib bormoqda. Suhbat va so`roq metodlarini o`z-o`zini kuzatish metodi orqali olingan ma’lumotlarsiz qo`llab bo`lmaydi. Buni suhbat va shaxsiy savol-javob o`tkazish uchun savollar tuzishda hisobga olish zarur. Lekin o`z-o`zini kuzatish garchi psixologik tadqiqotlarning asosiy metodi bo`lmasa-da,mustaqil ahamiyatga ega bo`lishi mumkin.O`z-o`zini kuzatish metodi psixik holatlarni, ya’ni tetik kayfiyatni, achchiqlanishni, ishchanlikni,kasb bilan bog`liq bo`lgan sermahsul ishlarni o`rganishda ayniqsa foydali bo`lishi mumkin. Test metodi. Test metodi. Test – bu qisqa muddatli topshiriq bo`lib,uning bajarilishi ba’zan bir psixik funksiyalar mukammalligining ko`rsatkichi bo`lib xizmat qilishi mumkin. Testlar yordamida ayrim qobiliyatlarning, ko`nikmalarning, malakalarning bor yo yo`qligini aniqlashga, u yoki bu kasb soxasida ishlash uchun layoqatlilik darajasini bilishga harakat qilinadi. 1 – savol . 1 – savol . Qoraqalpog`istona 6 ta; Samarqand, Farg`ona, Buxoroda 3 ta; Xiva, Xorazmda 2 ta. Savol: Popda nechta va u nima? 2 – savol . 2 – savol . U Jeyms Kukda kichkina, Arnold Shvartsnegrda katta, Madonna va Kleopatrada umuman bo`lmagan, Rim papasida bor lekin ishlatmaydi. Savol: U nima? 3 – savol . 3 – savol . Bir qurt daraxtga chiqib ketyapti. Daraxtning uzunligi 100 metr. Qurt bir kunda 5 metr ko`tariladi va uxlab turgubcha 4 metr orqaga qaytib qoladi. Savol: Qurt daraxtning tepasiga necha kunda chiqadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |