3.5. O’rtacha arifmetik miqdorning turlari, uning xususiyatlari va ularni hisoblash tartibi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgandek, o’rtacha arifmetik miqdorlar o’rtacha miqdorlarning eng sodda va amaliyotda juda keng qo’llaniladigan turlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bu miqdorlar oddiy va tortilganko’rinishda bo’ladi.
Oddiy arifmetik o’rtacha miqdorlari o’rtalashtirilayotgan belgi miqdorlari (variantlari) bir yoki bir xil holda takrorlangan paytda qo’llaniladi. Uni aniqlash uchun dastlab o’rtalashtirilayotgan alohida (individual) miqdorlar (x) yig’indisi () aniqlanadi, so’ngra olingan natija ularning soni (n) ga bo’linadi. Buni quyidagicha yozish mumkin:
(1)
Masalan, olti ishchining bir oylik ish haqi quyidagicha bo’lsin: 28000, 28600, 29200, 29400, 29800, 30100.
U holda:
so’mni tashkil etadi.
Tortilgan o’rtacha arifmetik miqdorlari o’rtalashtirilayotgan belgi miqdorlari (variantlari) bir xil holda takrorlanmagan paytda qo’llaniladi. Uni aniqlash uchun dastlab o’rtalashtirilayotgan alohida (individual) miqdor (x) lar uning vazni (f) ga ko’paytirilib chiqiladi va olingan natija (xf) ni uning umumiy vazn soni (f) ga bo’linadi. Buni quyidagicha yozish mumkin:
(2)
Endi tortilgan o’rtacha arifmetik miqdorlarni hisoblash tartibini quyidagi jadvalda keltirib o’tamiz (33-jadval):
33-jadval
Xo’jalik brigadalari bo’yicha ish haqi fondini o’rtacha arifmetik tortilgan formulasi orqali hisoblash tartibi.
Bir oylik ish haqi darajasi (so’mda), (variantlar-x)
|
Ishchilar soni,
(vazni-f)
|
Jami ish haqi fondi, (xf)
|
28000
|
2
|
56000
|
28600
|
4
|
114400
|
29200
|
3
|
87600
|
29400
|
5
|
147000
|
29800
|
3
|
89400
|
30100
|
3
|
90300
|
Yig’indisi ()
|
20
|
584700
|
U holda:
so’mni tashkil etadi.
Ayrim xollarda o’rtacha miqdorlar oraliq (interval) qatorlar, umumiy va guruhiy o’rtachalar, shuningdek, nisbiy miqdorlar asosida ham hisoblanishi mumkin.
O’rtacha miqdorlarni intervalnili (oraliqli) qatorda hisoblashning o’ziga xos xususiyatlari bor. Buning uchun dastlab har bir interval (oraliq) guruh bo’yicha o’rtachani, so’ngra esa jami qatorlar bo’yicha umumiy o’rtachani hisoblash lozim. Agarda, interval (oraliq) yopiq ko’rinishda bo’lsa, u holda har bir (interval) oraliq guruh uchun o’rtacha interval (oraliq) belgining quyi darajasi bilan yuqori daraji yig’indisining yarmiga teng bo’ladi. Agarda, interval (oraliq) ochiq ko’rinishda bo’lsa, u holda birinchi guruhning quyi darajasini topish uchun ikkinchi guruh intervalini (oralig’ini) birinchi guruhning yuqori darajasidan ayirish kerak, oxirgi guruhning yuqori darajasini topish uchun esa o’zidan oldingi guruh intervalini (oralig’ini) shu guruhning quyi darajasiga qo’shish kerak bo’ladi.
Interval (oraliq) qatorlarda o’rtachani hisoblash tartibini quyidagi misolda ko’rib chiqamiz (34-jadvalga qarang):
34-jadval
Ishchilarning o’rtacha ish haqi olishlariga qarab guruhlarga taqsimlanishi.
O’rtacha ish haqi bo’yicha ishchilar guruhlari (so’m hisobida), x
|
Ishchilar soni, f
|
Guruhlar bo’yicha o’rtacha ish haqi, (so’m hisobida), x
|
O’rtacha oraliqlarning ishchilar soniga bo’lgan ko’paytmasi (xf)
|
20000 gacha
|
20
|
(18000+20000):2=19000
|
380000
|
20000-22000
|
30
|
(20000+22000):2=21000
|
630000
|
22000-24000
|
40
|
(22000+24000):2=23000
|
920000
|
24000 va undan yuqori
|
10
|
(24000+26000):2=25000
|
250000
|
|
f=100
|
-
|
xf=2180000
|
Jami 100 ta ishchi bo’yicha o’rtacha ish haqini hisoblaymiz:
so’m.
Bu yerda shuni ta’kidlab o’tish kerak-ki, interval (oraliq) kattaligi qancha kichik bo’lsa, o’rtacha shuncha aniq bo’ladi. Teng miqdorli interval (oraliq) asosida hisoblangan o’rtacha teng bo’lmagan interval (oraliq) asosida hisoblangan o’rtachaga nisbatan aniqroq bo’ladi, chunki teng intervalli (oraliqli) qatorlar darajasi guruhiy o’rtachalarga yaqinroq bo’ladi.
O’rtacha arifmetik miqdorlar faqat umumiy to’plam uchun xos bo’lgan o’rtachani tavsiflaydi. Ammo amaliy ishda umumiy o’rtachani hisoblashbilan birgalikda, shu umumiy to’plam uchun progressiv va regressiv o’rtacha ham hisoblanadi.
Progressiv o’rtacha umumiy to’plam o’rtachasini emas, balki shu o’rtachadan yuqori bo’lgan birliklar o’rtachasini tavsiflasa, regressiv o’rtacha esa shu o’rtachadan past bo’lgan birliklar o’rtachasini tavsiflaydi.
Bu o’rtachani hisoblash tartibini xo’jalik brigadalari bo’yicha ekin maydoni misolida ko’rib chiqamiz:
Brigada raqamlari
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
Ekin maydoni
|
260
|
270
|
280
|
270
|
260
|
270
|
280
|
300
|
300
|
280
|
Ushbu misolimizda o’rtacha ekin maydon soni quyidagicha aniqlanadi:
gektarni tashkil etadi.
Misolimizda umumiy o’rtacha ekin maydoni bir brigada hisobiga 277 ga ni tashkil etsa, 3,7,8,9 va 10 brigadalarning ekin maydoni shu o’rtachadan yuqoridir, 1,2,4,5 va 6 brigadalarning ekin maydoni esa shu o’rtachadan pastdir.
Agarda, birinchi beshta brigada bo’yicha o’rtacha aniqlansa, bu o’rtacha progressiv o’rta bo’ladi:
ga ni tashkil etadi.
Agarda, ikkinchi beshta brigada bo’yicha o’rtacha aniqlansa, bu o’rtacha regressiv o’rtacha bo’ladi:
ga ni tashkil etadi.
Shu bilan birga umumiy o’rtacha guruhiy va xususiy o’rtachalar asosida ham hisoblanishi mumkin. Masalan, uch guruh paxtachilik shirkat xo’jaliklari bo’yicha paxta ishlab chiqarish rejalari to’g’risidagi quyidagi ma’lumotlar keltirilgan (35-jadval):
35-jadval
Uch guruh paxtachilik shirkat xo’jaliklarida o’rtacha
xosildorlik va ekin maydoni.
Xosildorlik asosida hisoblangan xo’jaliklar guruhlari
|
O’rtacha paxta xosildorligi, s/ga (xi)
|
Ekin maydoni, ga (fi)
|
Yalpi xosil, s (xifi)
|
Qoloq xo’jaliklar
|
15
|
6500
|
97500
|
O’rtacha xo’jaliklar
|
20
|
5000
|
10000
|
Ilg’or xo’jaliklar
|
35
|
8000
|
280000
|
Jami
|
?
|
19500
|
477500
|
Bu yerda o’rtacha xosildorlik jamoa xo’jaliklari guruhlari bo’yicha keltirilgan bo’lib, umumiy o’rtacha xosildorlik noma’lum. Ana shunday xollarda umumiy o’rtachani hisoblash uchun guruhiy o’rtachalar (xi) ni ekin maydoni (variant) (fi) ga ko’paytirib, ularning yig’indisini ( ) vaznlar (ekin maydoni) ( ) yig’indisiga bo’lish kerak:
s/ga ni tashkil etadi.
Shuningdek, ayrim xollarda o’rta miqdorlarni vazn (f), variant (xi) funksiyasini ko’pincha nisbiy miqdorlar ham bajarishi mumkin. Buni quyidagi misol yechimida ko’rishimiz mumkin (36-jadvalga qarang).
36-jadval
Paxtachilik shirkat xo’jaliklarida rejaning bajarilish darajasi.
Xo’jaliklar guruhi
|
Reja, s
f
|
Reja bajarilishi (xi)
|
Reja bajarilishi, (s da)
|
Mashina terimi salmog’i (foizda) d
|
1
|
2
|
3
|
4(23)
|
5
|
Qoloq xo’jaliklar
|
97500
|
85
|
82875
|
60
|
O’rtacha xo’jaliklar
|
100000
|
105
|
105000
|
80
|
Ilg’or xo’jaliklar
|
280000
|
120
|
336000
|
90
|
Jami
|
477500
|
?
|
523875
|
?
|
Endi shirkat xo’jaliklari bo’yicha quyidagilarni hisoblaymiz:
=
yoki 109,71 % ni tashkil etadi.
Demak, shu shirkat xo’jaliklari bo’yicha paxta ishlab chiqarish rejasi o’rtacha – 9,71 (109,71-100,00) % ga ortiq bajarilgan.
yoki 83,25 % ni tashkil etadi.
Demak, jami ishlab chiqarilgan paxtaning 83,25 % ini paxta terish mashinalari orqali yig’ishtirib olingan.
Endi o’rtacha arifmetik miqdorlarning bir qator xususiyatlarini ko’rib chiqamiz:
1. Agarda, aniqlangan o’rtachani uning vaznlar yig’indisiga ko’paytirilsa, u holda bu varianti uning vazn ko’paytmasi yig’indisiga hammavaqt teng bo’ladi, ya’ni:
(3)
Masalan, xo’jalik brigadasida o’rtacha ish haqi darajasi quyidagicha bo’lsin (157-betdagi 33-jadvalga qarang).
so’mni tashkil etsa, u holda:
so’mga teng bo’ladi.
2. Agarda, belgining alohida miqdorlaridan qandaydir bir «A»- sonni ayirsak yoki ularga qandaydir «A»- sonni qo’shsak, so’ngra o’rtachani hisoblasak, u holda bu hisoblangan o’rtacha haqiqiy o’rtachadan «A»- songa shuncha kichik yoki katta bo’ladi (ushbu hisoblash tartibini 157-betdagi 33-jadval ma’lumotlari asosida bajaramiz), ya’ni (162-betdagi 37 va 38-jadvallarga qarang):
a) (4)
bundan aI)
b) (5)
bundan bI)
37-jadval
O’rtacha miqdorlarni kamaytirilgan variantida hisoblash tartibi.
Bir oylik ish haqi darajasi, (so’mda) (variantalar – x)
|
x-A (A=28000)
|
Ishchilar soni
(vazni – f)
|
(x-A)f
|
28000
|
0
|
2
|
0
|
28600
|
600
|
4
|
2400
|
29200
|
1200
|
3
|
3600
|
29400
|
1400
|
5
|
7000
|
29800
|
1800
|
3
|
5400
|
30100
|
2100
|
3
|
6300
|
Yig’indisi ()
|
-
|
20
|
24700
|
;
.
38-jadval
O’rtacha miqdorlarni qo’shib qo’yish variantida hisoblash tartibi.
Bir oylik ish haqi darajasi, (so’mda) (variantalar – x)
|
x+A (A=28000)
|
Ishchilar soni
(vazni – f)
|
(x+A)f
|
28000
|
56000
|
2
|
112000
|
28600
|
56600
|
4
|
226400
|
29200
|
57200
|
3
|
171600
|
29400
|
57400
|
5
|
287000
|
29800
|
57800
|
3
|
173400
|
30100
|
58100
|
3
|
174300
|
Yig’indisi ()
|
-
|
20
|
1144700
|
;
.
3. Agarda, belgining alohida miqdorlarini qandaydir «A»-songa ko’paytirsak yoki bo’lsak, so’ngra o’rtachani hisoblasak, u holda bu hisoblangan o’rtacha haqiqiy o’rtachadan «A»-songa shuncha marta ko’payishi yoki kamayishi mumkin (ushbu hisoblash tartibini 33-jadval ma’lumotlari asosida bajaramiz), ya’ni (39 va 40-jadvallarga qarang ):
a) (6)
bundan aI)
b) (7)
bundan bI)
39-jadval
O’rtacha miqdorlarni ko’paytirish variantida hisoblash tartibi.
Bir oylik ish haqi darajasi, (so’mda) (variantalar – x)
|
xA (A=5)
|
Ishchilar soni
(vazni – f)
|
(xA)f
|
28000
|
140000
|
2
|
280000
|
28600
|
143000
|
4
|
572000
|
29200
|
146000
|
3
|
438000
|
29400
|
147000
|
5
|
735000
|
29800
|
149000
|
3
|
447000
|
30100
|
150500
|
3
|
451500
|
Yig’indisi ()
|
-
|
20
|
2923500
|
40-jadval
O’rtacha miqdorlarni bo’lish variantida hisoblash tartibi.
Bir oylik ish haqi darajasi, (so’mda) (variantalar – x)
|
(A=5)
|
Ishchilar soni
(vazni – f)
|
f
|
28000
|
5600
|
2
|
11200
|
28600
|
5720
|
4
|
22880
|
29200
|
5840
|
3
|
17520
|
29400
|
5880
|
5
|
29400
|
29800
|
5960
|
3
|
17880
|
30100
|
6020
|
3
|
18060
|
Yig’indisi ()
|
-
|
20
|
116940
|
4. Agarda, alohida miqdorlarning vaznini, uchrashish tezligi (f) ni qandaydir «A»-songa ko’paytirsak yoki bo’lsak, so’ngra o’rtacha ni hisoblasak, bu hisoblangan o’rtacha o’zgarmaydi (ushbu hisoblash tartibini 33-jadval ma’lumotlari asosida bajaramiz), ya’ni (41-jadvalga qarang):
41-jadval
O’rtacha miqdorlarning vaznlarini bo’lish orqali
hisoblash tartibi.
Bir oylik ish haqi darajasi, (so’mda) (variantalar – x)
|
Vazni (f)
|
|
x( )
|
28000
|
2
|
10
|
28000
|
28600
|
4
|
20
|
572000
|
29200
|
3
|
15
|
438000
|
29400
|
5
|
25
|
735000
|
29800
|
3
|
15
|
447000
|
30100
|
3
|
15
|
451500
|
Yig’indisi ()
|
20
|
100
|
2923500
|
(8) (8I)
Bu xossa shuni ko’rsatadiki, o’rtacha vazn hajmga (songa, miqdorga) emas, balki ular o’rtasidagi nisbatga (salmoqqa) bog’liqdir. Shuning uchun ham hajm vazifasini faqat mutlq miqdorlar emas, balki tuzilmaviy nisbiy miqdorlar ham bajara oladi (bunda, - foizda ifodalanadi).
5. Agarda, belgining alohida miqdorlari bilan ularning o’rtacha darajasi o’rtasidagi tafovut yig’indisi hisoblansa, u holda olingan natija doimo nolga teng bo’ladi (ushbu hisoblash tartibini (33-jadval ma’lumotlari asosida bajaramiz), ya’ni (42 va 43-jadvallarga qarang):
42-jadval
Vaznsiz qatorlarda hisoblash tartibi ( )
x
|
28000
|
28600
|
29200
|
29400
|
29800
|
30100
|
x=175100
|
|
28000,0-29183,3= -1183,3
|
28600,0-29183,3= -583,3
|
29200-29183,3= +16,7
|
29400-29183,3= +216,7
|
29800-29183,3= +616,7
|
30100-29183,3= +916,7
|
(x- )=0
|
- vaznsiz qatorlarda; (9)
- vaznli qatorlarda
43-jadval
Vaznli qatorlarda hisoblash tartibi ( )
Bir oylik ish haqi darajasi, (so’mda) (variantalar – x)
|
Ishchilar soni
(vazni – f)
|
|
(x- )f
|
28000
|
2
|
28000-29235=
-1235
|
-2470
|
28600
|
4
|
28600-29235=
-635
|
-2540
|
29200
|
3
|
29200-29235=
-35
|
-105
|
29400
|
5
|
29400-29235=
+165
|
+825
|
29800
|
3
|
29800--29235=
+565
|
+1695
|
30100
|
3
|
30100-29235=
+865
|
+2595
|
Yig’indisi ()
|
20
|
-
|
-5115
+5115
|
Bu xususiyat o’rtacha arifmetik miqdorlarning to’g’ri yoki noto’g’ri hisoblanganligini tekshirish uchun kerak bo’ladi.
Ayrim xollarda, yuqoridagi xossalarga asoslangan holda o’rtachani hisoblashni ancha soddalashtirish usulini qo’llash mumkin. Biz bu holatni o’rtacha shartli moment usulida hisoblash misolida ko’rib chiqamiz. Bu usulda berilgan alohida miqdorlardan (x) qandaydir o’zgarmas «A»-soni (odatda qator o’rtasidagi son) ayirilib, olingan natija «V»-songa (kator oralig’i miqdorlariga) bo’linadi. Natijada Y1 qatori xosil bo’ladi, ya’ni:
So’ngra yangi qator U1 uchun o’rtacha miqdor hisoblanadi:
Hisoblangan o’rtachani o’zgarmas «V»-songa ko’paytirib, so’ngra unga «A»-sonni qo’shsak, haqiqiy o’rtacha kelib chiqadi:
yoki
O’rtacha miqdorni shartli moment usulida hisoblash tartibini quyidagi misolda ko’rib chiqamiz (44-jadval):
44-jadval
Xo’jaliklarning xosildorligi bo’yicha guruhlanishi
Xo’jaliklarning xosildorligi bo’yicha guruhlari
|
Xo’jalik-lar soni
f
|
Oraliq-lardagi o’rtachasi
x
|
A=27,5 V=5
|
Y1f
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5(4x2)
|
15-20
|
4
|
17,5
|
(17,5-27,5):5=2
|
(-2)x4=-8
|
20-25
|
8
|
22,5
|
(22,5-27,5):5=-1
|
(-1)x8=-8
|
25-30
|
12
|
27,5
|
(27,5-27,5):5=0
|
0x12=0
|
30-35
|
10
|
32,5
|
(32,5-27,5):5=+1
|
(+1)x10=+10
|
35-40
|
6
|
37,5
|
(37,5-27,5):5=+2
|
(+2)x6=+12
|
Jami
|
40
|
-
|
-
|
+6
|
Endi ushbu jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida hisoblaymiz:
yoki 28,3 s.ni tashkil etadi.
O’rtacha arifmetik miqdorlarni hisoblashning oddiy usuli yordamida olingan natijani tekshirib o’tamiz:
yoki 28,3 s.ni tashkil etadi.
Ko’rinib turibdiki, har ikkala usulda ham o’rtacha xosildorlik xo’jaliklar bo’yicha 28,3 s.ni tashkil etadi. To’g’ri, shartli moment usulida o’rtachani hisoblash guyo oddiy usulga nisbatan murakkabroqqa o’xshaydi lekin bu faqat shunday tuyuladi. Haqiqattan esa moment usulida hisoblash ancha soddalashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |