3.2.Nisbiy miqdorlar haqida tushuncha va ularni ifodalash shakllari.
Jamiyat taraqqiyotini nisbiy miqdorlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Hamma narsa taqqoslanishda bilinadi. Xalqimizda «Birni ko’rib fikr qil, birni ko’rib shkur qil» deyishadi. Birgina shu maqol ustida mulohaza qilinsa, mazkur hikmatning necha bir ming qirrasini ochish mumkin. Shu bilan birga ushbu maqolning bosh mag’zi atrofingda, hayotingda bo’layotgan o’zgarishlarga sinchkovlik ko’zi bilan boq, ular xususida fikr yurit, tahlil qil, xulosa chiqar, shundagina kamroq qoqilasan, ishing oldinga qarab yuradi, demakdir.
Muhammad payg’ambarimiz xadislarida taqqoslash nisbiy miqdorlari juda keng qo’llanilgan. Jumladan:
- Rizqning o’ntadan to’qqiztasi savdoda, bittasi chorvadadir;
- Sabrlilik va iqtisodli bo’lish (tejab sarflash) va viqorli, og’ir-bosiq bo’lish payg’ambarlikning 24 tadan bir xislatidir;
- Tadbirkorlik maishatning yarmidir, do’stlashish aqlning yarmidir, g’am qarilikning yarmiga tengdir. Qaramog’idagi boqindilarning kam bo’lishi yengillikning bir qismidir.
- Uchdan birini vasiyat qil (merosxo’r bo’lmagan odamga aytgan), hatto, uchdan biri ham ko’p, chunki sen merosxo’rlaringni boyroq, qoldirganing yaxshiroqdir, odamlardan tilanadigan nochor qoldirganingdan;
- Qaramog’ingdagilar ko’p bo’lib, qo’lida molning kam bo’lishi og’ir musibatlardandir;
- Alloh yo’lida bir kecha qarovullik qilish 1000 kecha namoz o’qib, kunduzlari ro’za tutgandan afzalroqdir;
- Donolik 10 qismdir: shundan to’qqistasi uzlatda (kishilardan ayrilikda), bittasi jim turishdadir.
Jannatga kirdim va eshigi ustida yozilgan ushbu yozuvni ko’rdim:
«Sadaqaga 10ta savob, qarzga 18ta savob».
Dedimki: Ey jabroil, qanday qilib, sadaqaga 10ta savob, qarzga 18ta savob bo’ladi?
Dedilar: «Chunki sadaqa boyning ham, faqirning ham qo’liga tushushi mumkin, lekin qarz faqat muhtoj odam qo’liga tushadi»
- Odamlarning yomoni – odamlar orasidagi yomon;
- Ikki qozi duzaxda-yu, bir qozi jannatdadir. Haqiqatni bilib, haqqoniy hukum qilgan qozi jannatdadir. Haqiqatni bilib, qasddan jabr qilgan qozi bilan haqiqatni bilmasdan hukum qilgan qozi do’zaxdadir;
- Alloh taolo aytadi: «Agar banda menga bir qarich yaqinlashsa, men unga bir gaz yaqinlashaman. Agar banda menga bir gaz yaqinlashsa, men unga bir quloch yuraman. Agar u men tomon yura boshlasa, men unga tomon yuguraman»
- O’lim oldida 1000 dirham sadaqa qilgandan, kishi soo’ligida qilgan bir dirham sadaqasi yaxshiroqdir;
- Boylik molning ko’pligida emas, balki ko’ngilning to’qligidadir;
- Kurashda yiqitishga kuchi yetgan kuchli emas, g’azabi kelganda o’zini bosishga kuchi yetgan kuchlidir;
- Inson to’ldirgan idishlar ichida qorindan yomonrog’i yuk.
Odam bolasiga gavdasini tiklagudek bir necha luqma kifoya qiladi. Agar yemaslikni iloji bo’lmasa, qornini uchdan biri ovqat uchun, uchdan biri ichimlik uchun va uchdan biri nafas uchun qolmog’i lozim.
Soxibqiron Amir Temur o’gitlarida shunday deyilgan;
- Davlat ishlarining to’qqiz ulishi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur;
- G’anim lashkarlarini yengish qo’shinning ko’pligi bilan emas, mag’lub bo’lish esa sipohning kamligidan bo’lmaydi. Balki, g’olib bo’lmoqlik (tangrining) madadi va bandasining tadbiri bilandir;
- Amirlarim agar yarashdan so’z ochsalar, buning foydasini urush ziyoniga solishtirib ko’rardim, agar urushga moyil bo’lsalar, uning naf va foydasini yarash ziyoniga taqqoslab ko’rardim, qaysi bir foydaliroq bo’lsa, shuni ixtiyor qilardim;
- Qaysi kishi aqlga siqqan bir ishni kuyinib gapirsa, suyib eshitar edim. Kimki, oqilona gaplarni erlarcha keskinlik bilan so’zlasa, unga ham quloq solardim.
Shunday qilib, ijtimoiy-iqtisodiy xodisalarni bilish va o’rganishda mutlaq miqdorlar muhim kurol vazifasini uynasa-da ammo ular bilan cheklanib qolish mumkin emas. Chunki jamlash natijasida olingan dastlabki mutlaq miqdorlar xodisa va jarayonlarning qanday tezlikda rivojlanayotganini, uning uchrashish intensivligini aniqlamaydi. Bunday holatlarni bartaraf etishda statistikada nisbiy miqdorlar qo’llaniladi.
Nisbiy miqdorlar deb, ikki va undan ortiq mutlaq miqdorlarni bir-biriga taqqoslash natijasida olingan umumlashtirilgan ko’rsatkichlarga aytiladi.
Nisbiy miqdorlarni taqqoslashda ko’p xollarda ikkita ko’rsatkich qatnashib, bu ko’rsatkichlardan biri bo’linuvchi miqdor – joriy (hisobotli) miqdor bo’lib, bu ko’rsatkich hamma vaqt kasr chizig’ining nisbat suratida joylashsa, ikkinchi ko’rsatkich esa bo’luvchi miqdor bazisli (taqqoslama) miqdor bo’lib, bu ko’rsatkich hammavaqt kasr chizig’ining nisbat mahrajida joylashadi. Mahrajdagi bu ko’rsatkichni ayrim xollarda asos (ayrim adabiyotlarda asosiy yoki asoslash nomi bilan ham keltiriladi) yoki baza ko’rsatkichi deb ham yuritiladi. Bu ko’rsatkich suratdagi ko’rsatkichni baholashda asosiy kriteriya (etalon) bo’lib hisoblanadi.
Demak, ikkita bir xil nomdagi ko’rsatkichlarni taqqoslash natijasida o’rganilayotgan ijtimoiy xodisa va jarayonlarni to’g’ri baholash hamda ularni chuqurroq o’rganish imkoniyatini beradi-ki, natijada shu miqdorlarning ham vaqtda, ham zamonda rivojlanish yo’nalishlarini bilish imkoniyatlarini to’liq ochib beradi.
Endi nisbiy miqdorlarning ifodalanish shakllarini ko’rib chiqamiz. Bularning ifodalanish shakli bazis miqdorining (nisbat maxrajini) qanday birlikka tenglashtirib olinishiga bog’liqdir. Shunga qarab, nisbiy miqdorlar koeffisiyentlarda, foizda, promilleda, prodesimilleda ifodalanadi.
Agarda, bazis miqdor 1 ga tenglashtirilib olinsa, u holda nisbiy miqdorlar koeffisiyentda ifodalangan bo’ladi. Masalan, xo’jalik 1991 yilda 1200,0 t paxta ishlab chiqargan bo’lsa, 2003 yilga kelib esa uning miqdori 2060,0 t yetgan bo’lsa, u holda 1200,0 t bir birlik deb qabul qilib olsak, 2060,0 t esa necha birlikni tashkil etilishini hisoblab chiqamiz:
birlikka teng.
Demak, xo’jalikda shu davrda ishlab chiqarilgan paxta miqdori 1,72 martadan ortiqroq ko’paygan.
Agrada, bazis miqdori 100 ga tenglashtirilsa, u holda nisbiy miqdorlar foizda ifodalangan bo’ladi:
foiz.
Demak, 1991 yilda har 100 birlikka 1200,0 t paxta ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2003 yilga kelib esa bu son 2060,0 t paxtani tashkil etib, taqqoslanadigan baza miqdoriga nisbatan 72,0 foizga oshgan.
Agarda, bazis miqdor 1000 ga tenglashtirilsa, u holda nisbiy miqdorlar promilleda ( ) da ifodalangan bo’ladi:
promille
Agarda, bazis miqdor 10000 ga tenglashtirilsa u holda nisbiy miqdorlar prodesimilleda ( ) da ifodalangan bo’ladi:
prodesimilleda
Demak, nisbiy miqdorlarni ifodalashda u yoki bu shaklni qo’llash taqqoslanayotgan miqdorlar o’rtasidagi tafovutga bog’liq. Agarda, bo’linuvchi miqdor bo’luvchiga nisbatan bir necha marta katta bo’lsa, u holda nisbiy miqdorlarni koeffisiyentlarda ifodalash qulaydir. Agarda, ular bir-biridan uncha tafovut qilmasa, u holda odatda foiz qo’llaniladi. Bo’linuvchi miqdor bo’luvchiga qaraganda ancha kichik bo’lsa va mayda kasrli sonlarni qo’llash xodisa mazmuniga mos kelmasa, u holda nisbiy miqdorlarni promilleda (prodesimilleda) ifodalash to’g’ri bo’ladi.
Masalan, Toshkent moliya istitutida jami 4,0 mingdan ortiq talaba o’qiyotgan bo’lsa, ular ichida 4,0 ta «Ulug’bek» stipendiati bor, deylik. Bu yerda taqqoslama ba’zisi 1000 ga tenglashtirib olinishi kerak. Shunda har 1000 ta talabaga taxminan 1,0 ta «Ulug’bek» stipendiati to’g’ri keladi.
Shunday qilib, bazis miqdorining nechaga tenglashtirilib olinishiga qarab, nisbiy miqdorlar turlicha ifodalanadi. Umumlashtirilgan holda ularni quyidagicha tizimlashtirish mumkin (133 betdagi 29-jadval):
29-jadval
Nisbiy miqdorlarning ifodalanish turlari va ularning shartli ishoralari
Bazis miqdori
|
Nisbiy miqdorlarning ifodalanishi
|
Ifodalanishlarning shartli belgilari
|
Misolimizda
|
1,0
|
Koeffisiyentlarda
|
1/10
|
1,720
|
100,0
|
Foizda
|
0/00
|
172,0
|
1000
|
Promilleda
|
0/000
|
1720
|
10000
|
Prodesimilleda
|
0/0000
|
17200
|
Promille ko’rsatkichi odatda aholi statistikasida keng qo’llanilsa, prodesimille ko’rsatkichi esa nisbatan kam xollarda ishlatilishi mumkin. (masalan, har 10000 aholiga to’g’ri keladigan vrachlar soni). Lekin statistika amaliyotida nisbiy miqdorlar ko’pincha foizlarda ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |